So’nggi yangiliklar

14:54"Сўғдиёна" билан ўйиндан олдин "Нефтчи"да битта йўқотиш  1 14:40"Навбаҳор"га 3 та гол урган "Бухоро" футболчиси кейинги турда майдонга тушмайди  1 14:28"Қизилқум" – "Насаф" ўйинида пенальти белгиланиши керакмиди? Суперлиганинг 22-туридаги ҳакамлик фаолияти таҳлили  4 14:22Гвардиола "Арсенал"га қарши ўйин ҳақида: "Фаолиятимда ҳеч қачон бунчалик узоқ ҳимояланмаганмиз"  2 13:31Гол уриб, қизил карточка олган Экитике кечирим сўради  1 12:51Моуринью "Риу Аве" билан 1:1 ҳақида: "Бош ҳакамда ирода йўқ"  5 12:44ЎФФ президенти Миллий терма жамоа ўйинчилари билан учрашди  0 11:58Футзал. Бугун Ўзбекистон Қирғизистон билан ўйнайди  0 10:55Пролига. "Олимпик-Mobiuz" бугун Нукусда меҳмон бўлади  0 10:32МЮ қишда тажрибалироқ дарвозабон билан шартнома имзоламоқчи  5 09:38"Ливерпуль" ҳужумчиси гол уриши билан қизил олди  0 09:10ФИФА 2030 йилги жаҳон чемпионатини 64 та жамоа билан ўтказишдан манфаатдор - манба  16 09:05Goal. 2026 йилги "Олтин тўп" даъвогарлар рейтингини тузди. Амалдаги "Олтин тўп" соҳиби ТОП-5 да ҳам эмас  14 08:47Расман: "Барселона" юлдузларидан бири жароҳат туфайли узоқ муддатга сафдан чиқди  4 08:20Саудия қироли кубоги. "Олтин тўп" соҳиблари майдонга тушмаган баҳсда "Ал Насср" ва "Ал Иттиҳод" кейинг босқичга чиқди  1

Coca Cola Superliga. Turning markaziy bahsida g'olib nomi aniqlanmadi Yangiliklar

Coca Cola Superliga. Turning markaziy bahsida g'olib nomi aniqlanmadi

Teglar :  NasafAGMK
Coca Cola Superliganing 2-turidan o'rin olgan "Nasaf" - AGMK uchrashuvi yakunlandi.

Ushbu sahifada o'yinning matnli translyaciyasini kuzatib borish mumkin. 



Coca Cola Superliga, 2-tur.
NASAF – AGMK 1:1
14 mart 2021 yil. Qarshi. "Markaziy" stadioni. 18:30
Hakamlar:
Axrol Risqullaev, Rishat Nugmanov, Doniyor Saylavov, Rustam CHoriev
Nazoratchi: Dmitriy Roman
Komissar: Jahongir Rahmatullaev
Gol: 7 - Husayin Norchaev 1:0, 84 - Elvin Fortes 1:1
"Nasaf" - 35.Abduvohid Nematov - 15.Jo'rabek Mannonov, 4.Husniddin Aliqulov, 92.Umar Eshmurodov, 34.SHerzod Nasrullaev - 22.Akmal Mozgovoy, 88.Marko Stanoevich (20.Suhrob Nurulloev, 75) - 14.SHokir Yo'ldoshev, 50.SHohmalik Komilov (, 70.Abubakr-Rizo Turdialiev, 54), 77.Oybek Bozorov - 19.Husayin Norchaev (25.Muxriddin Zoirov, 85).
Zaxira: 1.Umid Ergashev, 13.Azamat Soyibov, 5.G'olib G'aybullaev, 6.Murod Xo'jamberdiev.

AGMK - 32.Suhrob Sultonov - 20.Mirg'iyos Sulaymonov, 8.Bobur Yo'ldoshev, 29.Vladimir Kozak, 2.Akrom Komilov - 23.Yovan Jokich, 17.Sanjar Tursunov (9.Zafar Polvonov, 83), 22.Sanjar SHoahmedov (4.Mirjamol Qosimov, 75) - 94.Elvin Fortes, 18.Aleksandr Kasyan, 11.Murod Toshmatov (10.Husniddin G'ofurov, 57).
Zaxira: 35.Valijon Rahimov,  5.Dilshod Jo'raev,  15.Abbos Otaxonov, 30.Jasur Umarov.

Ogohlantirish: Umar Eshmurodov 20,  Vladimir Kozak 37,  Akrom Komilov  39, Elvin Fortes 45, Yovan Jokich 90+5


YANGILASH 



Uchrashuv yakunlandi

90+5. Ogohlantirish: Jokich ogohlantirilmoqda

Hakam ikkinchi bo'limga besh daqiqa qo'shib berdi

89. UXXXXX. Qosimovning burchak zarbasidan yo'llagan uzatmasini Aleksandr Kasyan boshi bilan zarba yo'lladi va noaniq

86. Ogohlantirish: Aleksandr Kasyan ogohlantirildi

85. O'zgarish: Norchaevning o'rniga Muhiddin Zoirov maydonga tushdi

Aleksandr Kasyan jarima maydonchasidagi Fortesga to'pni uzatdi va olmaliqliklarning legioneri hisobni tenglashtirmoqda.


84. GOOOOOOOOOL. Fortes hisobni tenglashtirmoqda

83. O'zgarish: Sanjar Tursunovning o'rniga Zafar Polvonov maydonga tushdi

75. O'zgarish: Stanovich o'z o'rnini Suhrob Nurulloevga bo'shatib berdi

75. O'zgarish: Mirjamol Qosimov SHoahmedovni alishtiromoqda

68. ZARBAAAA. Aleksandr Kasyanning yaqin masofadan yo'llagan zarbasini Nematov qaytardi

66. ZARBAAA. Norchaev juda qiyin vaziyatda darvoza zarba yo'lladi, biroq olmalikqliklar darvozabonidan seyv

63. ZARBAAA. Akrom Komilov uzoq masofadan kuchli zarba yo'lladi, ammo zarbaga biroz aniqlik etishmadi

60. ZARBA. G'ofurov Nematovni darvozadan biroz chiqqanini ko'rdi va uzoqdan zarba yo'lladi, biroq Abduvohid to'pni qiyinchiliksiz ushlab oldi

57. O'zgarish: Murod Toshmatov maydonni tark etdi, uning o'rniga Xusniddin G'ofurov maydonga tushdi

55. UXXXX. Mehmonlar raqib jarima maydonchasining ichida bir nechta yaxshi imkoniyatlarga ega bo'ldi, biroq zarbalarning hech biri darvozaga qadar etib bormadi

54. O'zgarish: Abubakr-Rizo Turdialiev SHomalik Komilovni alishtirmoqda



49. ZARBAAA. Bozorov salkam 60 metrni bosib o'tdi va zarbaga chiqib kelayotgan Stanovichga uzatdi, biroq Markoning zarbasini noaniq

Ikkinchi bo'lim boshlandi

Birinchi bo'lim yakunlandi

Hakam birinchi bo'limga bir daqiqa qo'shib berdi

45. Ogohlantirish: Mehmonlar legioneri Fortes ogohlantirildi

44. XAVFLI VAZIYAT. Nasrullaev qanotdan ajoyib uzatmani amalga oshirdi va Xusayn boshi bilan yaxshi zarba yo'lladi, biroq to'p biroz noaniq ketdi

40. UXXXXXXXX. JOKIIIIIICH. Serbiyalikning yaqin masofadan yo'llagan zarbasini, mezbonlar posboni qaytarib yubormoqda

39. Ogohlantirish: Akrom Komilov hakam bilan tortishgani uchun ogohlantirildi

38. ZARBAAA. Marko qanotdan uzatmani amalga oshirdi, Malikovning zarbasini Suhrob Sultonov ushlab oldi

37. Ogohlantirish: Vladimir Kozak ogohlantirildi

30. UXXXXX. Elvin Fortes qanotdan raqib jarima maydonchasining ichiga kirib bordi va yaxshi uzatmani amalga oshirdi, biroq mezbonlar darvozaboni ishonchli harakat qildi

26. ZARBA. Sanjar SHoahmedovning uzoqdan yo'llagan zarbasini noaniq ketdi



20. Ogohlantirish: Umar Eshmurodov maydon markazida raqib sardorini yiqitdi va ogohlantirildi

19. ZARBAAAAAA. SHOKIIIIR YO'LDOSHEV!!! Uzoqdan yo'llagan zarbasini Sultonov qiyinchilik bilan bartaraf etdi

18. UXXXXX. SHokir Yo'ldoshev jarima maydonchasidan yo'llagan kuchli zarbasi Kozakka tegib, burchakka chiqib ketdi.

16. ZARBAAA. "Nasaf" futbolchilari qanotdan hujum tashkil etishda davom etmoqda. Bu safargi Norchaevning zarbasi noaniq

12. AGMK futbolchilari to'p o'tkazib yuborganidan so'ng hujumlar tashkil etishga harakat qilmoqda. Olmaliqliklar ikki marta burchak zarbasini amalga oshirdi, biroq hozircha omadsiz



SHerzod Nasrullaev qanotdan raqib jarima maydonchasiga yorib kirdi va Norchaevning boshiga to'pni tashlab berdi, "Ajdarlar"ning yosh hujumchisi esa Sultonovning darvozasini aniq nishonga oldi


7. GOOOOOOOL. Norchaev hisobni ochmoqda

5. Uchrashuvning ilk daqiqasida mezbonlar raqiblariga nisbatan yaxshiroq harakat qilishmoqda

UCHRASHUV BOSHLANDI

- Uchrashuv soat 18:30da boshlanadi.

Reyting: +22   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика