So’nggi yangiliklar

01:56АПЛ. "Челси" дербида "Вест Хэм"ни аямади  5 01:39Франция. ПСЖ яна кичик ҳисобда ғалабага эришди  0 01:29Бундеслига старт олди: мавсумнинг илк ўйинида "Бавария" "Лейпциг"ни янчиб ташлади, Кейндан хет-трик!  5 00:49Бошланғич таркибдаги Палмер нима сабабдан дербида қатнашмаяпти?  0 00:30ЖЧ-2026га қуръа қачон ва қаерда ташланиши маълум!  2 00:10Суперлига. "Андижон" – "Пахтакор" 2:6  0 00:02Акмал Рустамов: "Юзага келган вазиятлардан фойдаланганимизда 3-4та тўп фарқи билан ютишимиз мумкин эди"  3 23:46Илёс Зейтуллаев: "Бунёдкор" ПФЛ тақдим этаётган тақвимни ҳурмат қилади"  0 23:28Байиндирнинг хатосидан кейин МЮнинг режалари ўзгарди  4 22:59Абдурауф Бўриев: "Мураббийлар берган тактикани яхши бажардик"  4 22:30Ҳожимат Эркинов: "Андижонлик мухлисларга раҳмат, яхши атмосфера яратиб беришди"  6 22:08Максим Шацких: "Жамоамизда "Андижон" даражасига мос бўлмаган футболчилар бор"  55 21:58Суперлига. Қизил карточка кўрсатилган ва гол инобатга олинмаган ўйинда "Қизилқум" ва "Бунёдкор" муросага келди  23 21:47Камолиддин Тожиев: "Майдонда ўн киши қолиб ҳам ўзимизни кўрсата олдик"  11 21:03Суперлига. "Бобур Арена"да дарвозаларга 8 та гол урилган оқшомда "Пахтакор" "Андижон" устидан ғалаба қозонди  256

Coca Cola Superliga 17-tur prevyusi. "Lokomotiv" - "Nasaf" Yangiliklar

Coca Cola Superliga 17-tur prevyusi. "Lokomotiv" - "Nasaf"

17-18 avgust kunlari Coca Cola Superligasida 17-tur uchrashuvlari bo'lib o'tadi.

Amaldagi chempion "Lokomotiv" 17 avgust kuni o'z maydonida Qarshining "Nasaf" klubini qabul qiladi. O'yin 19:15da boshlanadi. 

Turnir jadvalidagi holat 

- "Lokomotiv" Superliga turnir jadvalida 31 ochko bilan ikkinchi o'rinda boryapti. "Temiryo'lchilar" 16ta o'yinning 9tasida g'alaba qozonib, 4 bor durang o'ynashgan va 3 marta mag'lub bo'lishgan. To'plar nisbati 27-12 (+15). 

- "Nasaf" esa turnir jadvalida 27 ochko to'plab uchinchi o'rinni egallab turibdi. Qarshiliklar hisobida 8 g'alaba, 3 durang va 5 mag'lubiyat bor. To'plar nisbati 25-15 (+10). 


"Lokomotiv"

- "Lokomotiv" uyda ochko yig'ish bo'yicha ham ikkinchi o'rinda. Jamoa 9ta g'alabadan ettitasini uydagi o'yinlarda qo'lga kiritgan. 

- "Lokomotiv" o'z maydonida yutqazmagan ikki klubdan biri bo'lib turibdi. Yana biri "Paxtakor". Uydagi bellashuvlarda to'plar nisbati 21-5.

- "Loko" uydagi o'yinlarda hammadan kam gol o'tkazgan, -5ta. 

- "Lokomotiv" qatorasiga uchta o'yindan beri o'z uyida g'alabaga erishmoqda. Jamoa ketma-ket "Surxon" (5:1), "So'g'diyona" (2:0) va "Dinamo" (2:0)ni mag'lub etdi.

- "Lokomotiv" shu paytgacha "Nasaf"ga qarshi chempionat doirasida 29 o'yin o'tkazib, shundan 10tasida g'alabaga erishgan. 


"Nasaf"

- "Nasaf" ertaga mehmonda 8-bahsini o'tkazadi. Bu jamoa safarda ochko yig'ish bo'yicha uchinchi o'rinda boryapti. Qarshiliklar safar o'yinlarida 11 ochkoni qo'lga kiritishgan. 

- "Nasaf" safarda ettita uchrashuvdan 3tasida zafar quchib, ikki martadan durang va mag'lubiyat qayd etgan. To'plar nisbati 9-8. 

- "Nasaf" safarda qatorasiga 4 o'yindan beri yutqazmayapti. Jamoa hisobida uch g'alaba va bir durang bor. 

- "Nasaf" oxirgi to'rtta safar uchrashuvida "Surxon" (3:1), "Metallurg" (1:0) va "Buxoro" (1:0)ni mag'lub etib, "Bunyodkor" bilan 1:1 o'ynadi. 

- Qarshiliklar so'nggi bor mehmonda "Andijon" jamoasiga 1:3 hisobida imkoniyatni boy berishgan. 

- "Nasaf" shu paytgacha "Lokomotiv"ga qarshi 29 o'yin o'tkazib, shundan 14tasida g'alaba qozongan. 


Toshkentda o'tgan oxirgi 5 o'yin 

2018 yil. "Lokomotiv" - "Nasaf" 3:1 

2017 yil. "Lokomotiv" - "Nasaf" 2:1 

2016 yil. "Lokomotiv" - "Nasaf" 3:2 

2015 yil. "Lokomotiv" - "Nasaf" 1:0 

2014 yil. "Lokomotiv" - "Nasaf" 1:1 

Ko'rib turganingizdek, "Lokomotiv" maydonida bo'lib o'tgan oxirgi beshta uchrashuvning to'rttasida "temiryo'lchilar" g'alaba qozongan. Faqat bitta bahs durang natija bilan yakun topgan. To'plar nisbati 10-5.

Reyting: -11   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика