So’nggi yangiliklar

14:15"Ювентус" узумзор акс этган формасини тақдим этди  0 13:42Суперлиганинг 21-турини ўтказиб юборадиган футболчилар рўйхати  0 13:19Роналду 30га кирганидан сўнг Португалия сафида 89 та гол урди  7 12:37Ибраима Конате "Ливерпуль"га уч марта "йўқ" деди. Клуб унинг "Реал"га ўтишига кўниб бўлди  7 12:15Бразилия ЖЧ саралашида 5-ўринни эгаллади – бу тарихидаги энг ёмон натижа  3 10:56Ла Лигада ким чемпион бўлади? "CIES" тахмин қилиб кўрди  6 10:30ФИФА президенти Қатардаги портлашларга муносабат билдирди  11 10:02Қизил карточка, эҳтимолий пенальти ва четлатиш. "Алё, рэф!" ҳакамларнинг Ўзбекистон - Эрон учрашувидаги қарорларини таҳлил қилди  22 09:37Эшитдик-да тасдиқланди. Шерзод Игамбердиев расман ЎФАдан кетди  18 09:11Суперлига. Бугун ФИФА кунларидан сўнг навбатдаги турга старт берилади  6 08:40Криштиану Роналду яна бир рекордни такрорлади  11 08:10U-23 Осиё кубоги. Финал босқичига йўл олган барча жамоалар номи маълум  14 07:48ЖЧ масаласини ҳал қилган Бразилия ва Аргентина мағлуб бўлди ва бошқа натижалар  0 01:39ЖЧ-2026 саралаши. Норвегиядан 11:1, Холанддан 5та гол, Англиядан йирик, Португалиядан иродали ғалаба  17 01:15АПЛда ким чемпион бўлади? "CIES" тахмин қилиб кўрди  4

"CHoy ustida" mehmoni Aziz Haydarovning intervyusi Yangiliklar

"CHoy ustida" mehmoni Aziz Haydarovning intervyusi

Kecha NTT kanalidan o'rin olgan Akmal Mirzoning "CHoy ustida" ko'rsatuvi mehmoni bo'lgan Aziz Haydarov savollarga tomoshabinlar uchun qiziqarli javoblari bilan ishtirok etdi.
- Yangi stadionlar barpo etilyapti, "Bunyodkor" stadioniga nima deysiz?
- Bizda futbolga jiddiy etibor qaratilyapti. Livan bilan o'yinni shu stadionda qabul qildik. Afsus bu o'yinda 5ta gol ura olmadik. Muxlislarga ham bu stadion manzur bo'ldi. Birinchi o'yinda ko'proq ular stadionni ko'rgani keldilar (kuladi).

- JCH armon bo'lib qolmadimi?

- Har bitta muxlis bizni tushunishni istardik. Har bitta futbolchi, ertaga huddi shu muxlis kabi muxlis bo'ladi. JCH biz uchun orzu bo'lib qolmasligi uchun oxirigacha kurashamiz. Agar bu ishni uddalay olsak, bu bizni shaxsiy tariximizga yoziladigan narsa. Geynrix, Kopadze va Baqoevlar hammada ham ko'ra JCHga chiqishni istashdi. Meni ham yoshim o'tib boryapti. Ko'nglimizdan nima o'tganini o'zimiz bilamiz. 14 ochko to'plab JCHga chiqa olmadik, buni tushuntirib bera olmayman.

- Buni chigallashtirib yuborgan nuqta nima bo'ldi?

- Eron bilan uyimizda bo'lib o'tgan o'yindagi mag'lubiyat!

- Livan bilan o'yinda futbolchilar xohlamasdan maydonga tushdilar degan gaplar chiqdi?
- Biz Abramov bilan 5 yil ishladik. Unga shu qadar o'rganib qoldikki, ketganidan keyin hamma har xil holatga tushib qoldi. Nechta o'yinchi bo'lsa, hammasi har xil holatda qoldi. Unga nisbatan biz, murabbiy va ota sifatida qarardik. Futbolda shunday narsa bor, murabbiy ko'p almashadi. Buni biz yaxshi bilamiz. SHuning uchun professional futbolchilar murabbiyni kimligiga qarab emas, manfat yo'lida o'ynashi kerak. Bizni manfatimiz JCH edi va hamma futbolchilar murabbiy almashganini tezda qabul qildik. Livan bilan o'yindagi yo'qotilgan ochko qimmatga tushdi. Guvohi bo'ldingiz, biz uchun 1 ochko ham juda katta rol o'ynadi. Yodingizda bo'lsa, JARda Eron bilan o'ynadik. Asosiy tarkibni 5 nafar azosi yo'q edi. O'sha kuni zaxira va asosiy tarkibdan o'rin olgan futbolchilarni hozirda yarmi yo'q! Yoki Yaponiya bilan o'yinni olaylik, u erda shunday erkin o'ynadikki, shu kuni biz 3-0 ham yutishimiz mumkin edi. Abramov o'zbek futboli uchun juda zo'r havo olib kirdi. Ayni paytda MTJga chetdan mashhur murabbiyni olib kelishdan naf yo'q deb o'ylayman. Mirjalol aka Qosimovga esa oxirgacha imkoniyat berish lozim. Vadim Abramovga esa qandaydir yoshlar terma jamoalaridan birini berish kerak. Abramov ikkita olimpia terma jamoasini boshqardi va undan ko'plab futbolchilarni kashf qildi. Menimcha klublarimizni moddiy texnik bazasi boy bo'lishi kerak. Hamma klubni o'z internati bo'lishi lozim. O'zimdan kelib chiqaylik, yoshligimda juda ham kam pul topardim, do'stlarim kelib, yur ketdik boshqa erda kattaroq pul topamiz degan takliflarni berishar edi. Bunday o'yinchilar qancha? 1-2 ligalarda ularni soni ko'p. Agar ular o'z klublarida oxirigacha tarbiyalansalar muvaffaqiyatimiz oshardi.

- O'zbekiston chempionatini kuzatib turibsizmi?
- Albatta. Internetda doimiy kuzataman. O'zbek futboli kuchayishi uchun halol futbolni olib kirish kerak. SHunda oliy ligamiz 50% kuchaygan bo'lardi. Ayni paytda legioner ekanligimdan xursandman. O'zbekistonda 4tagina jamoa top darajada. BAAda 75 foiz futbolchilar professionaldirlar.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика