CHL doirasidagi "Barselona" - "Real" bahsi ayollar futboli tarixida eng ko'p muxlis tashrif buyurgan o'yin bo'ldi
31 mar 2022 11:01
Yangiliklar
CHL doirasidagi "Barselona" - "Real" bahsi ayollar futboli tarixida eng ko'p muxlis tashrif buyurgan o'yin bo'ldi
Ayollar o'rtasidagi CHempionlar Ligasi 1/4 finali doirasidagi "Barselona" va "Real" (5:2) o'rtasidagi o'yinda muxlislarning tashrifi bo'yicha jahon rekordi o'rnatildi.
Bu haqda UEFA xabar bermoqda.
Barselonadagi "Kamp Nou" stadioniga 91 553 muxlis tashrif buyurdi.
Oldingi rekord Pasadina (AQSH)da JCH-1999 finali doirasidagi AQSH va Xitoy (0:0, penaltilar bo'yicha 5:4) o'rtasidagi o'yinda o'rnatilgan edi. O'shanda o'yinga 90 185 muxlis tashrif buyurgan.
"Barselona" 5:2 hisobida g'alaba qozondi. Kataloniya jamoasi ilk o'yinda 3:1 hisobida raqibini mag'lub etgandi.
Ispaniya jamoasi yarim finalda "Arsenal" - "Volfsburg" juftligi g'olibi bilan o'ynaydi.
Ayollar o'rtasidagi CHempionlar Ligasi finali 21 may kuni Turinda bo'lib o'tadi. "Barselona" musobaqaning amaldagi chempioni hisoblanadi.




O’xshash yangiliklar
championat.asia
ЕЧЛ. "Реал Мадрид" Вальверденинг хет-триги эвазига "Манчестер Сити"ни мағлуб этди
Суперлига. "Насаф" сўнгги дақиқаларда урилган гол эвазига "Динамо" билан дуранг ўйнади
Opta. EЧЛ учун асосий даъвогарлар рейтингини қайтадан тузиб чиқди
Камолиддин Тожиев: "Эртанги ўйинга 100 фоиз шаймиз. Пенальтилар сериясига тайёрланмадик" (тўлиқ матбуот анжумани)
Fikrlar