CHili futbol federaciyasi milliy terma jamoaning yangi bosh murabbiyini elon qildi
09 jan 2018 11:27
Yangiliklar
CHili futbol federaciyasi milliy terma jamoaning yangi bosh murabbiyini elon qildi
Kolumbiyalik mutaxassis Reynaldo Rueda CHili terma jamoasi bosh murabbiyi etib tayinlandi.
Bu haqda CHili futbol federaciyasmi matbuot-xizmati malum qildi. Mutaxassis bilan tuzilgan shartnoma JCH-2022 saralashi yakunigacha amal qiladi. Agar jamoa mundialga chiqsa, kelishuv uzaytiriladi.
CHili terma jamoasi Xuan Antonio Picci istefoga chiqarilganidan so'ng bosh murabbiysiz qolgan edi. CHililiklar uning qo'l ostida Rossiyada bo'lib o'tadigan JCH-2018 yo'llanmasini qo'lga kirita olmadi.
60 yoshli Rueda Gonduras terma jamoasini JARda bo'lib o'tgan JCH-2010ga olib chiqqan. Mutaxassisning faoliyatidagi eng katta muvaffaqiyat "Atletiko Nasonal" bilan Libertadores Kubogidagi g'alaba (2016) hisoblanadi.
Fikrlar