So’nggi yangiliklar

02:50ЖЧ-2026 саралаши. Хорватия жаҳон чемпионатида, Германиядан ғалаба ва бошқа натижалар  0 01:55U-17 Жаҳон чемпионатида 1/8 финалга чиққан илк иштирокчилар маълум бўлди  3 01:33Одил Ҳамробеков: "Эрон термасидаги жамоадошларим финалга чиққанимиз билан табриклашди"  3 01:15Рустам Ашурматов: "Фабио Каннаваро ўзи билганларини ўргатиб, барчасини бирдек олиб бормоқда"  2 01:00Абдулла Абдуллаев: "Ҳақли равишда ғалаба қозондик"  0 00:51Отабек Шукуров: "Йиғин бошлангандан кейин 4 кун мобайнида мураббийлар Мисрнинг қандай ўйнашини уқтириб борди"  3 00:23Элдор Шомуродов: "Замонавий футболда барчасига тайёр туриш керак"  8 00:10Фабио Каннаваро: "Жаҳон чемпионатига чиққандан кейин стратегия тузилган ва биз буни бажариш учун қўлимиздан келганини қиламиз"  13 23:54Мбаппе рекорд ўрнатди  3 23:10Al Ain Cup. Ўзбекистон – Миср 2:0  20 23:01Миср 8 ой деганда илк марта ютқазди  20 22:53Al Ain Cup. Остон Ўрунов порлаган оқшомда Ўзбекистон Мисрни мағлуб этди, финалда яна Эрон билан ўйнаймиз  466 22:23"Барселона" "Челси" билан бир ҳимоячи учун курашади  0 22:09Остон Ўрунов миллий термадаги 9 ва 10-голларини урди  6 21:54"Манчестер Сити"га "Борнмут" футболчиси керак  2

CHeran "Navbahor" va "Nurafshon"ni "sevadi" Yangiliklar

CHeran "Navbahor" va "Nurafshon"ni "sevadi"

"Paxtakor" "Surxon"ni mag'lub qilgan oqshomda Dragan CHeran o'z nomini 2 bor tabloga yozdirib qo'ydi.


Yana ham aniqroq gapirsak, yurtimizga 2016 yilning yozida kelgan serbiyalik futbolchi O'zbekiston chempionatlaridagi 138-o'yinida 96 hamda 97-gollarini raqib darvozasiga joylab qo'ydi.

Termiz klubiga qarshi kechgan uchrashuvdagi dubl Dragan uchun Superligadagi 15-si bo'ldi (7 tasi "Nasaf", qolgan 8 tasi "Paxtakor" libosida urilgan). 

"SHerlar" etakchisi Namanganning "Navbahor" klubiga qarshi o'ynashni yaxshi ko'radi. U "Lochinlar"ga qarshi uchrashuvlarda 4 bor dublni rasmiylashtirgan. CHerandan 1 o'yinda 2 ta gol o'tkazib yuborgan jamoalar ro'yxati bilan tanishing.

"Navbahor"4
"Lokomotiv"2
"Metallurg"2
"Neftchi"1
"So'g'diyona"1
"Paxtakor"1
"Qizilqum"1
"Buxoro"1
"Bunyodkor"1
"Surxon"1

SHuningdek, uning hisobida Superliga bahslarida rasmiylashtirilgan 5 ta xet-trik bor. 34 yoshli futbolchi "Nurafshon" (2 bor), "Andijon", "Nasaf" va "Qizilqum" darvozasiga 90 daqiqa ichida 3 ta gol urishni uddalagan.

Fakt: Dragan Superliga doirasida to'qnash kelgan barcha - 19 raqibining golkiperlarini ranjitgan. Uning zarbalaridan eng ko'p Buxoro viloyatining bosh jamoasi aziyat chekkan. "Navbahor" va "Lokomotiv" singari "sherlar"ning azaliy raqiblari esa kuchli uchlikda.

"Nurafshon" 12
"Navbahor" 9
"Lokomotiv" 9
"Metallurg" 9
"Qizilqum" 8
"Andijon"  6
"Mashal" 5
"Bunyodkor" 5
"Qo'qon-1912" 5
"Surxon" 5
"So'g'diyona" 4
"Obod" 3
"Paxtakor" 3
"Neftchi" 3
AGMK 3
"Nasaf" 3
"SHo'rtan" 2
"Turon" 2
"Dinamo" 1

So'zimiz oxirida keltiradigan malumotimizni termizlik muxlislar o'qisin, ammo yig'lash yo'q: CHeran Superliganing oxirgi 3 mavsumida "Surxon"dan ko'proq gol urdi. Tamom!

Kumikov va Baqoevning seriyasi tugadi, Bekobod osmonidagi "qora bulutlar" tarqamayapti

Muallif :
Reyting: -9   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика