So’nggi yangiliklar

13:08Эриксен нега "Вольфсбург"га ўтишга қарор қилганини айтди  0 12:32Гави тахминан икки ойни ўтказиб юбориши мумкин  0 11:58"Монтеррей" Марсьяль трансферини эълон қилди  0 11:20Февзи Давлетов: "Навбаҳор" билан ўйинда биз ғалабага яқинроқ эдик"  6 10:58Азиз Ибрагимов: "Учрашув дерби мақомида ўтади, аммо ғалаба "Пахтакор"ники бўлади"  10 10:35Артета: "Ливерпуль" кучайиб кетди"  2 10:09Шухрат Раҳмонқулов: "Пахтакор" – "Нефтчи" ўйинида биринчи гол урган ғалаба қозонади"  2 09:46Постекоглу: "Тоттенхэм"дан кетишим кутилмаган ҳолат бўлмади"  2 09:21Зоҳир Пиримов: "Пахтакор" – "Нефтчи" ўйинида имкониятлар тенг"  3 09:20Легионерлар. Ғаниев тўлиқ ўйнади, Ҳамробеков эса...  1 09:06Сергей Лушан: “Жамоага нима етишмаётганлигини билганимда, энг бахтли инсон бўлардим”  16 08:58Факт. "Сўғдиёна" 14 йилдан сўнг ОКМК дарвозасига 3 тадан кўп гол урди  0 08:41Бугун "Қизилқум" устози Шевченконинг рекордини такрорлайдими?   3 08:33Рубен Аморим: "Биз ўзгардик ва анчагина кучайдик"  4 08:07Сервер Жепаров: "Пахтакор"га "Нефтчи"нинг зич ҳимоясини ёриб ўтиш осон бўлмайди"  14

CHempionlikni erta nishonlaganlar – “Ayaks”, “Bavariya”, “Fenerbaxche”... (FOTO) Yangiliklar

CHempionlikni erta nishonlaganlar – “Ayaks”, “Bavariya”, “Fenerbaxche”... (FOTO)

Dam olish kunlari Evropa milliy chempionatlarida o'tkazilgan navbatdagi tur o'yinlaridan so'ng ayrim davlatlarda muddatidan avval chempionlikni rasmiylashtirgan klublar nomi malum bo'ldi.
Jumladan, Turkiyada Istanbulning “Fenerbaxche” klubi o'z tarixida 19-bor chempionlik shoxsupasiga ko'tarilgan bo'lsa, Amsterdammning “Ayaks” klubi qatorasiga to'rtinchi marotaba Gollandiya chempioni bo'ldi.

Quyida Evropada chempionlikni erta nishonlagan klublarga atalgan foto lavha bilan tanishasiz.

 

"Bavariya" o'zining Bundesligadagi 25-chempionligini Pep Gvardiola boshchiligida qo'lga kiritdi

O'tgan mavsum Evropa Ligasi finalini, mamlakat chempionligi va kubogini boy bergan "Benfika" bu yil muddatidan avval Portugaliya chempioni bo'ldi. Lissabonliklar so'nggi bor 2009/10 yilgi mavsumda chempionlik sharobini totib ko'rishgandi

Amsterdammning "Ayaks" klubi Frank de Bur bosh murabbiyligida qatorasiga to'rtinchi bor Gollandiya chempioniga aylandi

"Fenerbaxche" asosiy raqibi "Galatasaroy"ni 10 ochkoga ortda qoldirdi, Emmanuel Emenike esa 12 ta gol urdi

"Olimpiakos" o'z tarixida 40-bor Greciya chempioni bo'ldi. Bu yilgi yubiley chempionlik kiyinish xonasida nishonlandi

Asosiy raqibi "Reynjers"ning yo'qligidan "Seltik" rosa unumli foydalanyapti, sodda qilib aytganda, yayrayapti

"Red Bull" (Zalcburg) chempionat yakunlanishiga bir tur qolganida Avstriya chempioni bo'ldi, Xonatan Soriano esa mavsumda 30 gol kiritdi

Tel-Avivning "Makkabi" klubi Isroil chempioni bo'ldi va yangi mavsumda ECHLda ishtirok etadi

FIFA tomonidan diskvalifikaciya qilingan Yosip SHimunichning "Dinamo" (Zagreb) klubi Xorvatiya chempioni bo'ldi. Temurxo'ja Abduxoliqov to'p tepayotgan "Xayduk" jamoasi esa 2-o'rin uchun kurashyapti

 "Slovan" Slovakiya chempioni bo'ldi. Bratislava ko'chalarida chempionlik paradi

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика