So’nggi yangiliklar

03:05АПЛ. "Арсенал" бурчак зарбаларидан урилган голлар эвазига "Манчестер Юнайтед"ни мағлуб қилди  11 02:59ЛаЛига. Мбаппе пенальтидан гол ура олмаган ўйинда "Реал" мағлуб бўлди  27 02:30АПЛ. "Манчестер Сити"да ниҳоят ғалаба, "Ньюкасл" — "Ливерпуль" ўйинида 6та гол ва "Челси"дан йирик ғалаба  17 01:57Турк футболчисига МЮ, "Ливерпуль", "Арсенал" ва ПСЖ қизиқмоқда  0 01:32Жаҳонгир Ортиқхўжаев, "Пахтакор" янги бош мураббийи ва Максим Шацких иштирокидаги матбуот анжуманидан ФОТОГАЛЕРЕЯ  1 00:37Куртуа "Реал" билан шартномани узайтирмоқчи. Дарвозабоннинг вакиллари Саудия Арабистонидан қизиқиш ҳақида билишмайди  1 00:04АПЛ. "Арсенал" - "Манчестер Юнайтед" баҳси асосий таркиблари маълум!  15 23:56"Атлетик" — "Реал". Беллингем, Мбаппе ва Родриго асосий таркибда  20 23:15Озарбайжон кубоги. "Сумқайит" кейинги босқичга чиқди, Жалолиддинов 120 дақиқа ҳаракат қилди  0 22:54ОЧЛ-2. "Насаф" навбатдаги мағлубиятини қабул қилиб олиб, мусобақани тарк этди  122 22:34"Байер" Вирцнинг нархини белгилади  3 21:40АПЛ тўртта топ клуби Испания терма жамоаси юлдузига қизиқмоқда  1 20:47"Боруссия Д" қишда Маленни қўйиб юборишга тайёр  0 20:18"Шабаб Ал Аҳли" — "Насаф". Таркиблар маълум  8 19:54Илёс Қурбонов: "Қаршида ўйнаб қайтганимиз сабабли тайёргарлик кўриш учун бизда 1 кун вақт бўлди"  5

"CHempionlik yo'lidagi qiyinchiliklar, individual kuchli futbolchilarning kamayib ketganligi, Yaxshiboevning xarakteri, OCHLda ko'zga tashlangan kamchilik". Jasur Abduraimov bilan intervyu Yangiliklar

"CHempionlik yo'lidagi qiyinchiliklar, individual kuchli futbolchilarning kamayib ketganligi, Yaxshiboevning xarakteri, OCHLda ko'zga tashlangan kamchilik". Jasur Abduraimov bilan intervyu

Toshkentning "Paxtakor" jamoasi uchun joriy mavsum ajoyib o'tmoqda desak mubolag'a bo'lmaydi.

O'z tarixida 13-bor O'zbekiston chempionatida zafar quchgan "sherlar" OCHLda ham munosib harakat qilgan holda yarim final ostonasiga qadar etib borishdi. Albatta buning zamirida futbolchilar, murabbiylar, rahbariyat, jamoadagi barcha insonlarning katta mashaqqat, kuchli mehnat yotibdi.   Darhaqiqat bu mavsum hech bir jamoaga oson bo'lgani yo'q, pandemiya sharoitida mashg'ulotlarni o'tkazish, oraliqdagi tanaffuslar malum bir muammolarni keltirib chiqardi. SHunday bo'lsada "Paxtakor" mavsumni yuqori notada o'tkazmoqda. Yaqinda shu va boshqa mavzular yuzasidan jamoada SHota Arveladzega yaqindan yordam berib kelayotgan Jasur Abduraimovni suhbatga chorladik.

"Paxtakor" ko'pchilik o'ylagandek oson chempion bo'lmadi"

- Avvalo murabbiylar shtabini, futbolchilarni, klub rahbarlarini chempionlik bilan tabriklaymiz. CHempionlikka qadar jamoa uzoq masofani bosib o'tdi. Keling dastlab bu borada taassurotlar, fikrlaringiz bilan o'rtoqlashsangiz..

- Hammasini bir boshidan boshlayman. Bu yil og'ir o'tmoqda, o'zingiz ham ko'ryapsiz hech kimga oson bo'layotgani yo'q. Pandemiya sabab 3 oyga yaqin jamoaviy mashg'ulotlar o'tkazilmadi. Barcha karantinda o'tirdi. SHota Arveladze boshchiligida barchasi ko'rib chiqildi, nimalar qilish lozimligi borasida fikrlashildi. Uning asosiy ustun tomonlaridan biri tashkilotchilikni yuqori darajaga olib chiqishidir. Xabaringiz bo'lsa jamoadagi deyarli 95 foiz inson kasallandi. Buning oldini olish borasida SHota Arveladze barchasini tashkillashtirdi, futbolchilar mehmonxonada bitta joyda yashashdi, karantinda o'tirishdi. Kasallik darajasiga qarab shifokorlar shu erning o'ziga jalb qilindi. Bari tezda amalga oshirildi. Har qanday sharoitda ham sog'lik birinchi o'rinda turadi. Futbolchilar sog'lom bo'lsa o'yin ham yaxshi kechadi. Jamoadiglarning ko'pi kasallikni belgilarsiz boshidan o'tkazdi. Mashg'ulotlarda muntazam qatnasha olishmadi. O'zimdan kelib chiqib aytadigan bo'lsam menda ham simptomsiz kechdi. SHota Arveladze menga har kuni qo'ng'iroq qilib holatimni bilib turdi. Bu ko'p narsani anglatadi. Keyin esa aksi kuzatildi. U Qatarda koronavirus yuqtirib oldi, endilikda meng unga har kuni qo'ng'iroq qilib hol ahvol so'rab turdim. 

Tashkilotchilik borasida qaysidir jamoani men zo'r deb ayta olmayman. Biz har hafta test topshirdik. Har hafta tekshiruvdan o'tdik. Ayrimlar karantinda, yana qolganlar kasallangan. Ishongsangiz mashg'ulotlarda 8 kishi qatnashgan paytlar ham bo'ldi. Bunday masuliyatli pallada bosh direktor, murabbiydan tortib vrachgacha hamma o'z ishini yaxshi bajardi. Qiyin vaqtda ishlar yuqori saviyada tashkillashtirildi. Men o'zbekistonlik murabbiy sifatida jamoadagi evropalik mutaxassisdan nima oldim? Aynan tashkilotchilik borasida ko'p bilimga ega bo'ldim. Mashg'ulotlar, safarlar, uy uchrashuvlari va hokazo. Agarda biz uzoq masofaga yo'l oladigan bo'lsak imkon bo'lsa poezdda bo'lmasa charter reys orqali boramiz. Bunda hammasi 1 hafta, 2 hafta kerak bo'lsa 1 oy oldin o'rganilib chiqiladi. Masalan futbolchi avtobusda 8 soat yo'l bosib o'ynga boradi, uning tiklanishi nima bo'ladi? Tiklanib olish uchun 2-3 kun vaqt ketadi. SHota Arveladze barini oldindan o'ylaydi, yig'inlar masalasida ham o'ta sinchkov. Texnik va sport direktorlar Sobir Xodiev, Jafar Irismetov o'sha joyga borib sharoitlar, maydonlar, mehmonxona va boshqa jihatlarni ko'rib bosh murabbiyga aytishadi. Agarda bari qoniqtirsa bosh murabbiy bunga rozilik beradi. Bilasiz falsafamiz hujumkor futbol. Bu borada men SHota Arveladzedan ko'proq narsa o'rgandim. Yana qaysidir jihatlar bo'ldiki u mendan nimanidir o'rgandi. Bu normal holat. Oddiy bir jarayon. CHunki yordamchilar bosh murabbiydan ko'proq mehnat qilishi kerak. Agar bosh murabbiyning yonidagi yordamchilari yaxshi bo'lsa bu  unga katta foydadir. Gohida u ko'ra olmagan, payqamagan jihatlarni yordamchilari ko'ra olishi mumkin. Natijaga bosh murabbiy javob beradi. Hissiyot, o'yin jarayoni bilan chalg'ib ayrim vaziyatlarni kuzata olmaydi. Biz yordamchilar esa xotirjam o'ylab kerakli tavsiyalarni beramiz.

Masalan taktikani o'zgartirishda beshta himoyachi yoki ikkita hujumchi uslubiga o'tishda, zaxiradan futbolchilarni tushirayotganda va hokazo. Raqiblarni o'rganayotganimizda futbolchilarning harakatlari, kim o'ng oyoqda, kim chap oyoqda harakat qiladi, bularning barini SHota Arveladzega aytaman. Takrorlayman futbolda tashkilotchilik muhim ahamiyat kasb etadi. To'g'ri bizda moliyaviy holatimiz barqaror. O'zbekistonda juda yaxshi murabbiylar bor, mutaxassislar etarlicha. Hech kimdan kam emas. Lekin tashkilotchilik borasida kamchiliklar mavjud. 

-  SHota Arveladzening assistenti sifatida OCHLda jamoaning o'yinida qanday kamchiliklarni ko'ra oldingiz?

- Dastlabki ikki o'yin amaldagi musobaqa g'olibi "Al Xilol"ga qarshi bo'lib o'tdi. Bu klub safida qanday legionerlar o'ynashi hammaga malum, byudjeti biznikidan 6-7 barobar ko'p. Menga bu jamoaning nimasi yoqdi murabbiyning ishi ko'rinib turibdi. Birinchi o'yinda biz yaxshiroq to'p tepdik, vaziyatlar yaratdik. Osiyo klublari orasida "Al Xilol" to'psiz o'yinni nazorat qilishni maromiga etkazishini yana bir guvohi bo'ldim. Biz o'zbekistonlik murabbiylar bilan gaplashganimizda o'yinni to'psiz qanday qilib nazorat qilish mumkinligi borasidagi savolga javob topishga harakat qilamiz. O'yinni to'p bilan va to'psiz boshqarish yo'llari bor. Men buni "Al Xilol" misolida ko'rdim. Jamoamizda ikki nafar xorijlik futbolchi bor edi. Biz o'zbekistonlik futbolchilarning kuchli jamoalar bilan tengma-teng o'ynay olishini isbotlay oldik. Ishga, mashg'ulotga to'g'ri munosabatda bo'lsak har qanday kuchli jamoaga qarshilik ko'rsata olamiz. Buni bizni xursand qildi. Jamoa faqat himoyada orqa chiziqda o'ynagani yo'q, o'z o'yinini ko'rsatdi. Saudiyaliklar bilan dastlabki bahsda hakam qaerdan olib etti daqiqa qo'shdi bilmadim. Mayli bu haqida ortiqcha gapirmayman. Oxirgi daqiqada etiborni yo'qotdik va mag'lub bo'ldik. Javob uchrashuvida "Al Xilol" faqat natija uchun o'ynagani yaqqol bilindi. Bizdan qo'rqib harakat qilishdi. Xalqaro maydonda futbol o'ynay olishimizni ko'pchilik ko'rdi. Futbolchi maydonga chiqdimi faqat o'yinni o'ylashi darkor. Hujumchimi yoki himoyachi o'z ishini bilib bajarishi, o'yindagi har qanday holatga tayyor turishi buning uchun mashg'ulotlarda ishlashi kerak. Bizdagi barcha futbolchilar ayni o'ynaydigan vaqtda. Eron klublari esa jismoniy jihatdan kuchga ega , tezkor hujum va standart vaziyatlardan samara chiqarishga urinishadi. Ularning ustun tomoni shunda. O'zbek futboli esa qaysidir manoda ispan futboliga yaqin. Texnika, to'pni nazorat qilish bizda yaxshi shakllangan. Lekin to'psiz o'ynash yuqori darajada shakllanmagan. SHuningdek futbolchida vaziyatni oldindan o'qishni sezish qobiliyatini ham o'stirishimiz lozim. SHaxsan menga shunday tipdagi futbolchilar yoqadi. 

- Lekin ko'pchilik to'psiz o'ynash deganda himoyaviy o'yinni tushunadi...

- Top jamoalar nima uchun himoyalanadi tezkor hujumga o'tish uchun. Masalan yaxshi saviyadagi to'pni nazorat qiladigan jamoaga qarshi o'ynayotganingizda ikkinchi yoki uchinchi zonada to'pni egallab tezlik bilan oldinga o'tish uchun raqibni kutib olasiz. Bizning falsafamiz esa ko'proq to'pga egalik qilish. To'pni yo'qotdingmi darhol olib qo'yish kerak, shunda yanada ko'proq to'pga egalik qilasan. Lekin har doim to'pni yo'qotishga tayyor tur, istalgan vaziyatda yuza beradi. Bu zamonaviy futbolning talablaridan biri hisoblanadi, to'p va shuning bilan birga to'psiz o'yinni nazorat qilish. Biz hozir shu yo'nalish bo'yicha ketmoqdamiz. To'g'ri hali zo'r emas lekin bunga etib borishimizni sezmoqdaman, harakat bor. CHunki bu bizning futbol, "Paxtakor"ning futboli. Nima uchun bizga Kuper to'g'ri kelmadi? Uning kuchli murabbiy ekanligini hech kim inkor eta olmaydi. ECHL finallari, Jahon chempionatlarida o'ynagan. Uning uslubi, falsafa va taktikasi bundan bir necha yillar oldin natija bergan. Ammo hozir samara bermaydi. Bizning futbol umuman boshqacha. 

- "Paxtakor" aksariyat uchrashuvlarda raqiblarini yirik hisoblarda mag'lubiyatga uchratdi. Tashqaridan qaralganda jamoa chempionlikni osonlikcha qo'lga kiritdi degan fikr paydo bo'lmoqda...

- Yo'q, bunga qo'shilmagan bo'lardim. Hammasi osonlikcha bo'lmadi. Deylik AGMK bizga dastlabki 20 daqiqada pressing qo'lladi va qarshilik ko'rsata oldi. Ular ham ikkinchi o'rin uchun astoydil kurashmoqda. Ochko kerak, shunchaki qarab o'tirgani yo'q. Hamma oddiy deb o'ylashi mumkin. Barchasi mashg'ulotlar jarayoniga bog'liq. Yana bir narsa yaxshi saviyadagi futbolchilarni bir jamoada birlashtirish o'rtamiyona futbolchilarga qaraganda biroz qiyin. Bunda har biriga munosabat, muloqot tartibli bo'lishi zarur. CHunki ularning har birining o'ziga yarasha xarakteri mavjud. Yaxshigina pul ishlashmoqda, oilasi, bolalari bor. Axir yosh futbolchi emas-ku. Faqat insoniylik tomondan hurmat bilan munosabatda bo'lasiz. Mana shu kichik omillar ko'p narsani anglatadi. Jamoada hurmat shakllangan. Mag'lubiyatga uchragan bo'lsak ham, turli vaziyatlarda ham jamoadagilar janjallashib urishib ketganini ko'rmaganman. To'g'ri hech kim mag'lub bo'lishni istamaydi. Biroq SHota Arveladze o'z hissiyotlarini jilovlay oladi. Futbolchi murabbiyni, murabbiy futbolchini hurmat qiladi. Bazida futbolchining shunday xatolari bo'ladiki uni barchaning oldida aytib bo'lmaydi. Bunday paytda individual yondashiladi. SHundagina futbolchi murabbiyning ko'rsatmalarini to'g'ri qabul qiladi. Bu hozirgi kunda juda ham muhim . Yulduz va tajribali futbolchilar bilan ishlash ham qiyin, ham qiziqarli. Biz Termizda "Surxon"ni yirik hisobda taslim qildik. Lekin shu kunga qadar biror jamoa bu erda bunchalik yirik natija bilan g'alaba qozonmagandi. O'zbekiston Superligasi oddiy chempionat emas. 5-6 jamoa sovrinli o'rinlar uchun kurashadi. Mana sizga bir haqiqatni aytaman, bizga qarshi o'ynaydigan jamoalar ikki hissa kuch bilan harakat qiladi. Hokim yoki rahbar keladida "Paxtakor"ni mag'lub etsa falon so'm mukofot puli berishini aytib qo'shimcha motivaciya berib ketadi. Tasavvur qilyapsizmi? Ayrim jamoalar 9 kishi bo'lib himoyalanadi yoki shuncha bo'lib bosim uyushtiradi. Maydonda kerak bo'lsa bizga qarshi 200 foiz kuchini sarflaydi. Samara berishi yoki bermasligi boshqa masala. Individual futbolchilar kam lekin jamoaviy o'yin yaxshi darajada. Klublarimizda ishlaydigan murabbiylar haqida ham yomon fikr bildirmagan bo'lardim. Deyarli barcha murabbiylar o'tgan davr mobaynida Pro licenziyasiga o'qishdi. Amaliyotlarda birga bo'ldik.

"Ko'cha futboli yo'qolib ketmoqda" 

- Individual futbolchilarning kamayib ketganligi nima bilan bog'liq?

- CHunki ko'cha futboli yo'qolmoqda. Oldin barcha individual kuchli ijrochilar ko'cha futbolidan kirib kelgan. Hozir bu narsa yo'q, hamma narsa kompyuter, telefon, planshetda bor. Oldin bolalarni ko'chadan olib kirish qiyin bo'lgan bo'lsa, hozirda ko'chaga chiqarish qiyin. Mana "Lotin Amerikasi"ni olaylik, Urugvay, CHili, Argentina, Braziliyada ko'proq ko'chada futbol o'ynashadi. Pele, Rivaldo, Neymar bari ko'chada katta bo'lgan. Individual mahoratini oshirib borgan. Harakat qilgan. SHota Arveladze shunday topshiriq berganki akademiyadan tortib birinchi liga, o'rinbosarlar jamoasidan asosiy tarkibga futbolchilarni yagona falsafa ostida tayyorlab borish. 10 yoshli bola maydonning ikkinchi yarimida qanday joylashish kerakligi borasida tushunchaga ega bo'lib borishi kerak. Yani futbolchi asosiy tarkibga 95 foiz tayyor holda etib kelishini taminlashimiz zarur. Klub akademiya tarbiyalanuvchilariga etibor bermayapti degan savolga quyidagicha javob beraman. Asosiy tarkib azolaridan Anzur Ismoilov, Egor Krimec, Hojiakbar Alijonov, Igor Sergeev, Jaloliddin Masharipov, Vladimir Kozak, Asadbek Sobirjonov, yaqinda debyut qilgan Diyor Xolmatov, Ulug'bek Hoshimovlar barchasi "Paxtakor" klubi tarbiyalanuvchilari sanaladi. Sadriddin Abdullaev ham. Xalq buni bilmasligi mumkin. Futbol o'ynash hozirda qiyinlashib bormoqda.

SHota Arveladze jamoaga kelgan dastlabki yillarida bir nechta o'yinlarda mag'lub bo'ldi. U ham sexrgarmas. O'yinni yo'lga qo'yib olishi uchun malum bir vaqt kerak bo'ldi. U nima istayotganini futbolchilar tushunib ketdi. Biz yirik hisobda yutsak ham o'zimizdan qoniqmaymiz. Ishlashda davom etamiz. "Paxtakor" o'zbek futbolining bayroqdori. OCHLda ham yomon ishtirok etdik deya olmayman. Eronning eng yaxshi klublari bilan ketma-ket o'ynadik. Qachon bunday o'ynaganimizni eslolmayman. CHorak finalda qizil kartochka va nimadir xato bo'lgani zararimizga ishladi. Agar Jaloliddin Masharipov qizil olmaganida ishonchim komilki biz bu raqibni yutishimiz 90 foiz aniq edi. "Persipolis" "Istiqlol"ga qaraganda kuchsiz edi. "Istiqlol" qiziqarli jamoa, tarkibida ham mahoratli futbolchilar etarli. SHeyk Diabatening o'zi himoyachilarimizga boshog'riq bo'la oldi. Biz ularni o'yin tomondan ham yutdik. Forslarning o'ziga yarasha uslubi bor. 

Endilikda futbolchilarni tanlashda yanada etiborliroq bo'lishimiz talab etiladi. Akademiyaga yuzalanamiz. Jasur Yaxshiboevda shuncha mahorat va texnika qaerdan kelgan deb o'ylaysiz? Bunday futbolchilarni maydonga qo'yib yuborish kerak tamom. Borsin, aldasin, yugursin, gol ursin. Undagi bu qobiliyat mashg'ulotlardayoq ko'zga tashlanib ulgurgandi. Yaxshiboevda o'yinda ikkita variant bo'ladi, o'zi aldab yorib kirishi yoki jamoadoshlariga pas berishi mumkin. Ayrim bolalar murabbiylari mashg'ulotlarda bu darajada imkoniyat bermaydi. Bilasiz hozirgi kunda barcha top futbolchilar individual tomondan kuchli. O'yinchiga bolaligidan to'g'ri yo'nalish bersangiz natija o'z o'zidan keladi. 

- "Paxtakor"ning OCHLdagi ishtiroki o'zbek futbolining darajasimi? Fikrimcha xalqaro maydon biz uchun xatolarimizni ko'rsatib beradigan oyna...

- SHaxsan o'zimning fikrimcha biz "Persipolis" to'sig'idan o'tishimiz kerak edi. Ko'rsatayotgan o'yinimiz bo'yicha biz finalda o'ynashga haqli edik deb o'ylayman. Ha, ko'p narsa ichki chempionatimizga bog'liq. Lekin yana qaytaraman Superligamiz oddiy chempionat toifasiga kirmaydi. Individual futbolchilar kam bu to'g'ri. "Qo'qon-1912", "Nasaf", "Bunyodkor", AGMK, "Lokomotiv" kabi jamoalar bilan chempionatimizni kuchsiz demagan bo'lardim. Ro'ziqul Berdievni hurmat qilaman, birga o'qiganmiz. Akademiyadan chiqqan futbolchilar bilan ajoyib natija qayd etmoqda. Ulug'bek Baqoevga ham xurmat ruhida qarayman. Ikkinchi o'rin uchun kurashayotgan "Nasaf"ni mag'lub etishni uddasidan chiqdi. Hamma jamoaning uslubi turlicha. Biz avvalo o'zimizni hurmat qilishimiz, o'zimizga to'g'ri baho berishimiz lozim. Agar biz faqat tanqid qilaversak hamma bizni hech kim hurmat qilmay qo'yadi. "Paxtakor" OCHLda butun O'zbekiston nomidan ishtirok etdi. Barcha bizga muxlislik qildi. Hujmkor o'yin bilan 1 yoki 2 martta yutqazasiz. Himoyada o'tirsangiz kerak bo'lsa 8 martta mag'lub bo'lasiz.  

"Xarakter faqat Yaxshiboevda emas hammada bor"

- Jasur Yaxshiboev haqida yuqorida fikr bildirdingiz. Uning xarakteri hususida nima deya olasiz? Vadim Abramov intervyularining birida unda terma jamoada o'ynash uchun xohish ko'rmadim degan edi...

- Men Jasurni 8 yoshidan beri bilaman. Oddiy oilaning bolasi, CHinozning "Oydin qishloq" tumanidan. Milliy terma jamoada o'ynash uning orzusi hisoblangan. Balki murabbiy bilan umumiy til topisha olmagandir. Bu boshqa masala. Futbolni juda ham yaxshi ko'radi. Mashg'ulotlarim ertalab 8-00da boshlansa Jasur juda kichkina bo'la turib ertalab soat 4-00da uyqudan turgan va buvisi bilan Toshkentga kelgan. Biror marotaba mashg'ulotlarni o'tkazib yubormagan. Futbolni yaxshi ko'rgani uchun shularni qilgan. Menimcha u o'zining poziciyasi bo'yicha O'zbekistondagi eng kuchli besh futbolchidan biri. Balki kuchli uchlikka kirar. Bu gaplarni mening o'quvchim bo'lgani uchun aytmayapman. Lekin Yaxshiboevga o'xshagan futbolchilar kam. Birinchi liga, o'rinbosarlar jamoasini kuzata turib bunday futbolchini ko'rmadim. 

Jasur 7-8 yoshida qilgan ishlarni hozir birorta bolada uchratmadim. Xarakter hammada bor. Belorus chempionatida to'purarlardan biri bo'lib turibdi. Jismoniy tomondan katta kuch talab qilinadi. Uning xarakteri yomon bo'lganda bunday gollarni urmagan bo'lardi. Ibragimovichda yaxshi xarakter bor deb o'ylaysizmi? Istagan futbolchingizda xarakter bor. Uning hech kimga zarari tegmaydi. Yaxshiboevda ham shunday. Hayotda hamma bilan ham gaplashib ketmasligi mumkin. Ammo maydonga chiqib o'z ishini qilyapti. Uslubi jihatdan Leroy Sanega o'xshab ketadi. Sane Manchesterdan Myunxenga keldi. CHunki o'ynashni xohladi. Ko'p narsa murabbiyning ishonchiga bog'liq. Akademiyaga ham yuzlanmoqdaman, Yaxshiboevga o'xshaganlar bormi? Yo'q. Ayb kimda murabbiylarda. Yaxshiboev hammaga o'xshagan futbolchimas. Individual kuchli futbolchilarni qadrlashimiz kerak. Ular natija keltiradi. Bunday tipdagi futbolchilarga tegmang maydonga chiqaring bo'ldi. 

- Eren Derdiyokning jamoaga moslashishi qiyin kechdimi yoki Igor Sergeev raqobatda yutib chiqdimi?

- Derdiyok Evropa darajasidagi futbolchi. U OCHLda gol urdi. Ko'p gol urmagan bo'lishi mumkin, lekin maydonda malum bir vazifalarni bajardi. Masalan gol urishdan tashqari pas berish, jamoadoshini qulay vaziyatga olib chiqish, unga to'p uzatish va hokazo. Sergeev ham gol urish bilan birga foydali harakatlarni amalga oshirdi.

Reyting: +9   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика