CHempionlar ligasi. Bugun 4-tur o'yinlari boshlanadi
31 okt 2017 09:40
Yangiliklar
CHempionlar ligasi. Bugun 4-tur o'yinlari boshlanadi
Bugun tunda Evropa chempionlar ligasining 4-turidan o'rin olgan dastlabki 8ta o'yin bo'lib o'tadi.
"Old Trafford"da "Benfika" mehmon bo'ladi. "Bavariya" SHotlandiyaga safar qiladi. PSJ o'z uyida "Anderlext"ga ko'proq gol urishga harakat qilib ko'radi.
"Atletiko" esa Ozarbayjondagi bahs natijasi shunchaki sensaciya ekanligini isbotlashga urinadi. Rimda Konte boshchiligidagi "CHelsi" mehmon bo'ladi.
"Yuventus" Lissabonda, "Barselona" esa Afinada o'ynaydi.
Barcha o'yinlar Toshkent vaqti bilan soat 00:45da boshlanadi.
"A" guruhi
"Bazel" - CSKA
"Manchester Yunayted" - "Benfika"
"B" guruhi
PSJ - "Anderlext"
"Seltik" - "Bavariya"
"C" guruhi
"Atletiko" - "Karabax"
"Roma"- "CHelsi"
"D" guruhi
"Sporting" - "Yuventus"
"Olimpiakos" - "Barselona"
Fikrlar