ECHL. "Real" Germaniyaga boradi, "Man Siti" uchun oson raqib yoki "Inter" - "Atletiko Madrid"
18 dek 2023 16:15
Yangiliklar
ECHL. "Real" Germaniyaga boradi, "Man Siti" uchun oson raqib yoki "Inter" - "Atletiko Madrid"
Ushbu sahifada qura jarayonining eng muhim voqealarini onlayn tarzda kuzatib borishingiz mumkin bo'ldi.
Ilk uchrashuvlar 13 - 14 va 20 - 21 fevral, javob bahslari esa 5 - 6 va 12 - 13 mart sanalarida bo'lib o'tadi.

Sakkizinchi juftlik: "Leypcig" - "Real Madrid"
Ettinchi juftlik: "Kopengagen" - "Man Siti"
Oltinchi juftlik: "Lacio" - "Bavariya"
Beshinchi juftlik: PSV Eyndxoven - "Borussiya Dortmund"
To'rtinchi juftlik: "Inter" - "Atletiko Madrid"
Uchinchi juftlik: PSJ - "Real Sosedad"
Ikkinchi juftlik: "Napoli" - "Barselona"
Birinchi juftlik: "Portu" - "Arsenal"
Qurada ishtirok etadigan yana bir futbol afsonasi Jon Terri ECHLning bu mavsumida ayniqsa Jud Bellingem o'z o'yinlari bilan etiborni tortayotgani, yodda qolayotganini takidladi.
Birinchi bo'lib so'zga UEFA bosh kotib o'rinbosari Jorjio Marketti chiqdi. Salom-alikdan keyin Marketti musobaqa qizg'in pallasiga oz qolgani va qura doimgidek qiziqarli o'tishini aytib, musobaqa finali Londondagi "Uembli" stadionida o'tishini eslatib o'tdi.
Guruh g'oliblari — "Arsenal", "Atletiko Madrid", "Barselona", "Bavariya", "Borussiya Dortmund", "Manchester Siti", "Real Madrid", "Real Sosedad"
Ikkinchi o'rindan pley-offga chiqqanlar — "Kopengagen", "Inter", "Lacio", "Leypcig", "Napoli", PSJ, "Portu", PSV.

O’xshash yangiliklar
championat.asia
Тимур Кападзе дунёнинг энг кучли мураббийлари орасида кучли ўнликка кирди!
Роналду кетма-кет учинчи марта Яқин Шарқда йилнинг энг яхши футболчиси бўлди
Криштиану Роналду: "Мавсум ўртасида ҳеч ким чемпион бўлмайди"
Эрон жамоаси Ўзбекистон МТЖ етакчиларидан бири учун 1 миллион доллар бериши мумкин
Fikrlar