So’nggi yangiliklar

21:21Рўзиқул Бердиев: "Олдин ҳам "Ал Аҳли" сингари катта салоҳиятга эга жамоаларга қарши ўйнаганмиз"  0 21:10Илёс Зейтуллаев: "Янги стадионда тўп тепиш ўзгача ҳиссиётларни берди"  0 20:46Ҳаким Фузайлов: "Яна эски касалимиз қўзғади"  0 20:30АПЛ. "Манчестер Сити" – "Манчестер Юнайтед" (матнли трансляция)  33 20:02АПЛ. "Ливерпуль" 90+5 дақиқада пенальтидан урилган гол эвазига "Бёрнли"ни мағлуб этди  13 20:00Про Лига. "Арал" "Олимпик"га имконият қолдирмади  0 19:55Абдухолиқовнинг пеналтидан киритган голи "Бунёдкор"га ғалаба тақдим этди  8 19:28А Серия. "Рома" Римда "Торино"га мағлуб бўлди  7 18:58Бельгия. Ўринбоев бир тайм ўйнаган баҳсда "Антверпен" ютқазди  3 18:38Эрон ва Уругвай ўртасидаги ўртоқлик ўйини бекор қилинди  7 17:19"Манчестер Сити" сардори билан шартномани узайтиришни режалаштирмаяпти  1 15:46"Антверпен" — "Гент". Таркиблар маълум  3 15:08"Эшитдик-да!" Алексей Ларин "Андижон"га ўтишга яқин  11 14:03Канселу: "Барселона"ни яхши кўраман"  6 13:24Алонсо Пеллегрини давридан бери Ла Лигадаги дастлабки 4 ўйинда ғалаба қозонган биринчи "Реал" мураббийи  1

CHempionatning mart oyidagi eng yaxshi futbolchisi va murabbiyi uchun ovoz bering Yangiliklar

CHempionatning mart oyidagi eng yaxshi futbolchisi va murabbiyi uchun ovoz bering

O'zPFL matbuot xizmati O'zbekiston chempionatining mart oyidagi eng yaxshi futbolchisi va murabbiyini aniqlash uchun ovozlarni qabul qilish jarayoni boshlanganini malum qiladi.
Ovoz berish jarayonida O'zbekistonda faoliyat yuritayotgan sportga oid OAV vakillari (jurnalistlar) ishtirok etishlari mumkin. Nomzodlar ro'yxati chegaralanmagan bo'lib, ovoz beruvchilar O'zbekiston milliy chempionatlarida faoliyat yuritayotgan barcha futbolchilar va murabbiylarga, jumladan, xorij mamlakatlaridan kelib O'zPFL musobaqalarida ishtirok etayotgan futbolchilar va murabbiylarga ham ovoz berishlari mumkin.

Oy o'yinchisi va murabbiyini aniqlash bo'yicha so'rovnomada ishtirok etayotgan jurnalist mart oyining eng yaxshi futbolchi va murabbiyilardan 5 nafardan nomzodlarning ism-shariflarini O'zPFL matbuot xizmatiga (media@the-uff.com elektron pochta manziliga jo'natgan holda) taqdim etishlari kerak. Jurnalistlar o'z variantlarini 10 mart soat 18:00gacha yuborishlari mumkin.

Futbolchilarning may oyidagi harakatlarini baholashda quyidagi musobaqalar hisobga olinadi: Oliy Liga; O'zbekiston Kubogi; Osiyo CHempionlar ligasidagi O'zbekiston klublari ishtirokidagi o'yinlar; Birinchi Liga; O'zPFL tasarrufidagi boshqa musobaqalar.

Tanlovda ishtirok etgan OAV vakilining variantlaridan kelib chiqib, futbolchi va murabbiylarga quyidagicha ballar beriladi: 1-o'rin – 5 ball; 2-o'rin – 4 ball; 3-o'rin – 3 ball; 4-o'rin – 2 ball; 5-o'rin – 1 ball.

OAVdan kelib tushgan variantlar O'zPFL matbuot xizmati tomonidan hisob-kitob qilinadi va uning yakuniy natijalari O'zPFL rasmiy sayti (www.pfl.uz)da elon qilinadi. Eng ko'p ovoz to'plagan futbolchi (murabbiy) O'zbekiston chempionatida oyning eng yaxshi futbolchisi (murabbiyi) deb topiladi.

Mart-noyabr oylarida o'tkaziladigan Oyning eng yaxshi futbolchisi va murabbiyi tanlovilarining natijalari umumlashtirib chiqiladi va natijalardan kelib chiqib, O'zPFLning 2013 yildagi eng yaxshi futbolchisi va murabbiyi nomi aniqlanadi.

Malumot uchun, ushbu tadbir tijoriy loyiha bo'lib, unga homiylik qilish istagida bo'lgan tashkilotlar hamkorlikka taklif qilinadi.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика