So’nggi yangiliklar

01:50Дерби олдидан "Манчестер Сити"нинг 4 футболчиси сафга қайтди  2 01:08Жанлуижжи Доннарумма: "Пеп мени жамоасида кўришни истаётганини айтди. Бу мени ғурурлантирди"  1 00:46Расман: Онана - "Трабзонспор" дарвозабони!  18 00:15"Вест Хэм" дербидан олдин мухлисларга тақиқ қўйди  0 23:44Доннарумма "Манчестер Сити"да қайси рақамда ўйнайди?  1 23:29"Реал" "Ливерпуль" марказий ҳимоячисини текинга қўлга киритмоқчи  0 22:57"Атлетик" "Ал Насср" футболчисини рўйхатдан ўтказди  0 22:32УЕФА 2026/27 мавсумидаги еврокубоклар финаллари ўтадиган стадионларни эълон қилди  2 22:16Отабек Нарзуллаев: "Бу мавсум давомидаги энг муҳим учрашувлардан бири бўлди"  0 21:45Элдор Мойлиев: "Футболда ютган жамоага юқори баҳо қўйилади"  2 21:18"Бунёдкор" стадионини ўз ҳолатига қайтариш ишлари бошланди  22 20:49Рональдиньонинг ўғли Чемпионшип жамоасида ўйнайди  6 20:22Суперлига. "Машъал" Ғузорда "Шўртан"дан устун келди  7 19:53Виктор Гёкереш – Португалия чемпионатида мавсумнинг энг яхши футболчиси  0 19:24"Арсенал" икки етакчиси билан шартномани узайтирмоқчи  3

"CHelsi"dan ketishi mumkin bo'lgan 3 futbolchi Yangiliklar

"CHelsi"dan ketishi mumkin bo'lgan 3 futbolchi

Teglar :  CHelsi
Bu futbolchilar yangi bosh murabbiy uchun kerak emas.

Sarri qo'l ostida "CHelsi" Premer-ligada ajoyib ravishda start oldi. Safarda "Xaddersfild" yirik 3:0 hisobida mag'lub etilgan bo'lsa, keyinchalik jamoa o'z maydonida "Arsenal"ni dog'da qoldirdi. Jamoa raqibdan mahorat bobida ham, o'yin sifatida ham anchagina ustun edi.

Italiyalik mutaxassis ikki uchrashuvga ham bir xil asosiy tarkibni tanladi.

Barchasi yaxshidek, "CHelsi"ning o'yin uslubi yaxshi. Biroq quyidagi uch futbolchi uchun emas, ular yaqin orada faoliyatini boshqa jamoalarda davom ettirishlari ham mumkin.

DENNI DRINKUOTER

Sarri jamoaga 4-3-3 taktik sxemasini olib kirdi. Mauricio APLdagi dastlabki ikki uchrashuvida Ngolo Kante – Jorjino – Ross Barkli triosini maydonga tushirdi. Endi Denni uchun qiyin damlar boshlanadi. APLning sobiq chempioni hatto Konte qo'l ostida ham asosiy tarkibga kira olmadi. Ko'pchilik "Stemford Brij"da Drinkouter-Kante juftligini kutgandi. Ammo Denni umidlarni oqlamadi.

"CHelsi" "Real"dan Mateo Kovachichni ijaraga olganidan keyin Sarri Denniga imkoniyat bermasligini tushuntirgandek. Endi londonliklar ijara muddati tugaganidan keyin xorvatiyalikni to'liqligicha sotib oladi. Britaniya matbuoti har kuni Drinkuoterning jamoadan ketishini takidlamoqda.

VIKTOR MOZES

"CHelsi"ning asosiy tarkibiga qayta olmayotgan yana bir futbolchi. O'tgan mavsumda u "CHelsi"ning asosiy futbolchilaridan biri bo'lgandi. Biroq Sarri bir necha o'zgarishlarga qo'l urdi. U markazga David Luisni qaytardi va Sesar Aspilikueta o'ziga noqulay nuqtada o'ynayverishiga nuqta qo'ydi. Ispaniyalik o'ng qanotga o'tdi: endi "CHelsi" himoyasi yana 4 kishidan tashkil topadi. Mozesda esa himoyaviy aspektlari unchalik yaxshi emas. U endi o'ziga yangi jamoa izlasa ham bo'ladi.

Sarri o'z g'oyalaridan chekinmaydi va Aspilikuetani asosiy tarkibga qo'yishda davom etadi. Biroq uning o'rniga Viktorni maydonga tashlashi mumkinmi? Juda bahsli holat.

GARI KEXILL

Uni jamoaning "qariya"si desa ham bo'ladi. Gari faoliyatidagi kichik pasayish davrini o'tkazmoqda. Ikki mavsum oldin u "CHelsi" va Angliya termasi tarkibida o'zgartirilmas futbolchilardan biri edi. Solishtirish uchun:

2016/17 mavsum – APLda 37 uchrashuv
2017/18 mavsum – APLda 27 uchrashuv
Sarri qo'l ostida - ?

Gari London jamoasida qolishi ham so'roq ostida. Biroq Sarri o'zi uchun asosiy tarkibda tushadigan markaziy himoyachilarni aniqlab olgan: Ryudiger-Luis. SHuningdek, yosh va g'ayratli Kristensen ham bor. Kexill uzog'i bilan zaxiradan maydonga tushishi mumkin.

Reyting: +9   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика