"Chelsi" Simons bilan muzokaralarda oldinga siljidi
24 iyu 12:46
Yangiliklar


"Chelsi" Simons bilan muzokaralarda oldinga siljidi
Insayder Fabricio Romanoning so'zlariga ko'ra, "Chelsi" Xavi Simons bilan shaxsiy shartnoma borasida faol muzokaralar olib bormoqda.
Futbolchi bu harakatdan manfaatdor va "Chelsi" bosh murabbiyi Enco Mareska qurgan klub loyihasi unga manzur kelmoqda. "Leypcig" yarim himoyachisiga "Arsenal" va "Bavariya" ham qiziqish bildirmoqda, biroq "aristokratlar" o'z raqobatchilaridan o'zib ketishga harakat qilmoqda.
Shu bilan birga, London klubi tarkibda joy bo'shatishi kerak. Feliks, Nkunku, Sterling va Jekson ketadiganlar orasida bo'lishi kutilmoqda. Shuningdek, "Leypcig" "ko'klar" yarim himoyachisi Karni Chukvuemekani ham kuzatib bormoqda.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar