“CHelsi” “Paredes uchun endi 35 mln evro taklif qildi
15 jan 2019 09:02
Yangiliklar


“CHelsi” “Paredes uchun endi 35 mln evro taklif qildi
Sankt-Peterburgning “Zenit” klubi yarim himoyachisi Leandro Paredes Londonga ko'chib o'tishi mumkin.
“CHelsi” futbolchining xizmatlariga jiddiy qiziqib qolgan. Avvalroq “Aristokratlar” Paredes bo'yicha “Zenit”ga 30 mln evrolik taklif yuborgan. Ammo “Zenit” futbolchi kamida 40 mln evro ishlab olmoqchi. Qayd etilishicha, taklif 35 mln evroga ko'tarilgan.
Leandroning o'zi ham Rossiyani tark etish xohlamoqda. Futbolchi Londonga keladigan bo'lsa, “CHelsi” bilan 2023 yilgacha mo'ljallangan shartnoma imzolaydi. Uning maoshi esa 4,5 mln evroga teng bo'ladi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar