“CHelsi” Langle uchun kurashga qo'shildi
08 iyu 2018 08:05
Yangiliklar
“Barselona” va “Manchester Yunayted” qiziqayotgan “Sevilya”ning franciyalik 22 yoshli himoyachisi Kleman Langle Londonning “CHelsi” jamoasi qiziqishiga sabab bo'ldi.
“CHelsi” direktori Marina Granovskaya himoyachining vakillari bilan muzokara olib borgan. Biroz muqaddam Langle jamoasi bilan shartnomasini uzaytirishdan bosh tortgan edi. Futbolchining tovon puli 35 mln evroni tashkil etadi.
Fikrlar