"CHelsi" Koluillni "Brayton"ga sotmadi. Pochettino himoyachiga ishonch bildirmoqchi
03 iyu 2023 15:36
Yangiliklar
"CHelsi" Koluillni "Brayton"ga sotmadi. Pochettino himoyachiga ishonch bildirmoqchi
"Brayton" "CHelsi" markaziy himoyachi Levi Koluillni sotib olishga urinmoqda.
20 yoshli angliyalik futbolchi uchun "chaykalar" 30 million funt taklif qilishgan, ammo "ko'klar" rad javobini berishgan.
"CHelsi" yangi bosh murabbiyi Maurisio Pochettino kelasi mavsum Koluillga umid bog'lamoqda.
Himoyachi o'tgan mavsumni ijara asosida "Brayton"da o'tkazdi. Agar londonliklar taklifni qabul qilishsa, Koluill Joau Pedro bilan birga "chaykalar" tarixidagi eng qimmat transferga aylanardi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Суперлига. Чемпионлик учун курашаётган "Насаф" ўз майдонида "Машъал"га мағлуб бўлди
ЖЧ U-17. Ўзбекистон Ирландияга имкониятни бой берди
Эшитдик-да! Кападзе Ўзбекистон терма жамоасидан кетди
Ла Лига. "Реал" меҳмонда "Райо Вальекано"ни мағлуб эта олмади
Fikrlar