"CHelsi" bu yil SHimoliy Amerika va Osiyodagi tijoriy turnirlarda ishtirok etmaydi
14 mar 2014 20:48
Yangiliklar


"CHelsi" bu yil SHimoliy Amerika va Osiyodagi tijoriy turnirlarda ishtirok etmaydi
"CHelsi" raxbariyatining qaroriga ko'ra jamoa Osiyo va SHimoliy Amerikadagi tijoriy turnirlarga bormaydigan bo'ldi.
Ushbu musobaqalar jamoa uchun yaxshigina daromad manbai xisoblanadi. Lekin jaxon chempionatidagi ishtirokdan so'ng ko'pgina futbolchilarga dam berishga qaror qilgan klub rahbariyati turnir tashkilotchilariga rad javobini berdi. “CHelsi” bu mavsum faqatgina Evropadagi ko'rgazmali baxslar bilan kifoyalanadi.
O'tgan yili “CHelsi” SHimoliy Amerika va Osiyodagi tijoriy turnirlarda ettita o'yinda maydonga tushgan. Ushbu baxslarning barchasida ishtirok etish uchun londonlik futbolchilar samolyotda 30 000 km masofani bosib o'tishgan edi.
Fikrlar