"Chelsi" APLdan himoyachi sotib olish uchun 50 mln funt to'lashga va o'z futbolchisini berishga tayyor
13 apr 13:24
Yangiliklar
"Chelsi" APLdan himoyachi sotib olish uchun 50 mln funt to'lashga va o'z futbolchisini berishga tayyor
"Chelsi" kelasi yozda "Kristal Pelas"ning 24 yoshli markaziy himoyachisi Mark Gexiga taklif bilan chiqmoqchi.
"Ko'klar" Angliya terma jamoasi futbolchisi uchun 50 mln funt (57,5 mln evro) to'lashga, shuningdek o'z futbolchilaridan birini transferga qo'shishga tayyor. O'z navbatida, "burgutlar" Gexaning sotuvidan 70 mln funt (80,5 mln evro) ishlab olmoqchi va bungacha "Kristal Pelas"da ijara asosida harakat qilgan Trevo Chalobaning xizmatlariga qiziqish bildirmoqda.
Gexi joriy mavsum barcha musobaqalarda 37 ta o'yinda maydonga tushib, 3 ta gol va 2 ta assistni o'z hisobiga yozdirib qo'ydi. Futbolchining klub bilan amaldagi mehnat shartnomasi 2026 yilning yoziga qadar mo'ljallangan. Transfermarkt portalida keltirilgan malumotlarga ko'ra, futbolchining bozor narxi 45 mln evroni tashkil etadi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Аргентина ЖЧ-2026дан четлатилиши мумкин
Ла Лига. Рафиньянинг дубли "Барселона"га "Осасуна" устидан ғалабани тақдим этди
Эрлинг Ҳоланд Криштиану Роналдуни қувиб ўтиб, АПЛ рекордини янгилади
Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди
Fikrlar