So’nggi yangiliklar

23:04Илёс Зейтуллаев: "Бундай ўйинлар кўпроқ дарс беради"  1 22:45Суперлига. ОКМК — “Бунёдкор” 5:1  0 22:19Саудия Арабистонида марказий ўйин: "Ал Аҳли" - "Ал Ҳилол" баҳси асосий таркиблари маълум!  1 22:14"Барселона" ПСЖ билан ўйинни қайси стадионда ўтказиши маълум  1 21:55Элдор Мойлиев: "Барчамизнинг мақсадимиз битта: "Шўртан"ни Суперлигада олиб қолиш"  5 21:35Камолиддин Тожиев: "Шўртан" 10 киши бўлиб ҳимоялангани бизга қийинчилик туғдирди"  15 21:23Сардор Мирзаев 861 кундан кейин катта футболга қайтди  0 20:52Суперлига. "Пахтакор" сўнгги ўриндаги "Шўртан" майдонида очко йўқотди  62 20:28Суперлига. ОКМК ўз майдонида "Бунёдкор"ни янчиб ташлади  9 19:49Арне Слот: "Одамлар Вирц атиги 22 ёшда эканлигини унутиб қўймоқда"  2 19:20Рональд Араухо: "Умид қиламанки, Рэшфорд гол уришда давом этади"  1 18:49Кутганмидингиз? Рэшфорд – ЕЧЛда ҳафта футболчиси!  21 18:34Эктор Купер Месси билан боғлиқ қизиқ воқеани ёдга олди  19 17:53Энтони Гордон: "Ньюкасл" "Барселона"га қарши ўйини билан фахрланиши мумкин"  3 17:19Флик: "Бу икки гол Рэшфордга олдинга қадам ташлашга ёрдам беради"  4

“CHarm to'p-2020” musobaqasining Toshkent shahar g'olib jamoasi malum bo'ldi Yangiliklar

“CHarm to'p-2020” musobaqasining Toshkent shahar g'olib jamoasi malum bo'ldi

Teglar :  CHarm to'p
“CHarm to'p-2020” musobaqasining Toshkent shahrida o'tkazilgan bahslari g'olibi aniq bo'ldi.

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 4 dekabrdagi “O'zbekistonda futbolni mutlaqo yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlarlari to'g'risida”gi PF–5887-sonli Farmoni hamda O'zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, O'zbekiston Futbol associaciyasi hamda O'zbekiston Respublikasi Mahalla va oilani qo'llab-quvvatlash vazirligining qo'shma qarori ijrosini taminlash maqsadida Toshkent shahar Jismoniy tarbiya va sport boshqarmasi tomonidan mahalla yoshlari o'rtasida “CHarm to'p” futbol musobaqasining Toshkent shahar final bosqichi o'tkazildi.

Mazkur musobaqaning final uchrashuvi Mirobod tumanida joylashgan Sport o'yinlari va engil atletika bo'yicha ixtisoslashtirilgan bolalar-o'smirlar sport maktabi maydonida bo'lib o'tdi.

Ananaviy tarzda o'tkazib kelinayotgan “CHarm to'p” futbol musobaqasining Toshkent shahar g'olib jamoasi ham aniqlandi.

Final uchrashuvida poytaxtning Mirobod tumani yoshlari Yunusobod tumanining yosh mahalla futbolchilariga qarshi o'zaro maydonda to'p surdilar.

Asosiy vaqt mobaynida har ikkala jamoaning darvozalari ishg'ol etilmagach, g'olibni aniqlash futbol lotereyasi yani penaltilar seriyasiga qoldi. Penaltilar natijasiga ko'ra Mirobod tumani yoshlari yunusobodlik yoshlar ustidan 5:4 hisobida g'oliblikni qo'lga kiritdi.

SHu tariqa Mirobod tumanining mahalla yoshlari joriy yilning noyabr oyida o'tkaziladigan “CHarm to'p” futbol musobaqasining Respublika bosqichida poytaxt sharafini himoya qilish imkoniyatini qo'lga kiritdi.

Musobaqa so'ngida g'olib va sovrindor bo'lgan jamoalar Toshkent shahar jismoniy tarbiya va sport boshqarmasi tomonidan diplom, medal hamda kubok bilan taqdirlandi.

O'zMU talabasi Achildieva Umida tayyorladi

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика