So’nggi yangiliklar

17:15Суперлига. "Хоразм" — "Сўғдиёна" 0:0 (матнли трансляция)  2 17:05"Милан" Левандовски билан шартнома имзоламоқчи  0 17:00Суперлига. "Қизилқум" ўз майдонида "Андижон"ни мағлуб этди  16 16:05"Капаз" — "Сабаҳ". Таркиблар маълум  0 15:54Про лига. "Локомотив" Суперлигага қайтди, "Арал" плей-оффда ўйнайди  7 15:23"Қўқон-1912" - "Пахтакор" ўйинида 33 йиллик натижа такрорланди  0 14:43Ирландия U-17 бош мураббийи: "Ўзбекистон Япония ва Жанубий Корея сингари ривожланиб бораётган кучли жамоа ҳисобланади"  0 14:28U-17 ЖЧ. Ўзбекистоннинг Ирландияга мағлубиятган учраган ўйинидан ФОТОГАЛЕРЕЯ  0 13:05"Машъал" 17 йилдан кейин Қаршида "Насаф"дан 3 очко тортиб олди  13 12:43"Динамо" 11 йилдан сўнг Тошкентда "Бунёдкор"ни мағлуб этди  1 12:15"Челси" "Ювентус" ҳужумчисини нишонга олди  2 12:07Ратиньо кейинги мавсум учун режаси ва йил давомида энг ноқулай бўлган футболчи кимлигини айтди  3 11:50"Пахтакор" "Қўқон-1912"ни мағлуб эта олмаган учрашувдан ФОТОГАЛEРEЯ  3 11:28Эшитдик-да! Кападзе Ўзбекистон терма жамоасидан кетди  85 11:05"Насаф" катта устунликка эга бўлиб, "Машъал"га мағлуб бўлган учрашувдан ФОТОГАЛEРEЯ  3

Championat.Asia va Transfermarkt Superliganing mart oyidagi eng yaxshilarini aniqlashdi Yangiliklar

Championat.Asia va Transfermarkt Superliganing mart oyidagi eng yaxshilarini aniqlashdi

Teglar :  Transfermarkt.de
Championat.Asia va dunyoga mashhur bo'lgan Transfermarkt portalining o'zaro hamkorligi bu yil ham davom etadi.

Ushbu hamkorlik doirasida ikki sayt birgalikda har oy Superliganing eng yaxshi murabbiy va eng yaxshi futbolchisini aniqlab kelmoqda.

Ovoz berish jarayonida Championat.Asia sayti jurnalistlari hamda Transfermarkt portalining rus bo'limi xodimlari ishtirok etishdi, taklif etilgan ekspert sifatida futbol sharhlovchisi Otabek Jo'raev qatnashdi.

Ovoz berish natijasiga ko'ra mart oyining eng yaxshi murabbiyi deb Vitaliy Levchenko tan olindi. Uning qo'l ostida "Neftchi" dastlabki 3ta turning barchasida g'olib bo'ldi (g'alabalardan biri amaldagi chempion "Paxtakor" ustidan). 9 ochko bilan jamoa musobaqa jadvalining eng yuqorisida bormoqda. Levchenkoga 23 ovoz beruvchidan 19 nafari ovoz berdi (82%).

Bahor faslining ilk oyida Husniddin Aliqulov eng yaxshi futbolchiga aylandi. "Nasaf" himoyachisi nafaqat himoyada, balki hujumda ham o'zini ko'rsatdi: u ikkita o'yinda jamoasiga g'alaba keltirgan gol muallifiga aylandi! Aynan Aliqulovning xizmatlari evaziga "Nasaf" ayni paytda peshqadamdan 3 ochko kam jamg'argan. Unga jurnalistlarning 56% ovoz berdi, "Navbahor" hujumchisi Temurxo'ja Abduholiqov va "Paxtakor" himoyachisi Farruh Sayfiev esa 17% ovozdan olishdi.


Reyting: +7   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика