So’nggi yangiliklar

02:50ЖЧ-2026 саралаши. Хорватия жаҳон чемпионатида, Германиядан ғалаба ва бошқа натижалар  0 01:55U-17 Жаҳон чемпионатида 1/8 финалга чиққан илк иштирокчилар маълум бўлди  1 01:33Одил Ҳамробеков: "Эрон термасидаги жамоадошларим финалга чиққанимиз билан табриклашди"  1 01:15Рустам Ашурматов: "Фабио Каннаваро ўзи билганларини ўргатиб, барчасини бирдек олиб бормоқда"  2 01:00Абдулла Абдуллаев: "Ҳақли равишда ғалаба қозондик"  0 00:51Отабек Шукуров: "Йиғин бошлангандан кейин 4 кун мобайнида мураббийлар Мисрнинг қандай ўйнашини уқтириб борди"  3 00:23Элдор Шомуродов: "Замонавий футболда барчасига тайёр туриш керак"  7 00:10Фабио Каннаваро: "Жаҳон чемпионатига чиққандан кейин стратегия тузилган ва биз буни бажариш учун қўлимиздан келганини қиламиз"  13 23:54Мбаппе рекорд ўрнатди  2 23:10Al Ain Cup. Ўзбекистон – Миср 2:0  20 23:01Миср 8 ой деганда илк марта ютқазди  20 22:53Al Ain Cup. Остон Ўрунов порлаган оқшомда Ўзбекистон Мисрни мағлуб этди, финалда яна Эрон билан ўйнаймиз  466 22:23"Барселона" "Челси" билан бир ҳимоячи учун курашади  0 22:09Остон Ўрунов миллий термадаги 9 ва 10-голларини урди  6 21:54"Манчестер Сити"га "Борнмут" футболчиси керак  2

⚡️Championat.asia 2023 yilgi Superliganing eng yaxshilarini aniqladi Yangiliklar

⚡️Championat.asia 2023 yilgi Superliganing eng yaxshilarini aniqladi

Saytimiz xodimlari yakuniga etgan Coca Cola Superliganing eng yaxshilarini aniqlashdi.

Eng yaxshi darvozabon: Artyom Potapov ("Surxon")
Joriy mavsum "Surxon" safida Superligada debyut qilgan rossiyalik darvozabon futbol jamoatchiligida yaxshi taassurot qoldirdi. Tajribali kiper termizliklar tarkibida 24ta o'yinda maydonga tushdi va o'z darvozasidan 21ta to'p olib chiqdi. 12ta uchrashuvda darvozasining dahlsizligini saqlab qoldi. Yil so'nggida "Surxon" Potapov bilan bejizga shartnomani uzaytirgani yo'q.




Eng yaxshi himoyachi: Umar Eshmurodov ("Nasaf")
"Nasaf"ning bir necha yillik sardori, mudofaa chizig'ining qalqoni Umar Eshmurodov saytimiz tomonidan "Eng yaxshi himoyachi", deb topildi. U joriy mavsumda ham barqaror o'yin ko'rsatdi va klub bilan birga terma jamoaning ham asosiy futbolchisiga aylandi. Eshmurodov "Nasaf" libosida 22ta o'yinda maydonga tushdi va 2ta golli uzatmani amalga oshirdi.




Eng yaxshi yarim himoyachi: Oston O'runov ("Navbahor")
Oston O'runov uchun tom manoda bu yil eng yaxshi mavsum bo'ldi, deya olamiz. "Navbahor"ning asosiy figurasiga aylangan yarim himoyachi Iskanderov bilan birga yaxshi tandem bo'la oldi. O'runov Superligada 25ta o'yinda maydonga tushdi va 9ta gol, 2ta assistni qayd etdi. Oston nafaqat Superligada balki OCHL va terma jamoada ham o'zini ko'rsatdi.




Eng yaxshi hujumchi: Rubin Xebay ("Andijon")
Superliganing legionerlari orasida haqiqiy kashfiyot Rubin Xebay bo'ldi. Mavsum boshida "Andijon"da paydo bo'lgan albaniyalik hujumchi 24ta o'yinda 12ta gol urdi va to'purarlar poygasida CHerandan keyingi o'rinni egalladi. Bundan tashqari jamoadoshlarining 3ta goliga assistentlik ham qildi.




To'purar: Dragan CHeran ("Paxtakor")
Superliganing "tutqich bermas" to'purari Dragan CHeran bu yil ham "oltin butsa"ni hech kimga berishni istamadi. CHeran 13ta gol bilan chempionat to'purari bo'ldi va O'zbekistonda ketma-ket besh yil bunga erishgan ilk futbolchiga aylandi.




Eng yaxshi yosh futbolchi: Asilbek Jumaev ("Surxon")
"Surxon" tarkibida bu yil bir nechta yosh futbolchilar porlab chiqdi. 2005 yilda tug'ilgan Asilbek Jumaev ham shular jumlasidandir. Iqtidorli yosh futbolchi mavsum avvalida "Surxon"ning U-21 jamoasi azosi edi. Jumaev Superligada 23ta o'yinda qatnashdi va 2ta gol, 2ta assist qayd etdi.




Eng yaxshi murabbiy: Vitaliy Levchenko ("Neftchi")
Sovrindorlar safiga kira olmagan bo'lsada, Vitaliy Levchenko shakllantirgan "Neftchi" ko'pchilikka manzur keldi. Farg'ona jamoasi bu yil chempionlik yo'lida raqiblariga jiddiy qarshilik tug'dira oldi. Amaldagi chempion "Paxtakor"ni ikki bor taslim qilindi. Klub 8 yildan so'ng kuchli beshlikka qaytdi. Levchenko boshchiligidagi "Neftchi" bu mavsum Superligada eng kam mag'lub bo'lgan jamoa bo'ldi. Ushbu mutaxassis "Neftchi" bilan 26ta o'yinda 11ta g'alaba, 12ta durang va 3ta mag'lubiyat qayd etdi.




Eng yaxshi futbolchi: Hojiakbar Alijonov ("Paxtakor")

Xojiakbar Alijonov o'z poziciyasida "Paxtakor"ning almashtirib bo'lmas futbolchisiga aylanib bo'ldi. "SHerlar" tarkibida u yaqqol ajralib turdi, hujumlarni keskin olishida muhim rol o'ynadi. Alijonov Superligada 24ta o'yinda maydonga tushdi va 2ta gol urdi, 8ta golga hammualliflik qildi.



Reyting: +6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика