So’nggi yangiliklar

01:00Аргентина термасининг октябрь ойидаги ўртоқлик ўйинлари учун қайдномаси эълон қилинди  0 00:36Англияда рекорд ўрнатган мураббий МЮни текинга бошқаришга тайёр  1 00:17Франческо Тотти: "Фақатгина "Рома" бунга қодир бўлса керак"  1 23:48Никки Батт: "Манчестер Юнайтед"даги ҳолатни Пеп ва Клопп ҳам ўнглай олмайди"  2 23:26ЛаЛиганинг сентябрь ойидаги энг яхши футболчиси эълон қилинди  1 23:05Суперлига. "Хоразм" – "Навбаҳор" 1:1  0 22:53Миржалол Қосимов: "Бугун тўп билан муомала қила олмадик"  1 22:26Баҳром Ҳайдаров: "ОКМКдек жамоани ютиш биз учун катта шараф"  1 22:15U-21 биринчилиги. 23-турда пешқадам ўзгарди, "Бунёдкор"дан 6:1 ва бошқа натижалар  1 21:47Шерзод Жўраев: "Ҳозир кўпроқ футболчиларни руҳан тиклаш устида иш олиб боряпмиз"  5 21:24Ҳаким Фузайлов: "Шогирдларимга охиригача курашишгани учун раҳмат айтаман"  4 21:08Суперлига. ОКМК ўз уйида "Қўқон-1912"га мағлуб бўлди  23 20:53"Ливерпул"нинг ёз учун асосий мақсади аниқ  3 20:22Ўзбекистон U-20 термасининг Қозоғистонга қарши ўйинлар учун қайдномаси маълум қилинди  5 19:49Ламин Ямаль 2-3 ҳафтага сафдан чиқди  12

Ceytlin boshqargan o'yinlarda "Nasaf" o'tgan yil faqat yutgan Yangiliklar

Ceytlin boshqargan o'yinlarda "Nasaf" o'tgan yil faqat yutgan

Bugun oliy ligada 6-tur o'yinlari davom ettiriladi. Odatdagidek, hakamlarning o'tgan yilgi statistikasiga to'xtalamiz.
24 aprel (yakshanba)
QO'QON-1912 - QIZILQUM
Hakamlar:
T. To'xtasinov (Andijon), A. Marajabov (Andijon), Z. Abdurahmonov (Andijon), D. Akmalov (Toshkent)
Nazoratchi: A. Popov (Toshkent).
O'zPFL vakili: V. Letkin.

"Qo'qon-1912" - "Qizilqum" uchrashuvini andijonlik Temur To'xtasinov boshqaradi. Bu hakam 2015 yil mazkur juftlikdagi jamoalarning jami uchta o'yinini boshqargan. Qizig'i, har uchchala bellashuv ham 2:1 hisobida yakunlangan. Yani, ikki o'yinda mezbonlar 2:1 hisobida, bir bellashuvda mehmonlar 1:2 hisobida g'alaba nashidasini surgan.

2015 yil. "Qo'qon-1912" jamoasi ishtirokidagi uchrashuvlar
SO'G'DIYONA - QO'QON-1912 - 2:1
QO'QON-1912 - METALLURG - 2:1

"Qizilqum" jamoasi ishtirokidagi uchrashuv

 BUXORO - QIZILQUM - 1:2

BUXORO - NASAF
Hakamlar:
V. Ceytlin (Toshkent), A. Usmonov (Toshkent), A. Sidorov (Toshkent), I. Ibragimov (Nukus)
Nazoratchi: F. Abdullaev (Toshkent).
O'zPFL vakili: A. Frolov.

Turning markaziy o'yinlaridan biri Buxoroda bo'lib o'tadi. Tajribali hakam Vladislav Ceytlin boshqarib boradigan bellashuv qiziqarli kechishiga shubha yo'q. Ahamiyatlisi, "Buxoro" 2015 yil Ceytlin boshqargan o'yinda o'z uyida "Metallurg"ga imkoniyatni boy bergan - 0:3. "Nasaf" esa, aksincha, 4ta bahsning barchasida g'alaba nashidasini surgan.

2015 yil. "Buxoro" jamoasi ishtirokidagi uchrashuv
BUXORO - METALLURG - 0:3

"Nasaf" jamoasi ishtirokidagi uchrashuvlar

NASAF - LOKOMOTIV - 2:1
NASAF - MASH'AL - 3:0
QO'QON-1912 - NASAF - 1:3
SO'G'DIYONA - NASAF - 1:2
 
OLMALIQ - NAVBAHOR
Hakamlar:
V. Serazetdinov (Toshkent), M. Saidqosimov (Toshkent), A. Kalinin (Qarshi), K. Rasulov (Qarshi)
Nazoratchi: G'. Karimov (Toshkent).
O'zPFL vakili: SH. Rajabov.

Viktor Serazetdinov hakamlik qiladigan "Olmaliq" - "Navbahor" bahsi ham qiziqarli kechishiga shubha yo'q. Serazetdinov 2015 yil "Olmaliq" uchun omadsiz hakamga aylangan. Igor SHkvirin jamoasi Serazetdinov hakamlik qilgan ikki o'yinni o'z uyida o'tkazib, g'alaba qozona olmagan. "Navbahor" esa, safarda "Paxtakor"ga yutqazgan.

2015 yil. "Olmaliq" jamoasi ishtirokidagi uchrashuvlar
OLMALIQ - LOKOMOTIV - 2:2
OLMALIQ - MASH'AL - 1:3

"Navbahor" jamoasi ishtirokidagi uchrashuv
 PAXTAKOR - NAVBAHOR - 1:0

SHO'RTAN - LOKOMOTIV
Hakamlar:
I. Tantashev (Buxoro), R. Serazetdinov (Toshkent), T. Gaynulin (Toshkent), SH. Rajabov (Buxoro)
Nazoratchi: X. Muxtarov (Samarqand).
O'zPFL vakili: G. Rtveladze.

Omadsizlik qurshoviga tushib qolgan "SHo'rtan" mazkur turda "Lokomotiv" bilan kuch sinashadi. Tantashev boshqaradigan o'yin qaysi jamoaga g'alaba taqdim qilishini uchrashuv yakunlanganidan keyin bilib olamiz. Zero, jamoalar o'tgan yili mazkur hakam boshqargan bellashuvlarda g'alaba qozona olgan.

2015 yil. "SHo'rtan" ishtirokidagi uchrashuv
SHO'RTAN - MASH'AL - 1:0

"Lokomotiv" ishtirokidagi uchrashuvlar
LOKOMOTIV - ANDIJON - 2:0
ANDIJON - LOKOMOTIV - 1:2

Furqatbek Nishonov
Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика