So’nggi yangiliklar

22:20Manchester Evening News журналисти "Ман Сити"нинг Ҳусанов бўйича режаларини хабар қилди  0 21:58Суперлига. "Пахтакор" "Машъал" устидан минимал ғалабага эришди  33 21:55Суперлига. ОКМК Қаршида "Бухоро"дан устун келди   8 21:35Тадич янги клубга ўтди  0 21:05"Бавария" футболчиси Лондон клубига ўтади  1 20:21Ўртоқлик ўйини. Шомуродов ва Файзуллаев ўйинни асосий таркибда бошлади  8 19:53"Ливерпуль" келаси мавсум учун либосларини тақдим этди  6 19:27Сюрприз! Балотелли Испаниянинг 3-дивизион клубига ўтиш арафасида  3 18:34Исак "Ливерпул"га ўтишни истамоқда, "Ньюкасл" эса қарши  3 18:07Гави: "Тер Штеген – клуб афсонаси, уни ҳурмат қилиш керак"  1 17:38"Милан" Влаховични олиш учун ярим ҳимоячисидан воз кечадими?  0 17:10Гонконгга келган Златан Ибрагимович Брюс Ли билан "куч синашди", Гвардиол Хорватия махсус кучлари машғулотида қатнашди, Гвардиола мўйлов қўйди. Футбол юлдузлари ўтган ҳафтани қандай ўтказди?  3 16:50Винисиус Жуниор: "Мен кўп нарсага эришдим, лекин орзуларим ҳали тугамаган"  6 16:22"Наполи" "Ювентус" ярим ҳимоячисини сафига қўшиб олмоқчи  0 15:58Суперлига. 16-тур дисквалификациялари: "Нефтчи", "Пахтакор" ва "Андижон"да йўқотишлар бор  3

“Cementchi”ga yangi futbolchilar kelib qo'shilishda davom etmoqda Yangiliklar

“Cementchi”ga yangi futbolchilar kelib qo'shilishda davom etmoqda

“Cementchi” yangi mavsumga jiddiy tayorgarlik olib bormoqda.
Jamoamizni mavsum avvalidan tark etgan futbolchilardan Jamshid Qobulov va Bahodir Qodirovlar “Neftchi”ning yoshlar jamoasiga, Azim Samijonov “Roshidon” jamoasiga, Sardor Suyunov “Istiqlol” jamoasiga borib qo'shilgan bo'lsalar, jamoaning eng yaxshi yarim ximoyachilaridan biri bo'lgan Sunnatillo Ermatov Oliy liga vakili “Obod” jamoasi bilan uch yillik shartnoma imzoladi. Jamoamizning yana bir yosh yarim ximoyachisi Abdulla Abdullaev Evropa futbol akademiyalaridan birida o'zini sinab ko'rish maqsadida jamoani tark etdi.  Murabbiylarimiz ketgan futbolchilarni o'rnini qoplash va barcha chiziqlarini kuchaytirish maqsadida jamoani tajribali va kuchli futbolchilar bilan to'ldirishda davom etmoqda.  Yig'inning dastlabki kunidayoq jamoamizga Quvasoylik muxlislar uchun qadrli bo'lgan “Qizilqum” jamoasidan hujumchi Elyor Akbarov va “Obod” jamoasidan “Cementchi” uchun begona bo'lmagan tezkor yarim ximoyachi Umidjon Matmusaevlar kelib qo'shilgan bo'lsa, yig'in davomida mashg'ulotlarga “Olmaliq” jamoasidan himoyachi Amirxon Ibragimov, “Uzdongju” jamoasidan tajribali himoyachi Asror Rahmonov, yarim himoyachi Fehruz Saloxidinov va hujumchi Islom Karimovlar kelib qo'shilishdi.

Kecha Farg'onada o'tkazilgan “Cementchi-2”ga qarshi o'rtoqlik uchrashuvida jamoaga yangi qo'shilgan ushbu futbolchilarning barchasi maydonga tushirildi. Aytish mumkinki, ushbu futbolchilar ko'pchilikda iliq tassurot qoldirishdi.
Murabbiylar ushbu futbolchilardan tashqari 1998 yilda tavallud topgan yana bir nechta yoshlarni ham nazoratdan o'tkazmoqda.

“Cementchi” jamoasi matbuot kotibi Zuhriddin Abdullajonov
Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика