So’nggi yangiliklar

09:52Валижон Раҳимов: "Нима учун ўзимни кўрсата олмаганимни ҳалигача тушуниб етмадим"  0 09:15"Реал" ўзининг энг қиммат футболчиларидан бири билан хайрлашишга тайёр  1 08:51"Нефтчи"даги саҳифам ёпилди, кетиш икки томон учун ҳам фойдали бўларди" — Тома Табатадзе билан интервью  3 08:20МЛС. "Интер Майами" мағлубиятга учради, Мессининг голли серияси якунланди  2 08:00Неймарнинг голи "Сантос"га ғалаба келтирди, "Фламенго"нинг ғалабали серияси тўхтади  0 07:30"Нефтчи" мураббийи клубни тарк этди   2 01:00Сречко Катанец 62 ёшда! У ҳақида 20 та қизиқарли факт  13 00:53"Истанбул Башакшеҳир" назорат учрашувида "Рейхенау" клубини мағлубиятга учратди. Шомуродов норасмий дебют қилди  9 00:19МЮ ёзда биронта ҳам ўйинчи сотмай, трансферлардан 24 млн евро ишлаб олди  2 23:45Беллингем елкасини операция қилдирди."Реал" ярим ҳимоячиси қанча муддатга сафдан чиққани маълум  3 23:23Расман: "Атлетико" 30 млн евролик трансферни амалга оширди  0 22:59Де Паул ҳам Мессининг ёнига боради. "Атлетико" ва "Интер Майами" келишиб олишди  2 22:35"Ливерпуль" Экитике бўйича "Айнтрахт" билан музокарага киришди  1 22:11Йоахим Левга яқин манба Ўзбекистон билан музокаралар бўлаётганини тасдиқлади, мураббийга маслаҳатчи лавозими таклиф қилинган – Sport24  88 21:50Расман: Ламин Ямал янги мавсум "Барселона" сафида 10-рақамда ҳаракат қилади  4

“Cementchi” oliy ligada qaysi stadionda o'ynaydi? Yangiliklar

“Cementchi” oliy ligada qaysi stadionda o'ynaydi?

Teglar :  CementchiOliy liga
Bundan oldingi turda “Cementchi” o'z uyida Qarshining “Nasaf-2” jamoasini qabul qilib, raqiblarini yirik, 3:0 hisobida mag'lub etgandi.

Ushbu g'alabadan so'ng, quvasoyliklar muddatidan oldin birinchi liga chempioni bo'lishdi va rasman oliy liga yo'llanmasini qo'lga kiritdi.

Kuni kecha O'zbekiston chempionati birinchi liga bahslari 34-tur uchrashuvlari bo'lib o'tdi. Ushbu turda Farg'ona viloyati Quvasoy shahrining “Cementchi” jamoasi o'z uyida Termizning “Surxon” jamoasini qabul qildi va 2:0 hisobida g'alaba qozondi.

Uchrashuv boshlanishidan avval stadionga tashrif buyurgan muxlislar va futbol mutasaddilari uchun kichik koncert dasturi taqdim etildi. SHundan so'ng, “Cementchi” va “Surxon” jamoalari o'rtasidagi bahsga start berildi.


O'yin asosan maydon markazida kechdi. Mezbonlar raqib darvozasi oldida bir qator xavfli vaziyatlar yaratdi. Ayrimlarida darvozabon bexato harakat qilgan bo'lsa, bazilarida himoyachilar ustalik bilan raqib hujumchilarini to'xtatib qolishdi. Birinchi bo'limning 16 daqiqasida Abdulaziz Yusupov raqib darvozasini ishg'ol qildi. SHu bilan jamoalar tanaffusga yo'l olishdi. Ikkinchi bo'lim o'rtalarida “Cementchi” jamoasida o'zgarish yuz berdi. Maydonda harakat qilgan Otabek Axmadjonov o'rniga Anvar Rahimov tushirildi. Ushbu o'zgarishdan so'ng, oradan ko'p o'tmay Anvar Rahimov raqib darvozasini ishg'ol qildi va jamoasining ikkinchi goliga mualliflik qildi. SHu bilan uchrashuv yakunlandi.


Bahsdan so'ng, kichik tadbir o'tkazildi. Tadbirni ochib berish uchun klub kasaba uyushmasi raisi Nazridinov Abdusamad so'zga chiqdi. Nazridinov Abdusamad avvalam bor “Cementchi”ni oliy ligaga chiqqani va “Surxon”ga qarshi uchrashuvda g'alaba qozongani bilan klub rahbarlarini, futbolchilarini va muxlislarni tabrikladi. SHundan so'ng Quvasoy shahar hokimi va shahar futbol federaciyasi raisi Ziyavutdinov Adxamjon To'xtasinovich davraga chiqdi. Federaciya raisi ham barcha-barchani qzlga kiritilgan ulkan natija bilan barchani muborakbod etdi. Federaciya rahbarining tabrigidan so'ng, Farg'ona viloyati futbol federaciyasi raisi va Vice-prezidenti Xakimjon Fayziev sahnaga chiqdi. Viloyat federaciya raxbarlari jamoaning kelajakdagi faoliyatiga omad tiladi va oliy ligada muvaffaqiyatli ishtirok etishlariga tilak bildirdi.






Ushbu tabriklardan so'ng, klub prezidenti Mo'ysinjon Dadajonovich Mehmonov so'zga chiqdi. Mo'ysinjon Dadajonov jamoani kerakli paytda qo'llab-quvvatlab turgan barcha Quvasoylik muxlislarga katta rahmat aytdi. “Cementchi” kelasi yili oliy ligada munosib raqobatbardosh jamoa bo'lishini bildirib o'tdi. Dadbir davomida futbolchilar jamoa rahbariyati va muxlislar bilan esdalik uchun suratga tushishdi.


“Cementchi” kelasi yili oliy liga bahslarini Farg'ona viloyatidagi muxtasham “Istiqlol” stadionida o'tkazishi mumkin. Barchaning xabari bor, ushbu stadionda “Neftchi” jamoasi uy uchrashuvlarini o'tkazib kelmoqda. Ayni damda birinchi liga turnir jadvalida “Istiqlol” ikkinchi pog'onani band etib turipti. Agrada “Istiqlol” musobaqani mana shu yo'sinda yakunlaydigan bo'lsa, pley-off bosqichida oliy liganing 15 pog'onada yakunlagan jamoa bilan bellashadi. Ushbu uchrashuvda "Istiqlol" g'alaba qozonsa, oliy liga yo'llanmasini qo'lga kiritadi. “Neftchi” oliy ligada jon saqlab qolsa kelasi yili Farg'ona viloyatida oliy ligada ishtirok etadigan 4ta jamoa bo'ladi. Endi savol tug'ilishi mumkin, oliy liga bahslarida “Qo'qon-1912” uy uchrashuvlarini o'z maydonida o'tkazishi aniq, lekin, muxtasham “Istiqlol” stadioni (“Neftchi”, “Cementchi”, “Istiqlol”) kimning uy stadioniga aylanadi? Uy stadionini rekonstrukciya qilib olish uchun “Cementchi”da qisqa vaqt qoldi. Agarda mana shu qisqa vaqt ichida o'z stadionini oliy liga talablariga javob bera oladigan holga keltira olmasa “Cementchi” boshqa stadionda uy uchrashuvlarini o'tkazishga to'g'ri keladi.



Jahongir Sotvoldiev


Reyting: +10   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика