So’nggi yangiliklar

07:55"Ал Аҳли" бош мураббийи: Биринчи бўлимда яхши ўйнашимизга тўсқинлик қилган сабаблар кўп"   2 07:28Sofascore. Аламли тарзда мағлуб бўлган "Насаф" футболчилари неча баҳога лойиқ кўрилди?  4 07:25Элит ОЧЛ. "Ал Аҳли" – "Насаф" 4:2  0 02:42Ҳусайн Норчаев: "Вазият қизил карточкага тортмас эди"  12 02:16Рўзиқул Бердиев: "Дарвозабонимиз олдинга чиқиши хато бўлди, лекин чиққанга яраша тўғри ўйнаши керак эди"  25 01:52Туркия. Алиқулов 90+2 дақиқада жароҳат туфайли алмаштирилди, унинг жамоаси ғалабага эришди  1 01:40Элит ОЧЛ. "Ал Аҳли" суперкамбэк эвазига ўз майдонида "Насаф"ни мағлуб этди  417 00:57"Реал" футболчилари ҳакамлар уларга бошқа етакчиларга нисбатан қаттиққўлроқ муносабатда бўлишаяти, деб ҳисоблашмоқда  3 00:05Куанишбай Оразимбетов: "Иккинчи таймда умуман бошқа "Жайхун"ни кўрдик"  0 23:40ОФК ЭЧЛ. "Ал Иттиҳод" БААда мағлубиятга учради  0 22:22Шавкат Юсупов: "Шу темпда давом этишга ҳаракат қиламиз"  1 21:02ОФК ЭЧЛ. Турнир янги мавсумининг илк баҳсида 7та гол урилди  1 19:59Мессининг карточкаси рекорд даражадаги суммага сотилди  8 19:34Руни: "Тен Ҳаг Аморимга алмаштирилганидан бери МЮнинг аҳволи фақат ёмонлашди"  11 19:06"Қайрат" "Реал"га қарши ўйин чипталари қачондан сотувга чиқишини маълум қилди  9

"CA"ning davri keldi! Yangiliklar

"CA"ning davri keldi!

"CA" qish faslini yomon ko'radi, qor yoqqanligi uchun emas, o'zbek futboli tanaffusga chiqqanligi uchun.
Asosan o'zbek futbolining targ'iboti uchun ixtisoslashtirilgan saytimizning davri keldi. Bugun oliy ligamiz start oladi, ko'p o'tmay 1-liga o'yinlari. Kuni kecha saytimiz binosida kichik yig'ilish bo'ldi va unda yangi mavsum rejalari va ishlari bo'linib olindi. Unga ko'ra, SHahboz Beg'amov Qashqadaryo uchun "javob" beradi. Tolibjon Qosimov esa Toshkentga. Humoyun Dovurov Samarqand va Bekobod. Xayrullo Xoliqovdan eksklyuziv maqolalar, Behzod Nazarovdan ham. Vodiy to'liqligicha Islombek Rustambekov, Komiljon Ikromov va SHuhratbek Jo'raevlar qo'lida. Ulardan o'quvchilarning umidlari katta. Jizzax tomonda hamkorimiz Umid Raimjonov bor. "Olmaliq"ning yangi stadioniga birinchisiga o'zimiz boramiz va u erdan ajoyib videokadrlarni saytimizda ko'rasiz. Yangi stadion ochiladi. Xuddi shunday niyatda 2-turda Farg'onaga safar qilamiz.

Narzulla nima qiladi deysizmi? O'yinlardan jonli reportaj-u, o'yin oldi prevyular uning bo'ynida. Menmi? Men rasm olishdan boshqasini bilmasam kerak. Bu yil rasmlarni kuchaytiramiz. Vodiyga ham bitta fotomuxbir qo'yish niyati yo'q emas. Vohada Sardor Nurov degan ukamiz bor. "Olmaliq"dan Aziz Rahmonov.

Xullas, gapni qisqa qilganda, xorij futboli etar. Endi o'zimizniki keldi. Bir amallab ayiqqa kabi qishdan chiqib oldik, yashasin bahor, yashasin o'zimizning oliy liga. Qani ketdik! Ha, aytganday. "FIFA.uz"da hamon tarkib tuzmadingizmi? 1 soat ham qolmadi-ya!

Nodirxo'ja Yuldashev
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика