CAFA U17 Championship 2025 musobaqasiga qura tashlandi. O'zbekiston Eron bilan bir guruhda
23 may 11:14
Yangiliklar
CAFA U17 Championship 2025 musobaqasiga qura tashlandi. O'zbekiston Eron bilan bir guruhda
Ertaga, 24 may kuni Toshkentda CAFA U17 Championship 2025 musobaqasi start oladi.
Bugun ushbu musobaqaning guruh bosqichiga qura tashlash marosimi bo'lib o'tdi. Unga ko'ra O'zbekiston Eron va Qirg'iziston bilan birga "A" guruhidan joy oldi. Sergey Chigodaev boshchiligidagi O'zbekiston o'smirlar terma jamoasi musobaqani ertaga Qirg'izistonga qarshi bahs bilan boshlaydi. 28 may kuni Eronga qarshi bahs o'tkaziladi.
Musobaqaning final uchrashuvi 31 may kuniga belgilangan. Eslatib o'tamiz, CAFA U17 Championship 2025 turnirining barcha o'yinlari Toshkent viloyatidagi "Do'stlik" stadionida bo'lib o'tadi.


O’xshash yangiliklar
championat.asia
Аргентина ЖЧ-2026дан четлатилиши мумкин
Ла Лига. Рафиньянинг дубли "Барселона"га "Осасуна" устидан ғалабани тақдим этди
Эрлинг Ҳоланд Криштиану Роналдуни қувиб ўтиб, АПЛ рекордини янгилади
Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди
Fikrlar