CAFA U-17 Championship 2025. O'zbekiston bir kishi kam bo'lib Qirg'iz Respublikasini yirik hisobda mag'lub etdi
24 may 22:25
Yangiliklar
CAFA U-17 Championship 2025. O'zbekiston bir kishi kam bo'lib Qirg'iz Respublikasini yirik hisobda mag'lub etdi
Bugun O'rta Osiyo mamlakatlari o'rtasidagi CAFA U17 musobaqasi start oldi. Musobaqada Sergey Chigodaev boshchiligidagi O'zbekiston U-16 terma jamoasi ishtirok etmoqda. Kuni kecha qura tashlash marosimi o'tkazildi va ishtirokchilar uch nafardan ikki guruhga bo'linishdi. O'smirlarimiz "A" guruhida Qirg'iz Respublikasi va eronlik tengqurlari bilan pley-off bosqichi yo'llanmasi uchun kurash olib borishadi.
Bahs Toshkent vaqti bilan soat 20:30da "Do'stlik" stadionida bo'lib o'tdi.
Turkmaniston va Afg'oniston o'rtasida guruhdagi ikkinchi bahsda turkmanlar minimal hisobda zafar quchishdi.
Qirg'iz Respublikasi — O'zbekiston 1:5
Gollar: Kanatbek Raxatov (54) — Ahrorbek Ravshanbekov (24), Laziz Abduraimov (65, 71-p), Rustam Aliev (74), Humoyun Sindarov (90+4).
O'zbekiston: 1.Olim Shomurotov, 3.Abubakir Rahimov, 5.Muhammadaziz Ro'ziboev, 6.Islom Ravshanov, 7.Farrux Hayitmurodov, 9.Laziz Abduraimov, 11.Suhrob Sadirjanov, 13.Mirjamol Anvarov (s), 15.Jahongirmirzo O'ktamov, 17.Mirkomil Murodov, 19.Ahrorbek Ravshanbekov
Zaxira: Dolskiy, O'ktamov, Jumaboev, Berdiyorov, Magrupov, Sindarov, Atabekov, Orifxonov, Aliev
Chetlatish: Islombek Ravshanov (52)






O’xshash yangiliklar
championat.asia
Аргентина ЖЧ-2026дан четлатилиши мумкин
Ла Лига. Рафиньянинг дубли "Барселона"га "Осасуна" устидан ғалабани тақдим этди
Эрлинг Ҳоланд Криштиану Роналдуни қувиб ўтиб, АПЛ рекордини янгилади
Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди
Fikrlar