So’nggi yangiliklar

01:55Ла Лига. Ямалсиз "Барселона" "Валенсия"га жавобсиз 6 та гол урди  17 01:53А Серия. Модричнинг голи "Милан"га "Болонья" билан ўйинда ғалабани тақдим этди  3 00:03Гвардиола Ҳусановнинг ўйини ҳақида фикр билдирди  21 23:45АПЛ. "Манчестер Сити" – "Манчестер Юнайтед" 3:0  1 23:33Маттиас Яйссле: "Насаф"нинг кучли томонларини яхши биламиз, аммо ғалаба учун ўз устунлигимизга эътибор қаратамиз"  3 22:42Лига 1. ПСЖ "Ланс"ни қийинчиликсиз таслим этди  1 22:25АПЛ. Ҳусанов тўлиқ ўйнаган Манчестер дербисида "Сити" "Юнайтед"ни йирик ҳисобда енгди  90 22:13ОПЛ. "Нефтчи" ва "Сабаҳ" ўзаро дуранг ўйнади, Раҳмоналиев иккинчи тайм бошида майдонга тушди  0 21:21Рўзиқул Бердиев: "Олдин ҳам "Ал Аҳли" сингари катта салоҳиятга эга жамоаларга қарши ўйнаганмиз"  14 21:10Илёс Зейтуллаев: "Янги стадионда тўп тепиш ўзгача ҳиссиётларни берди"  1 20:46Ҳаким Фузайлов: "Яна эски касалимиз қўзғади"  6 20:02АПЛ. "Ливерпуль" 90+5 дақиқада пенальтидан урилган гол эвазига "Бёрнли"ни мағлуб этди  16 20:00Про Лига. "Арал" "Олимпик"га имконият қолдирмади  1 19:55Абдухолиқовнинг пеналтидан киритган голи "Бунёдкор"га ғалаба тақдим этди  8 19:28А Серия. "Рома" Римда "Торино"га мағлуб бўлди  9

“CAFA U-16 championship” musobaqasining guruh bosqich taqvimi malum Yangiliklar

“CAFA U-16 championship” musobaqasining guruh bosqich taqvimi malum

Teglar :  CAFA CUP
O'zbekiston futbol associaciyasi 1-vice Prezidenti va Markaziy Osiyo futbol associaciyasi Prezidenti Umid Ahmadjonovning tashabbusi bilan joriy yilning 3-10 iyul kunlari poytaxtimiz tarixda birinchi marta mintaqa chempionatiga mezbonlik qilishi haqida avval xabar berib o'tgandik.

Ushbu musobaqada O'zbekiston, Tojikiston, Afg'oniston va Qirg'iziston terma jamoalari ishtirok etishadi.

Bugun O'FAning anjumanlar zalida O'zbekiston futbol associaciyasi hamda Markaziy Osiyo futbol associaciyasi ishtirokida ushbu mintaqaviy musobaqaga tayyorgarlik munosabati bilan qo'shma yig'ilish bo'lib o'tdi.

Ushbu yig'ilish davomida O'FA hamda MOFA rahbariyati tomonidan musobaqaning tashkiliy ishlarini amalga oshirish tartiblari muhokama qilinib, xodimlarga mehmon ishtirokchilarni kutib olish, mehmonxonlarga joylashtirish, tarjimonlarni biriktirish, mashg'ulotlar tashkil qilish masalalari hamda shunga o'xshash ishlar yuzasidan tegishli topshiriqlar berildi, masul shaxslar biriktirildi.

Poytaxtimiz mezbonlik qiladigan ushbu musobaqani yuqori saviyada, ko'tarinki ruhda o'tkazish va musobaqa ishtirokchilari va muxlislar ushbu musobaqadan katta zavq olishlarini taminlash zarurligi takidlandi.

“CAFA U-16 championship” musobaqasining guruh bosqich taqvimi:

05.07.2018 17:00 Afg'oniston – O'zbekiston (“Milliy” stadioni)
05.07.2018 20:00 Qirg'iziston – Tojikiston (“Milliy” stadioni)

07.07.2018 17:00 O'zbekiston – Qirg'iziston (“Milliy” stadioni)
07.07.2018 20:00 Tojikiston – Afg'oniston (“Milliy” stadioni)

09.07.2018 16:45 Tojikiston – O'zbekiston (“Lokomotiv” stadioni)
09.07.2018 20:30 Afg'oniston - Qirg'iziston (“Lokomotiv” stadioni)

Reyting: +6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика