So’nggi yangiliklar

10:07"Манчестер Юнайтед" "Барселона" футболчисига 70 миллион евро таклиф қилди  0 09:30Русланбек Жиянов: "Иккинчи таймда ўйинимиз очилди"  1 09:02Жиззахдаги стадион "ёнган" учрашувдан ГАЛEРEЯ  0 08:33Ўртоқлик учрашуви. Ҳусанов майдонга тушган баҳсда "Манчестер Сити" ғалаба қозонди  1 08:04Суперлига. Бугун 16-тур якунланади  1 07:35Лионель Месси жароҳат олди  1 07:05Суперлига. "Бунёдкор" ва "Насаф" сафарда ғалаба қозонди, "Навбаҳор" эса "Динамо" билан дуранг ўйнади  0 06:30Сергей Лушчан: "Омадимиз келиб мағлубиятдан қутулиб қолдик. Жамоанинг 40% йиғиннинг сўнгги кунларида сафимизга келиб қўшилди"  2 03:00Вадим Абрамов: "Агар ўйин натижасини биринчи бўлимдаёқ ҳал қилиб қўйганимизда бундай савол бермаган бўлардингиз"  2 00:26Манише Феликс ҳақида: "Футбол лойиҳаси бўлиб қолди. Шундай клубларда имкониятлар, аммо у ишлашни хоҳламайди"  3 00:06"Интер" ва Нкункунинг агентлари трансфер шартларини муҳокама қилишмоқда  0 23:41Иван Бошкович: "Бугун нимадир ўхшамади"  0 23:14Суперлига. Пенальтидан тўп киритилмаган ва гол ҳисобга олинмаган ўйинда "Динамо" "Навбаҳор" билан жанговар дурангга имзо чекди  112 23:05Рўзиқул Бердиев: "Қарши ҳужум режасини туздик ва бу ўз мевасини берди"  8 22:50Виталий Левченко: "Катта устунликка эришиб якунда мағлуб бўлиш жуда аламли"  18

"CA" Al Aynda JCH yo'lida O'zbekiston, mundialda esa Germaniyani ranjitgan mutaxassisni uchratib qoldi FOTO Yangiliklar

"CA" Al Aynda JCH yo'lida O'zbekiston, mundialda esa Germaniyani ranjitgan mutaxassisni uchratib qoldi FOTO

Ayni paytda "CA" ijodiy guruhi ikkiga bo'lingan holda Osiyo Kubogidagi yurishini davom ettirmoqda.

Dubayda qolgan "to'rtlik" Xayrulla Xoliqov, Narzulla Saydullaev, Jasur Aslanov va Zoir Tursunboev Falastin - Avstraliya uchrashuvida ishlab, keyinroq O'zbekiston terma jamoasi mashg'ulotiga yo'l olishi rejalashtirilgan. Ularga shuningdek zaxira tarkibidan Nodirxo'ja Yuldashev va Kamoliddin Alimov ko'maklashishlari mumkin.

Dubaydan Al Aynga jo'nagan guruhimiz: Gayrat Xasbiulin, Tolibjon Qosimov, UEFA vakili sanalgan "CA"ning do'sti Miron Goexmann va kamina esa biroz avval "Hazza Bin Zayed" stadioniga etib keldi. "Al Ayn"ga qarashli stadion media-markaziga kiraverishda dastavval mazkur o'yingohda bo'ladigan Qirg'iziston - Janubiy Koreya uchrashuviga maxsus media tiket va o'yindan keyingi rasmiy tadbirlarga ruxsatnoma oldik.

So'ngra media-markazda bizni 2017 yilning kuz oyida Toshkentda xafa qilib ketgan, o'tgan yili yozda esa Germaniya ustidan g'alabaga erishgan Janubiy Koreyaning sobiq ustozi Tae Yong SHin uchratdik.

Ko'zga issiq ko'ringan va quyuq salomlashgan mutaxassisni bu erda nima qilib yurganini tezda payqagan bo'lsakda, aynan qaysi telekanal uchun ishlayotgani bilan qiziqdik. BAAda o'tayotgan qita chempionatida jurnalist sifatida ro'yxatdan o'tgan Tae Yong SHin Janubiy Koreyaning "JTBC" telekanalida Osiyo Kubogi musobaqasi tahlilchisi vazifasini bajarmoqda.

"O'zbekiston? Ajoyib terma jamoa! sizlarni yaxshi eslayman", - deya gap boshladi Tae Yong SHin.

Keyin bazi savollar bilan murojaat qilib, undan bizga intervyu berishini so'radik. Biroq suhbatlashishga qarshi emasligini bildirib, intervyu masalasida telekanal prodyusseriga murojaat qilishimizni aytdi. Bunday vaziyatda sergak turadigan Gayrat aka esa darhol prodyusserni topdi va intervyuga zo'rg'a ko'ndirdi.

"Osiyo Kubogida mahalliy telekanal "JTBC" menga shartnoma taklif qilib, musobaqa davomida tahlilchi sifatida ishlashimni so'rashdi. Qiziqarli taklifni qabul qildim va hozir o'zim uchun ham yoqimli bo'lgan qiziq jarayonda ishlayapman", - dedi Janubiy Koreyaning sobiq ustozi Tae Yong SHin.

- Osiyo Kubogida Janubiy Koreya terma jamoasining imkoniyatlarini qanday baholaysiz?
- Hozirgi avlod haqida faqat iliq fikrlarni aytishim mumkin. Jahon chempionatida men o'ynatgan yigitlar, hozirda ularni ayni pishgan payti. Paulo Bentu qo'l ostida super iqtidor va istedod sohiblari jamlanishgan. O'ylashimcha, hozirgi qita chempionatida Janubiy Koreya faqatgina g'oliblik uchun kurashadi. Kubokni yurtimizga olib ketish uchun imkoniyatlarimizni yuqori baholayman.

- Birinchi turda Filippin bilan muammolar yuzaga keldi. Bugungi raqib - Qirg'iziston haqida fikringiz qanday?
- Bilasizmi, hozir Osiyoda oddiy yoki kuchsiz jamoa qolmagan. Xohlagan jamoa istalgan o'yinda grandlarni ochko olishi ham mumkin. Zamonaviy futbolda sensaciya qayd etilishi sensaciya bo'lmay qoldi. Musobaqa uzoq davom etadi. SHu boisdan ham terma jamoamiz o'yindan-o'yinga kuchayib borishini kutyapman. Qirg'iziston terma jamoasi ham anoyi raqib emas. Aytmoqchi bo'lganim, bugun ochkoni oson qo'lga kiritishning imkoni yo'q.

- Ayni paytda faqat telekanal bilan shartnomangiz mavjudmi? Yani murabbiy sifatida bo'shmisiz?
- To'g'ri. Hozirda Osiyo Kubogi yakunlangunicha telekanal ixtiyoridaman. Boshqa har qanday takliflarni fevralda qabul qilaman.

- Musobaqada tahlilchi sifatida faoliyat yuritmoqdasiz. O'zbekiston terma jamoasining qita chempionatidagi imkoniyatlari qanday baholaysiz?
- Bir narsani aytaman. O'zbekiston doimo Osiyoning elit jamoalari sirasiga kirgan. Kuchli va noqulay raqib. Osiyo Kubogida esa Janubiy Koreyaning imkoniyatlarini boshqalardan yuqori baholayman.


Stol atrofida to'rt nafar mutaxassis bilan o'yinga tayyorlanayotgan Tae Yong SHinni telekanal prodyusseri chaqirib qoldi va suhbat shu erda tugadi.


O'yin oldi Al Ayndagi "Bin Zayed" stadionining media-markazida ko'plab janubiy koreyalik jurnalistlar va Qirg'izistondan ham tashrif buyurgan OAV xodimlari ishlashmoqda. Barchaning kayfiyati alo darajada. Janubiy Koreyadan kelgan jurnalistlar esa terma jamoa lageriga Son Xyon Minni kelishini intiqlik bilan kutishmoqda.

Eslatib o'tamiz, APLda to'p suruvchi "Tottenxem" vingeri Osiyo Kubogidagi ilk uchrashuvini uchinchi turga kelib o'tkazadi.


SHahboz Beg'amov

Al Ayn, 11 yanvar

Reyting: +22   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика