So’nggi yangiliklar

14:14Мюллер МЛСдаги дебют голини 90+14-дақиқада урди ва жамоасига ғалаба олиб берди  1 13:31Шаҳром Самиев Тожикистон терма жамоасига чақирилгани ва CAFA Nations Cup турнири ҳақида гапирди  0 13:13"Астон Вилла" "Челси" ва ПСЖ ҳужумчиларини таркибига қўшиб олмоқчи  0 12:51Диего Симеоне: "Атлетико" ўз принципларини ўзгартирмайди"  0 12:30Мурод Бобожонов: "Сўнгги тўрт ўйинда уч гол? Бундан ҳам яхшироғига ҳаракат қиламан"  1 12:12Месси ва Альба бугун нега ўйнамади? Маскерано жавоб берди  2 11:49Фақатгина 3 мураббий Пепнинг "Сити"сини "Этихад"да икки хил клуб билан мағлуб қила олган  3 11:32Авазбек Ўлмасалиев: "Миллий терма жамоага илк маротаба чақирилганимдан хурсандман"  1 11:16"Тоттенхэм" Мэддисон ўрнига бошқа футболчи топди  1 10:51Бруно Фернандеш "Ал-Иттиҳод" билан яширин учрашув ўтказди. Футболчи йиллик истагини маълум қилган  8 10:20"Барселона" ёзда сотиб олган футболчини Туркия клубига ижарага бермоқчи  1 09:48Флик "Барселона"нинг "Леванте"га қарши ўйинига муносабат билдирди  11 09:18"Ал Иттиҳод" 18 ёшли футболчига 50 миллион евро тўлашга тайёр  0 08:51Модрич А Серия рекордини ўрнатди  2 08:20Артета кечаги учрашувда жароҳат олган етакчилари ҳақида фикр билдирди  1

"Liverpul" mehmonda yirik g'alabaga erishdi Yangiliklar

"Liverpul" mehmonda yirik g'alabaga erishdi

Angliya premer-ligasi 4-tur doirasidagi "Byornli" va "Liverpul" o'yini yakunlandi.

Angliya premer-ligasi. "Byornli" - "Liverpul" 0:3

31 avgust, 21:30, "Terf Mur"

Gollar: Kris Vud (33), Sadio Mane (37), Roberto Firmino (80).

"Byornli" – Poup, Mi, Piters, Louton, Tarkovski, Lennon, Kork, Vestvud, Maknil, Barns, Vud.

"Liverpul" – Adrian, van Deyk, Robertson, Aleksander-Arnold, Matip, Veynaldum, Xenderson, Fabino, Mane, Firmino, Saloh.

Burnley

Premier League . 4-tur

31/08/2019, 22:30

3
:
0
Tugadi

Liverpool

Chris Wood - 33', Sadio Mane - 37', Roberto Firmino - 80'

Stadion: Turf Moor, 21762 tomoshabin

Bosh hakam: Chris Kavanagh

45'
90'
73'  Ashley Barnes (Jay Rodriguez)
33'  Chris Wood
37'  Sadio Mane
37'  Roberto Firmino
71'  Jordan Henderson (Alex Oxlade-Chamberlain)
80'  Roberto Firmino
80'  Mohamed Salah
85'  Sadio Mane (Divock Origi)
85'  Roberto Firmino (Xherdan Shaqiri)


- Bahs "Liverpul"ning yirik g'alabasi bilan yakunlandi.

- O'yinni stadiondan 21762 muxlis kuzatib bordi.

90. Ikkinchi bo'limga hakam tomonidan 3 daqiqa qo'shib berildi.

89. Jey Rodriges birga-bir vaziyatga chiqib ketdi. U har qancha harakat qilmasin "Liverpul" posboni Adrian darvozasini ishg'ol qila olmadi.

- "Liverpul" onlayn jadvalda 1-o'rinda bormoqda. Undan keyingi o'rinni "shaharliklar" band etib turishibdi.

85. Klopp 2ta o'zgarishni amalga oshirdi. Divok Origi Sadio Maneni almashtirgan bo'lsa, SHakiri bundan buyog'iga Firminoning o'rnida harakat qiladi.

80. GOOOOOOOLLLLLLL! "Liverpul"ning qarshi hujumchi jamoaga foyda keltirdi. Firminoning jarima maydonchasi tashqarisidan bergan zarbasi darvoza to'riga borib tushdi.


74. Bugun omadi yurishmagan "Byornli" hujumchisi Barns o'rnida bundan buyog'iga Jey Rodriges harakat qiladi.

73. Xavfli vaziyat. Jarima maydonchasi ichiga uzatilgan to'pga Tarkovski boshi bilan zarba berdi. Zarbaga esa aniqlik etishmadi.

71. "Liverpul" tarkibida o'zgarish. Maydonga Jordan Xendersonning o'rniga Aleks Oksleyd-CHemberlen tushirildi.

---

46. Ikkinchi bo'limga start beruvchi xushtak chalindi va bahsning ikkinchi qismi boshlandi.

- "Liverpul"ning birinchi goli avtogol deb topildi.

TANAFFUS

45. Daslabki bo'limga hakam tomonidan 1 daqiqa qo'shib berildi.

37. GOOOOOL!! "Byornli" himoyachilarining xatosidan so'ng to'p Firminoga kelib tushdi va braziliyalik futbolchi to'pni ochilib borayotgan Manega uzatdi. Senegallik hujumchi esa birga-bir vaziyatda xato qilmadi. 0-2

33. GOOOOOOOOOOOLLLLL! Trent Aleksandr-Arnoldning uzatmasi golga aylanib ketdi. To'p kutilmaganda "Byornli" futbolchisiga tegib darvoza to'ridan joy oldi.

27. "Byornli"ning xavfli hujumi. Qanotdan uzatilgan to'p Barnsga kelayotgandi. Ammo, Trent Aleksand-Arnold to'p yo'liga g'ov bo'ldi.


21. Saloh darvozabon bilan birga-bir vaziyatga chiqib ketdi. Darvozabon esa to'pni qaytargach to'p yana misrlik o'yinchiga tegdi va jarima maydonchasi tashqarisiga chiqib ketdi.

19. To'pga egalik qilish bo'yicha ko'rsatkich: 32% - 68%. "Liverpul" foydasiga.

12. Hozircha jamoalar teng o'yin ko'rsatishmoqda. "Byornli" ham bugun faqat himoyada o'ynamoqchi emas.

5. Saloh!!! Misrlik o'yinchining jarima maydonchasi ichidan bergan kuchli zarbasi darvoza ustuniga tegib qaytdi.

2. Adriandan seyf! Uchrashuvdagi ilk xavfli vaziyatni maydon egalari tashkil etishdi. Hujumchi Vudning bergan zarbasini Adrian qiyinchilik bilan bartaraf etdi.

1. Uchrashuv boshlandi!

- O'yin boshlanishiga bir necha soniyalar qoldi.

Reyting: +9   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика