So’nggi yangiliklar

23:59Конференциялар лигаси саралаши. "Истанбул Башакшеҳир" сафарда иродали ғалабага эришди, Шомуродов захирадан ўйинга қўшилди  15 23:31Рўзиқул Бердиев: "Охирги зарбани беришда совуққонлик етишмади"  5 23:20Максим Шацких: "Бугун ютишимиз ҳам, ютқазиб қўйишимиз ҳам мумкин эди"  1 22:55Here we go! "Барселона" асосий ҳимоячиси "Ал Насср"га ўтмоқда  0 22:40Баҳром Ҳайдаров: "Ҳар бир гапимиз баҳонага ўхшаб қоляпти"  2 22:08Виталий Левченко: "Биз ҳам "Қўқон-1912"га ёрдам қилдик"  6 21:58Суперлига. "Насаф" ўз уйида "Андижон" билан дуранг ўйнади  96 21:42Биласизми? "Нефтчи" бу йил сафар ўйинларида мағлуб бўлмади  0 21:24"Қўқон-1912" 3 ойдан бери ғалаба қозона олмаяпти  3 21:08Суперлига. "Нефтчи" сафарда "Қўқон-1912"ни қийинчилик билан мағлуб этди  17 20:45"Реал" 3 нафар футболчисига янги шартнома таклиф қилмайди  3 20:20Нестеров, Кападзе, Жепаров, Машарипов... Мирко Еличич ўз қўл остида ўйнаган футболчилардан иборат рамзий жамоа тузди  6 19:53Алаба "Реал"ни тарк этишни режалаштирмаяпти  0 19:332026/2027 йилги мавсум учун Ўзбекистонга нечта квота ажратилди?  2 19:16Шешко МЮга ўтади — Here We Go!  3

“Buxoro”dagi faoliyati, tojikistonlik legionerlarning kamayishi sababi, Abramovning uslubi – Superligada o'ynagan Fatxullo Fatxulloev bilan suhbat Yangiliklar

“Buxoro”dagi faoliyati, tojikistonlik legionerlarning kamayishi sababi, Abramovning uslubi – Superligada o'ynagan Fatxullo Fatxulloev bilan suhbat

O'tgan mavsum ikkinchi davrasida “Buxoro” jamoasida to'p tepib kuchlilar safida qolishga ko'maklashgan tojikistonlik futbolchi Fatxullo Fatxulloev bugungi kunda “Xo'jand” jamoasida harakat qilmoqda.

Yaqinda ushbu o'yinchi bilan bog'lanib intervyu tashkil qildik va ayrim savollarga javob oldik.

- Dastlab, “Buxoro” jamoasidagi qisqa faoliyatingiz haqida to'xtalib o'tsangiz...
- O'tgan yili “Istiqlol” bilan xalqaro maydonda muvaffaqiyatsiz ishtirok etdik. Rahbariyat tomonidan berilgan vazifani bajara olmadik. Avval OCHLga, so'ng OFK kubogiga chiqishda raqiblarimizga imkoniyatni boy berib qo'ydik. Yozda meni Muhsin Muhammadiev jamoasiga takli qildi. Vaziyat og'ir ekanligini, “Buxoro”ni Superligada saqlab qolishimiz uchun yordam berishimni takidladi. Haqiqatdan ham men kelganda klub turnir jadvalining quyi pog'onalarida yurardi. Taklifga rozilik bildirdim. Ikkinchi davrada muhim va qimmatli ochkolarni ishladik. Maqsadimizga erishdik.

- Jamoani tark etishingiz nima bilan bog'liq?
- SHartnomam mavsum so'ngigacha mo'ljallangandi. Jamoa uchun bor kuchim bilan harakat qildim. Yordamimi tekkan bo'lsa xursandman. Doim ohirgacha kurashishga o'rganganman. Inson kurashdan to'xtab qolsa muvaffaqiyatga erisha olmaydi. Hammasi uchun klubdagi barcha xodimlarga minnatdorchilik bildiraman.

- Murabbiy Muhsin Muhammadievni juda yaxshi taniyisiz, bilasiz. U bilan oldin “Istiqlol” jamoasi va Tojikiston terma jamoasida birga ishlagansiz. Biroq, hozirda uning boshqaruvidagi jamoa Superliganing uchta turini omadsiz yakunladi. Barcha bahslarda yirik hisobda mag'lubiyatga uchradi. Mutaxassisni istefoga chiqarilishi haqida ham gaplar tarqaldi...
- Muhsin Muslimovich hurmatga loyiq inson va murabbiy. Uning tajribasi katta. Futbolchilik faoliyatida ham Rossiyaning kuchli klublarida o'ynagan. “Rubin” jamoasida sport direktori lavozimida ham o'zini ko'rsata olgan. O'tgan yili aynan murabbiyning tajribasi hisobiga “Buxoro” elitada qoldi. Mening fikrimcha taqvim jamoa uchun og'ir keldi. Uchta turni ikkitasi “Paxtakor” va “Lokomotiv”ga qarshi o'tdi. SHuni ham unutmaslik kerak.

- 2019 yilgi OCHL saralash bosqichida AGMKga ro'baro' kelgansiz. Matbuot anjumanida u qadar ko'p ham gapirmagansiz. Biroq, ertasi kuni o'yinda chiroyli gol urgandingiz...
- Ha, to'g'ri payqadingiz. “Istiqlol” bilan Olmaliqda mehmon bo'lganmiz. Uchrashuvni yaxshi boshlaganmiz, tezkor gol ham urgandik. Raqib o'z maydonida harakat qilgani ularning g'alabasini taminladi. Goldan so'ng boshqacha ishtiyoq bilan to'p tepishgandi.

- “Xo'jand” jamoasiga sizni kim taklif qildi ? Murabbiy Nikola Lazarevichmi yoki rahbariyat?
- Jamoa boshlig'i Murod Umarov menga qo'ng'iroq qildi va jamoaning maqsadlari yuqori ekanligini aytdi. Menga ishonayotganligini, tajribam borligini tushuntirdi. OFK kubogi guruh bosqichiga yo'llanmani qo'lga kiritdik. “Xo'jand”dagilar menga iliq munosabatda bo'lishdi. Bundan xursand bo'ldim.

- Jamoada to'rt nafar o'zbekistonlik futbolchilar o'ynamoqda. Ular bilan munosabatlaringiz qanday?
- Ular bilan o'rtamizdagi aloqalar juda yaxshi. Bir-birimiz bilan alo darajada chiqishib ketdik.

- Tojikiston chempionatida favorit va etakchi “Istiqlol” va “Xo'jand” ekanligi aniq. Ushbu jamoalarga chempionlik poygasida yana kimlar jiddiy qarshilik qilishi mumkin?
- Aslida kuchsiz jamoa yo'q. Fikrimcha, “Xatlon”, CSKA-Pomir, “Ko'ktosh” jamoalari raqobatda biz bilan tenglasha oladi deb o'ylayman.

- Bilamizki, avvalari tojikistonlik futbochilarni Evropa, Rossiya klublarida ko'p ko'rardik. Rashid Rahimov Ispaniyaning “Valyadolid” klubida to'p tepgandi, Vitaliy Levchenko Ukraina klublarida harakat qilgan. Hozirda nima uchundir bunday holatlar kamaygandek...
- Yo'q, kamaygan deyish noo'rin. Masalan, Parviz Umarboev “Lokomotiv” Plodiv, Nuriddin Davronov “Borneo” Indoneziya, SHahrom SHamsiev “Rubin” Rossiya, Davronjon Ergashev “Bunyodkor”, Farhod Vosiev “Nefteximik” Rossiya kabi klublarda o'ynab kelishmoqda.

- O'zbekistonlik murabbiylardan kimning uslubi sizga yoqadi?
- Menga ko'proq Vadim Abramovning qo'llayotgan o'yin uslubi yoqadi.


Abdulaziz Iskandarov suhbatlashdi.

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика