So’nggi yangiliklar

18:27Артета: "Биз "Сити" билан ўйинда доминантлик қилдик"  3 18:00"Олтин тўп" ва "The Best" мукофотлари ўртасида қандай тафовут мавжуд?  0 17:38"Реал" "Олтин тўп" маросимини бойкот қилди  12 17:12"Манчестер Юнайтед" футболчиси Instagram ва Facebook'даги барча суратларни ўчириб ташлади. Мухлислар уни бунга мажбур қилди  2 16:45Футзал. Ўзбекистон - Шарқий Тимор 7:1  5 16:14"Барселона" Ҳоландга кўз тикди  7 15:47ПСЖ "Олтин тўп"ни топшириш маросимида қатнашмайди. Нима учун?  11 15:25Хет-трик қайд этган легионер, рақибни тор-мор келтирган мураббий, финт билан гол урган футболчи — Суперлигада 22-турнинг энг яхшилари  3 15:03Цигер, Исмоилов, Ғиёсов, Табатадзе, Бегич... Суперлига 22-тур рамзий терма жамоаси  0 14:42Клюйверт Гиннес рекордлар китобига кирди  5 14:16"Арқадағ" вакиллари давлат мукофотига эга бўлди  16 13:49"Андижон" сўнгги сонияларда мағлубиятдан қутулиб қолган "Сўғдиёна" билан баҳсдан ГАЛЕРЕЯ  0 13:23Эшитдик-да! Ўзбекистон МТЖ 9 октябрь куни Тошкентда ўртоқлик ўйини ўтказади  22 13:01U-17 Осиё Кубоги финалида қизил карточка олган Сарсенбаев ЖЧ гуруҳ босқичида Ўзбекистон терма жамоасига ёрдам беролмайди  7 12:40Суперлига. 23-тур учрашувларига ҳакамлар тайинланди  6

Buxoroda viloyat futbol associaciyasining navbatdagi Kongressi o'tkazildi Yangiliklar

Buxoroda viloyat futbol associaciyasining navbatdagi Kongressi o'tkazildi

Kecha Buxoro viloyati futbol associaciyasining navbatdagi Kongressi bo'lib o'tdi.

Unda O'zbekiston futbol associaciyasi mutasaddilari, Buxoro futbol associaciyasi Ijroqo'm azolari, delegatlar va ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi. 

Mazkur Kongressga delegatlar sifatida Buxoro viloyati tuman (shahar)lar futbol associaciyalari prezidentlari, viloyat boshqarma va tashkilotlar rahbarlari, O'zbekiston Pro-liga va Birinchi liga musobaqalarida ishtirok etuvchi futbol klublari, viloyat futbol mahorat maktabi, bolalar va o'smirlar futbol maktabi vakillari hamda futbol faxriylari taklif etildi.

Kongress avvalida Buxoro futbol associaciyasi tomonidan 2020 yil davomida amalga oshirilgan ishlar hisoboti eshitildi va 2021 yilgi byudjeti tasdiqlandi.

Kongress kun tartibiga ko'ra viloyat futbol associaciyasi Ijroiya qo'mitasiga nomzodlar ovoz berish yo'li bilan saylandi. SHuningdek, Buxoro viloyati hokimi v.b. Botir Zaripov viloyat futbol associaciyasi prezidenti, Farrux Hamroev associaciyasi birinchi vice-prezidenti hamda viloyat Ichki Ishlar  boshqarmasi boshlig'i SHuhrat Aliev associaciyasi vice-prezidenti etib tasdiqlandi.

Kongressda so'z olgan O'zbekiston futbol associaciyasi vice-prezidenti SHoakram Isroilov Buxoro futbolining o'ziga xos tarixi borligini, uning ana shu tarixiy ananalarini qayta tiklash zarurligini aytib o'tdi. 

Buxoro viloyati hokimi Botir Zaripov so'nggi yillarda xalqimizning salomatligi to'g'risida g'amxo'rlik qilish, manaviy va jismoniy barkamol avlodni shakllantirish, millionlar o'yini bo'lgan va mamlakatimizda alohida o'rin tutadigan sportning futbol turiga aholini, ayniqsa, yoshlarni keng jalb etish bo'yicha bir qator chora-tadbirlar amalga oshirilib kelinayotganligi alohida takidladi.

Tadbir yakunida viloyat futbol associaciyasi moddiy texnik bazasini yaxshilash va uning faoliyatini ommaviy axborot vositalarida keng yoritilishini taminlash maqsadida O'FA tomonidan texnik jihozlar va zarur o'quv qo'llanmalar taqdim etildi.

Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика