"Buxoro" yana "Jar"da o'ynaydi
07 apr 18:18
Yangiliklar
"Buxoro" yana "Jar"da o'ynaydi
Jumladan, "Buxoro" Superliga 4-turidan o'rin olgan "Bunyodkor" klubiga qarshi uy uchrashuvini raqib maydonida o'tkazishiga to'g'ri keldi. Mart oyida klub uy uchrashuvlari uchun "Jar" stadionini ro'yxatdan o'tkazgandi. Biroq keyinroq mazkur stadiondan "Olimpik-MobiUz" ham foydalanishni boshlagach, aprel oyidagi uy o'yinlari masalasida muammolar yuzaga chiqa boshladi.
"Buxoro" "Nasaf" klubiga qarshi Superliga 6-turidan o'rin olgan 19 aprel kungi uchrashuvni "Bunyodkor" stadionida o'tkazishga yaqin turgandi. Biroq "Bunyodkor"ning o'zi 18 aprel kuni shu arenada "Xorazm" bilan o'yin o'tkazadigan bo'ldi. Mazkur sabab va albatta "Jar" stadionidan foydalanayotgan "MobiUz" hamda "Paxtakor" ishtirokidagi o'yinlar mazkur sana arafasida safarda ekanligidan kelib chiqib, "Buxoro" yana "Jar"ga qaytishga majbur bo'lmoqda.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Аргентина ЖЧ-2026дан четлатилиши мумкин
Ла Лига. Рафиньянинг дубли "Барселона"га "Осасуна" устидан ғалабани тақдим этди
Эрлинг Ҳоланд Криштиану Роналдуни қувиб ўтиб, АПЛ рекордини янгилади
Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди
Fikrlar