So’nggi yangiliklar

01:42Лига 1. Витиньянинг голи ПСЖга "Нант" устидан ғалабани тақдим этди  1 00:26Туркия Суперлигаси. "Истанбул Башакшехир" ўз уйида "Кайсериспор"ни мағлуб этолмади, Шомуродов 70 дақиқа ўйнади  10 23:54БАА Про лигаси. "Бани Яс" меҳмонда "Ал Васл"га мағлуб бўлди, Мозговой 73 дақиқада ўйнади  1 23:47Бельгия Про лигаси. "Антверпен" меҳмонда дуранг ўйнади, Ўринбоев захирада қолдирилди  0 23:38"Милан" — "Бари". Таркиблар маълум  1 23:25"Эспаньол" — "Атлетико". Таркиблар маълум  1 22:42Максим Шацких: "Менимча, айрим футболчиларимиз ҳали ҳамон фикри ҳаёли билан Про Лигада"  17 22:35Суперлига. “Қўқон-1912” — “Сурхон” 2:0  0 22:26АПЛ. "Манчестер Юнайтед" илк турда ўз майдонида "Арсенал"га мағлуб бўлди  33 22:13Суперлига. "Бунёдкор" сўнгги сонияларда урилган гол эвазига "Бухоро"ни мағлуб этди  12 22:08Отабек Нарзуллаев: "Андижон"га қарши ҳужум тактикада ўйнамасак бўлмасди"  0 21:43Таҳлил. "Қўқон-1912" уйғоняптими?  1 21:32Баҳром Ҳайдаров: "Тезкор голдан сўнг хато қилишга қўрқиб ўйнадик"  0 21:01Февзи Давлетов: "Бунёдкор" билан ўйинда кўп энергия йўқотдик, "Қўқон-1912"да тикланиш учун кўпроқ вақт бўлди"  1 21:00Суперлига. "Андижон" сафарда "Машъал"га ютқазди  71

"Buxoro": Qator futbolchilar bilan shartnoma imzolanmoqda Yangiliklar

"Buxoro": Qator futbolchilar bilan shartnoma imzolanmoqda

“Buxoro” jamoasi yangi mavsumga tayyorgarlikni poytaxtda davom ettirmoqda.

Jamoa kuniga uch mahaldan mashg'ulotlar olib borish bilan birga, juda ko'plab nazorat-sinov uchrashuvlarida qatnashib kelyapti.

Jamoa ixtiyorida juda ko'plab yangi futbolchilar kelib ketishmoqda. Har bir nazorat uchrashuvidan so'ng murabbiylarda iliq taasurot qoldira olmagan futbolchilarga javob berilmoqda. Deyarli kun oralab asosiy tarkib hamda yoshlar turli jamoalar bilan nazorat uchrashuvini o'tkazishyapti.

Bugungi kunga kelib klub ko'plab futbolchilar bilan shartnomalarni izolab bo'ldi. Jumladan o'tgan mavsum “Buxoro” sharafini himoya qilganlar, Aleksandr Korneychuk, Farrux Turdaliev, Suxrob Nematov, Otabek Isroilov va qolgan barcha mahalliy futbolchilar bilan shartnomalar imzolandi.

Yangi kelgan futbolchilardan, Timur Kagirov va Dilyaver Abibulaevlar kelasi mavsumda “Buxoro” sharafini himoya qilishlari aniq bo'lib ulgurdi. Legionerlardan Vitaliy Plamadela bilan ham shartnoma qilindi.

Jamoa mashg'ulotlarida yangi legioner paydo bo'lganini etirof etib o'tishimiz mumkin. Moldavalik himoyachi Dmitriy Bogdan “Buxoro” ko'rigida bo'lib turibdi. 26 yoshli futbolchi Moldaviyaning turli yoshdagi terma jamoalar safida harakat qilgan.

Buxorolik muxlislarga yaxshi tanish bo'lgan legioner,  ukrainalik himoyachi Aleksandr Tarasenko bir muddat jamoa ixtiyorida bo'ldi va nazorat uchrashuvlarda qatnashdi, biroq uning hatti-harakatlari murabbiylar shtabiga maqul bo'lmagan va unga javob berildi.

Mochinov o'z intervyusida takidlaganidek, legionerlar tanloviga juda katta masuliyat bilan yondashyapti. Juda ko'plab legionerlar nazorat ostiga olingan va ularning har biri alohida o'rganib chiqilmoqda. Yaqin kunlar ichida jamoa ixtiyoriga yana bir legioner etib kelishi kutilmoqda. Uning kimligi sir saqlanmoqda, ushbu legioner hujumchi ekanligini aytib o'tish mumkin.

Jamoaning keyingi sparring-raqibi “Andijon” klubi bo'ladi.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика