So’nggi yangiliklar

15:27Жоан Лапорта: "Барселона" ва "Реал" ўртасидаги муносабатлар яхши эмас"  0 15:24"Футбол олами". "Нефтчи" чемпионликни Фарғонада нишонлаш имконига эга бўлди..."  1 15:03U-17 Жаҳон чемпионати. Ўзбекистон - Панама 6:1  0 14:35Ўзбекистон U-23 терма жамоаси мағлубиятга учради  10 14:18Жоан Лапорта: "Месси эндиликда “Барселона”га футболчи сифатида қайтмайди"  3 13:21"Реал" Эндрикни қўйиб юборишга рози бўлди  1 12:59Рубен Диаш: “Ман Сити”да янги ўйинчилар пайдо бўлди, лекин сифат ўзгармаган"  1 12:17Уэйн Руни: “МЮнинг ўтган ёзгача бўлган трансфер сиёсати даҳшатли эди"  1 11:53Ўзбекистон U-23 терма жамоаси асосий таркиби эълон қилинди  5 11:37Рауль Кумар: "Қатарга узоққа бориш мақсадида ташриф буюрганмиз ва биздан шуни кутишмоқда"  6 11:10Хорватия U-17 бош мураббийи: "Ҳеч қандай рақибдан қўрқмаймиз"  22 10:52"Ливерпуль" Салоҳга ўринбосар топди  1 10:24АПЛ клуби Родриго трансфери бўйича "Реал" билан музокараларни бошлади  0 09:56Дешам ЖЧ-2026дан кейин қайси клубни бошқариши мумкинлиги маълум бўлди  1 09:28"Ливерпуль" январда ПСЖ етакчиси учун 130 миллион евро тўлаши мумкин  5

"Buxoro" karvonsaroy emas! (rasmiy bayonot) Yangiliklar

"Buxoro" karvonsaroy emas! (rasmiy bayonot)

Teglar :  "Buxoro"
Telegramdagi "qizil VAR" kanali 24 yanvar kuni "Buxoro" klubidagi kadrlar qo'nimsizligi haqida yozgandi.

Klub matbuot xizmati o'sha xabarga rasmiy munosabatini bildirdi.

"Joriy yil 24 yanvar kuni "championat.asia" veb sahifasida "Buxoro" "karvonsaroy"mi? mavzusida xabar tarqaldi.

 Darhaqiqat, FIFA tomonidan "Buxoro" futbol klubiga transfer taqiqi qo'yilishi holati jamiyat rahbariyati va malakali yuristlar tomonidan O'zbekiston futbol associaciyasining tegishli vakillari bilan hamkorlikda ko'rib chiqildi va  "Buxoro NQIZ" MCHJ raxbariyatining amaliy yordami bilan yuzaga kelgan muammo bartaraf etildi. Ayni kunlarda, ushbu masala bo'yicha to'plangan asoslovchi hujjatlar, klubga qo'yilgan transfer taqiqni echish uchun O'zbekiston futbol associaciyasi orqali FIFAga yuborishga tayyorlanmoqda.

 Jamoaga nisbatan bildirilgan "qo'nimsizlik" masalasini ochiqlaganda, klub faoliyati samaradorligining tahliliga ko'ra, bir muhim mulohazaga etibor qaratishni taqozo etadi. Xususan, malumki har qanday tashkilotda uning faoliyati natijadorligi muntazam ravishda nazoratda bo'ladi va qo'yilgan vazifalar uddalanmagan taqdirda keskin choralar, hatto ijrochi rahbarlar va jamoa azolarini ham o'zgartirishga to'g'ri keladi.

 "Buxoro" futbol klubi faoliyatida ham  "Buxoro NQIZ" MCHJ tomonidan o'tkazilgan audit, tahlil va o'rganishlar natijalari asosida aynan shu tarzda ish ko'rildi.

Yana "Buxoro" futbol jamoasi muxlislari, OAV vakillari hamda boshqa ishqibozlar uchun shuni alohida qayd etish kerakki, endilikda klub faoliyatiga bog'liq muhim masalalar bo'yicha viloyatda tashkil etilgan "Kengash"da ko'rib chiqilgandan keyingina bir qarorga kelinadi. Mazkur "Kengash" tarkibiga futbol bo'yicha taniqli ustoz-murabbiylar, davlat tashkilotlari, talim muassasalari, OAV, muxlislar vakillari va malakali mutaxassislar kiritilgan bo'lib, ular jamoaning joriy holatidan hamisha xabardor bo'lib kelishmoqda. SHu boisdan, ayni paytda klubga nisbatan ishlatilgan "karvonsaroy"mi? so'ziga o'rin qolmagan.

 Yangi mavsumda klubning joriy rahbariyati, xususan direktor O'tkir Qodirov va 2021 yilda Samarqandning "Dinamo" klubini katta xarajatlarsiz Superligaga olib chiqishni uddalagan tajribali murabbiy Xakim Fuzaylov oldiga aniq  maqsad, yani jamoani elitaga qaytarish vazifasi qo'yilgan hamda uning bajarilishi doimiy nazoratda bo'ladi. 

"Buxoro" jamoasi hozirda Toshkentda davom etayotgan o'quv-yig'in davomida, seleksiya ishlarini bir daqiqaga ham, to'xtatgani yo'q. Jamoa bir nechta mahoratli futbolchilarni tarkibga jalb qilmoqda. SHunindek bir qator o'rtoqlik o'yinlari tashkil etilib, jamoa shakllantirilmoqda.


 SHu bilan birga, klubning o'tgan davrdagi faoliyati jarayonida ayrim noaniqliklar va kamchiliklarga yo'l qo'yilgan holatlar bo'yicha tegishli audit va tahlillar o'tkazilib, aniq tasir choralari ko'riladi.

 Buxoroning markaziy o'yingohi masalasiga keladigan bo'lsak, stadionda ayni paytda "Buxoro NQIZ" MCHJ va viloyat rahbariyati nazorati ostida joriy tamirlash ishlari yakunlangan bo'lib, maydonga yangi chim yotqizish uchun maxsus drenaj tizimini yaxshilash va zarur qum to'ldirish ishlari davom ettirilmoqda.

 Safarbar qilingan ish bajaruvchi tashkilotlar, mutaxassislar va texnikalar ish hajmini hisobga olgan holda markaziy o'yingoh joriy yil mart oyining     2-dekadasida foydalanishga tayyor holatga keltirilishi mo'ljallanmoqda.


Yuqoridagilarga asoslangan holda "Buxoro" futbol klubini samarali faoliyatiga befarq bo'lmagan muxlislar, ishqibozlar va OAV vakillarini klub haqida aniqlashtirilmagan, asoslanmagan xabarlarni tarqalishini oldini olish hamda jamoani qo'llab-quvvatlash bo'yicha jamiyat rahbariyati bilan to'g'ridan-to'g'ri hamkorlik qilishga va barcha taklif va tavsiyalarni viloyat "Kengashi"ga kiritib borishga chaqiramiz.

“Buxoro” futbol jamoasi faoliyati haqida xabarlarni klubning telegram ijtimoiy tarmoqdagi quyidagi rasmiy kanali orqali kuzatib borishingiz mumkin", deyiladi xabarda.

Reyting: -9   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика