So’nggi yangiliklar

11:37Расман: "Динамо" буркина-фасолик футболчини таркибга қўшиб олди  0 11:05"Реал Мадрид" ПСЖ футболчисига 90 миллион евро беришга тайёр  0 10:41"Динамо"дан навбатдаги юриш. Жамоа Буркина-Фасо терма жамоаси футболчиси билан шартнома имзолади  2 10:19Марадонанинг йиртилган формаси кимошди савдосида жуда қимматга сотилди  3 09:51"Реал" футболчиси Саудияга кетмоқчи, бироқ унга ПСЖ жиддий қизиқмоқда  0 09:23"Манчестер Юнайтед" бош мураббийи клубнинг келажаги бўладиган футболчи ҳақида гапирди  0 08:55ESPN "Реал Мадрид"да Хаби Алонсо ўрнини эгаллаши мумкин бўлган асосий номзодни эълон қилди  3 08:30"Каттақўрғон" катта футбол учун дастлабки қадамларни ташлади  1 08:01Ўзбекистонлик футболчи Косово жамоаси билан шартнома имзолади  5 07:29Ўзбекистон МТЖ аъзоси "Андижон"га ўтишга яқин  15 00:30"Реал" ёзда Пасни "Комо"дан 9 млн еврога сотиб олишга қарор қилди. Нико қайта сотилмайди  0 23:41"Реал" Карвахалга ўринбосар топди  1 23:04Хаби Алонсо "Реал"дан учта юлдузни сотиб олишни сўради  5 22:15“Барселона” ва “Ювентус” “Борнмут” футболчисига қизиқмоқда  0 21:48"Арсенал" ҳимоячиси Салиба: "Мен АПЛни яхши кўраман, лекин асосий мақсадим — Чемпионлар лигаси"  1

"Buxoro" bosh muarabbiyi: "Oldimizga qo'ligan vazifani bajarib, Superligaga yo'llanmani qo'lga kiritdik" Yangiliklar

"Buxoro" bosh muarabbiyi: "Oldimizga qo'ligan vazifani bajarib, Superligaga yo'llanmani qo'lga kiritdik"

Bugun Superligaga yo'l olgan "Buxoro" jamoasi bosh murabbiyi Hakim Fuzaylov o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

"O'yin haqida endi hech nima deya olmayman, chunki oldimizga qo'yilgan vazifani bajarib, Superligaga yo'llanma oldik.


Avvalambor barcha futbolchilarimga katta rahmat, butun turnir davomida o'zlarini professional tomonlama ko'rsatganlari uchun, maydonda borlarini berib harakat qilganlari uchun. Barcha ishchi xodimlarga, qorovuldan tortib, tibbiyot xodimlarigacha hamma hammalariga katta rahmat. Buxoro viloyat hokimi Botir Zaripovga futbolga bo'lgan etiborlari uchun, jamoamiz bosh direktori O'tkir Qodirovga biz bilan hamnafas bo'lib, har bir futbolchi va xodimlar nisbatdan yuksak etiborlari uchun va bizning bosh homiymiz bo'lmish Buxoro neftni qayta ishlash zavodi direktori Akbar Fozilovga alohida tashakkurlarimni bildirib o'taman.


 Muxlislarimizga esa shuni aytib qo'ymoqchiman, biz sizlar uchun harakat qildik, sizlar bunga arziysizlar! Issiq saratonda ham, qaxraton sovuqlarda ham, xoh uyda, xoh safarda o'ynamasak, sizlar bizlarni yolg'izlatib qo'ymadingizlar. Sizlarga katta rahmat. Superliga muborak aziz Buxorolik muxlislar!"

Reyting: +8   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика