Butun umr Milan muxlisi bo'lib qolaman. Zlatan xayrlashuv nutqida nimalar dedi?
05 iyu 2023 07:45
Yangiliklar
Butun umr Milan muxlisi bo'lib qolaman. Zlatan xayrlashuv nutqida nimalar dedi?
A Seriya 38-turi doirasidagi Milan - Verona (3:1) o'yinidan keyin rossonerlar bilan xayrlashuvi elon qilingan Zlatan Ibragimovich San-Sirodagi xayrlashuv nutqida futbolchilik faoliyatini yakunlashga qaror qilganini malum qildi.
«Butun umr «Milan» muxlisi bo'lib qolaman. Hozirgi holatda hayajon kuchli, nafas olishim ham qiyin, ammo hammasi joyida. «San-Siro»dan shunchalik ko'p xotiralar qolayaptiki... Boshida u menga mehr berdi, keyin esa – baxt.
Oilamga sabr uchun rahmat deyman. Ikkinchi oilam – o'yinchilar, murabbiylar, xodimlardan ham minnatdorman. Muxlislarga ham chin yurakdan tashakkurimni bildiraman. Futbol bilan xayrlashish fursati etdi, ammo siz bilan emas», - deydi 41 yoshli shveciyalik hujumchi.
Malumot uchun, Zlatan professional faoliyatini 1999 yilda boshlagan. U «Milan»dan tashqari, «Malme», «Ayaks», «Yuventus», «Inter», «Barselona», «PSJ», «Manchester Yunayted», «Los-Andjeles Gelaksi» klublari sharafini himoya qilgan.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Аргентина ЖЧ-2026дан четлатилиши мумкин
Ла Лига. Рафиньянинг дубли "Барселона"га "Осасуна" устидан ғалабани тақдим этди
Эрлинг Ҳоланд Криштиану Роналдуни қувиб ўтиб, АПЛ рекордини янгилади
Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди
Fikrlar