Buskets: "O'ylaymanki, Xavi xotirjam bo'lishi mumkin, g'alabalar ruhiyatimizni ko'tardi"
24 okt 2022 14:30
Yangiliklar
Buskets: "O'ylaymanki, Xavi xotirjam bo'lishi mumkin, g'alabalar ruhiyatimizni ko'tardi"
"Barselona" yarim himoyachisi Serxio Buskets "Atletik" ustidan qozonilgan g'alaba (4:0) haqida fikr bildirdi.
"Biz raqib juda kuchli jamoa ekanligini bilardik, shuning uchun bor diqqatimizni jamlagan holda maydonga tushdik. Biz ularning o'yin tezligiga moslashmoqchi edik. Boshidan ajoyib o'ynadik.
Maqsadimiz – sifatli futbol ko'rsatishda va g'alaba qozonishda davom etish.
"Real"ga mag'lub bo'lganimizda qiyin davrni o'tkazdik, ammo "Vilyarreal" va "Atletik"ka qarshi o'yinlarda o'zimizga kelib oldik.
O'ylaymanki, Xavi xotirjam bo'lishi mumkin, g'alabalar ruhiyatimizni ko'tardi", – dedi Buskets.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
ЕЧЛ. "Реал Мадрид" Вальверденинг хет-триги эвазига "Манчестер Сити"ни мағлуб этди
ЕЧЛ. "Барселона" меҳмонда "Ньюкасл" билан дуранг ўйнади
Суперлига. "Насаф" сўнгги дақиқаларда урилган гол эвазига "Динамо" билан дуранг ўйнади
ЕЧЛ. "Реал Мадрид" — "Манчестер Сити" 3:0
Fikrlar