Buskets Messining jarohati haqida gapirdi
05 okt 2023 20:48
Yangiliklar
Buskets Messining jarohati haqida gapirdi
"Inter Mayami" yarim himoyachisi Serxio Buskets argentinalik hujumchi Lionel Messining jamoaning so'nggi o'yinlarida ishtirok etmayotgani haqida o'z fikri bilan o'rtoqlashdi.
36 yoshli forvard jarohati sabab to'rtta o'yinni o'tkazib yubordi.
"Messining maydonga qaytishini avvalo Lionelning o'zi istaydi. Keyin biz, uning jamoadoshlari buni xohlaymiz. Messining qanchalik muhimligini barcha biladi. Futbolda jarohatlarni nazorat qila olmasligingiz achinarli”, - dedi Serxio.
Messi o'tgan yozda erkin agent sifatida klubga qo'shilgandi. Tajribali hujumchi "Inter Mayami" bilan 2025 yil oxirigacha uzoq muddatli shartnoma imzoladi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
АПЛ. "Арсенал" "Астон Вилла"нинг ғалабали сериясига нуқта қўйди. МЮ аутсайдерни мағлуб эта олмади
ОЧЛ 2 плей-офф босқичига қуръа ташланди: Роналду етакчилигидаги "Ал Насср" "Арқадағ" билан ўйнайди
Месси "Америка қироли" мукофотини қўлга кирита олмади. Уни "Фламенго" ярим ҳимоячиси ортда қолдирди
Breaking! Бозоров, Алибоев, Рўзиев ва Холмуродов терма жамоадан чақирув олди
Fikrlar