Buskets "Barselona"dan yangi shartnoma kutmoqda
03 fev 2023 14:35
Yangiliklar
Buskets "Barselona"dan yangi shartnoma kutmoqda
Ispaniyalik yarim himoyachining amaldagi shartnomasi mavsum so'ngida nihoyasiga etadi. Xavi va Joan Laporta tajribali futbolchini jamoada qolishini istayotganliklarini aytib kelayotgan bo'lsa-da, haligacha jamoa sardoriga hech qanday rasmiy taklif bildirilmagan.
Futbolchining o'z kelajagini fevral oyida hal qilmoqchi. Kataloniya klubi chindan uning xizmatlariga yana bir yoki undan ko'proq mavsumga ehtiyoj sezsa, tezroq harakatga kirishishiga to'g'ri keladi.
Avvalroq Ispaniya terma jamoasi azosi boshqa bir klubga o'tishni istayotgani malum qilingandi. Uni o'z safida ko'rish uchun "Inter Mayami" va "Al Nassr" qiziqish bildirdi. Futbolchi allaqachon Saudiya Arabistoni klubidan katta taklif olgani aytilmoqda. U faoliyatining qolgan qismini MLS'da ham davom ettirishi mumkin.
Buskets joriy mavsum Xavi jamoasining muhim o'yinchilaridan biri bo'ldi va o'tkazilgan 19 o'yinning 15 tasida maydonga tushdi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
ЕЧЛ. "Реал Мадрид" Вальверденинг хет-триги эвазига "Манчестер Сити"ни мағлуб этди
ЕЧЛ. "Барселона" меҳмонда "Ньюкасл" билан дуранг ўйнади
Суперлига. "Насаф" сўнгги дақиқаларда урилган гол эвазига "Динамо" билан дуранг ўйнади
ЕЧЛ. "Реал Мадрид" — "Манчестер Сити" 3:0
Fikrlar