So’nggi yangiliklar

02:10ЕЧЛ. "Атлетико" яна бешта гол урди, "Бавария" ва "Интер"да йирик ғалаба (барча натижалар)  4 01:21Хаби Алонсо: "Қайрат" Чемпионлар Лигасида ўйнашга муносиб жамоа"  2 00:34ЎФА терма жамоалар бўлими собиқ раҳбари: "Қозоғистон билан ўртоқлик учрашуви бўйича музокаралар олиб борилган эди, аммо..."  2 23:58Иван Бошкович: "Битта чиройли зарба ўйин тақдирини ҳал қилди"  3 23:37ЕЧЛ. "Қайрат" ўз майдонида "Реал"га йирик ҳисобда ютқазди, Мбаппедан хет-трик!  102 23:27Виталий Левченко: "Сафарда муҳим ғалабани қўлга киритдик"  5 23:13Отабек Нарзуллаев: "Ҳимоямизни анча яхшилаб олдик"  1 23:08ЕЧЛ. "Интер", "Ливерпуль", "Челси" ва бошқа жамоаларнинг асосий таркиблари маълум!  2 22:55Футзал. 2-тур 3-кунида "Насаф", СҚБ ва "Oil-Star"да ғалабалар  1 22:43Александр Хомяков: "Бизга тетиклик етишмади"  8 22:39Суперлига. "Сўғдиёна" – "Нефтчи" 0:1   3 22:23Луис Энрике "Барселона"ни мақтади  1 21:41Клопп эмас: "Ал Иттиҳод" бош мураббийлиги учун асосий номзодлар маълум қилинди  0 21:14"Бунёдкор" мураббийлари тақдирланди  0 21:00Суперлига. "Нефтчи" меҳмонда "Сўғдиёна"дан устун келди  40

"Bunyodkor"ning yangi futbolchilari qaysi raqamlarda o'ynaydi? Yangiliklar

"Bunyodkor"ning yangi futbolchilari qaysi raqamlarda o'ynaydi?

Bugun "Bunyodkor" klubi 2016 yilgi mavsum oldidan yangi futbolchilarni tanishtirdi.

Tadbir davomida klub rahbariyati Bahodir Nasimov, SHahzodbek Nurmatov, Aleksandr Alempievich, Javlon Mirabdullaev, Sanjar Qodirqulov va Dilshodbek Ahmadaliev kabi yangi futbolchilarni ommaga tanishtirdi.

Oxirgi yillarni "Andijon" va "Metallurg" klubida o'tkazgan himoyachi Javlon Mirabdullaev "Bunyodkor"da 15-raqamda o'ynaydi. Ushbu himoyachi 2014 yilda Meksikada o'tgan o'smirlar o'rtasidagi Jahon chempionati ishtirokchisi hisoblanadi.

"Metallurg" klubidan transfer qilingan hujumchi SHahzodbek Nurmatov "qaldirg'ochlar" safida 11-raqamda to'p tepadi. Nurmatov milliy terma jamoada 3ta o'yin o'tkazgan.



Bahodir Nasimov Samarqandning "Dinamo", Rossiyaning "Rubin", Ozarboyjonning "Neftchi" va Eronning "Padideh" klubida faoliyat olib borgan. Milliy terma jamoa safida 20ta o'yinda maydonga tushib 5ta gol urgan. Nasimov "Bunyodkor"da 14-raqamni oldi.

Serbiyalik yarim himoyachi Aleksandr Alempievich faoliyati davomida Serbiya, Vengriya klublarida to'p tepgan. 2014 yil "Olmaliq" safida o'ynab o'zbekistonlik muxlislarga tanilgan. O'tgan mavsumni "Mladost" klubida o'tkazgan. Alempievich "Bunyodkor"da 71-raqam ostida o'ynaydi.



Yarim himoyachi Sanjar Qodirqulov va himoyachi Dilshod Ahmadaliev o'tgan mavsumni "Obod"da ijarada o'tkazgandi. Ikkala futbolchi ham "Bunyodkor" klubi tarbiyalanuvchilari hisoblanadi. Qodirqulov 26, Ahmadaliev esa 16-raqamlarni tanladi.


Narzulla Saydullaev

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика