So’nggi yangiliklar

12:51Моуринью "Риу Аве" билан 1:1 ҳақида: "Бош ҳакамда ирода йўқ"  0 12:44ЎФФ президенти Миллий терма жамоа ўйинчилари билан учрашди  0 11:58Футзал. Бугун Ўзбекистон Қирғизистон билан ўйнайди  0 10:55Пролига. "Олимпик-Mobiuz" бугун Нукусда меҳмон бўлади  0 10:32МЮ қишда тажрибалироқ дарвозабон билан шартнома имзоламоқчи  5 09:38"Ливерпуль" ҳужумчиси гол уриши билан қизил олди  0 09:10ФИФА 2030 йилги жаҳон чемпионатини 64 та жамоа билан ўтказишдан манфаатдор - манба  14 09:05Goal. 2026 йилги "Олтин тўп" даъвогарлар рейтингини тузди. Амалдаги "Олтин тўп" соҳиби ТОП-5 да ҳам эмас  12 08:47Расман: "Барселона" юлдузларидан бири жароҳат туфайли узоқ муддатга сафдан чиқди  4 08:20Саудия қироли кубоги. "Олтин тўп" соҳиблари майдонга тушмаган баҳсда "Ал Насср" ва "Ал Иттиҳод" кейинг босқичга чиқди  1 07:48Ҳусанов жароҳат сабабли "Манчестер Сити"нинг нечта учрашувида майдонга тушмаслиги маълум  14 02:24Италия кубоги. "Милан" "Лечче"га қарши учрашувда навбатдаги ишончли ғалабасини қайд этди  2 02:20Ла Лига. "Реал Мадрид" меҳмонда "Леванте"ни йирик ҳисобда таслим этди  20 02:10Англия лига кубоги. "Ливерпуль" ва "Челси" ўз учрашувларида ғалаба қозониб, кейинги босқичга йўл олишди  8 00:30Кейн Англияга қайтмишни режалаштирмаяпти  6

"Bunyodkor"ning qirg'izistonlik legioneri: "O'z o'yinimizni yuz foiz ko'rsata olmadik. Buning sababi..." Yangiliklar

"Bunyodkor"ning qirg'izistonlik legioneri: "O'z o'yinimizni yuz foiz ko'rsata olmadik. Buning sababi..."

Toshkentning "Bunyodkor" klubi Superliganing birinchi turida o'z maydonida Muborakning "Mashal" jamoasini qabul qildi.

Mazkur uchrashuvda nigeriyalik hujumchi Ibrohim Tomivaning yagona goli "Bunyodkor"ga kichik 1:0 hisobidagi g'alabani taqdim qildi. Ushbu uchrashuvdan so'ng Tomivaning goliga assistentlik qilgan qirg'izistonlik yarim himoyachi Odiljon Abdurahmonov saytimizga fikrlari bilan o'rtoqlashdi. 

"Mavsumni g'alaba bilan boshlash yoqimli. Har qanday musobaqada birinchi o'yin doim qiyin bo'ladi. Nafaqat bizga, balki, qolgan ishtirokchi jamoalarga ham. Omad bizga kulib boqdi. O'z o'yinimizni yuz foiz ko'rsata olganimiz yo'q. Navbatdagi turlarda bir-birimizni yanada yaxshiroq tushunib, chiroyli o'yin ko'rsatishga harakat qilamiz. 

To'g'ri, birinchi bo'limda o'yinimiz qovushmadi. Bu maydonda joriy yilda birinchi marotaba o'ynadik. Maydonni his qilib olishmiz uchun ham malum vaqt ketdi. Maydonga moslashib olganimizdan so'ng ikkinchi bo'limda rejalarimiz qisman ish berdi. 

Goldan so'ng bir necha daqiqa himoyalanishimizga to'g'ri keldi. Keyin yana o'zimizga kelib oldik va oxirgi daqiqaga qadar kurashdik. Stadionga qo'llab-quvvatlash uchun kelgan muxlislarga rahmat aytib qolaman va g'alaba bilan tabriklayman",- deydi Abdurahmonov.

Reyting: +6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика