So’nggi yangiliklar

00:55"Манчестер Юнайтед" ва "Челси" "Ланс" ярим ҳимоячиси учун курашади  0 00:39Англия лига кубоги. ​"Кардифф Сити" – "Челси". Таркиблар маълум  1 00:31Каннаваро, Шомуродов ва Файзиев The Best соврини учун кимга овоз беришди?  5 00:18"Барселона"нинг Испания Кубогидаги учрашуви ярим соатга кечиктирилди  0 00:06Испания кубоги. "Гвадалахара" – "Барселона": Тер Штеген бу мавсумдаги илк ўйинида майдонга тушади  0 23:57"У баскетболчими?" – Рафиньянинг рафиқаси ФИФАни танқид қилди  9 23:35Расман: "Динамо" франциялик ҳимоячи билан шартнома имзолади. Унинг охирги клуби – "Аяччо"  10 23:12Дембеле, Ямал, Беллингем, Пальмер – ФИФА 2025 йилги рамзий терма жамоани эълон қилди  5 22:44Усмон Дембеле ФИФА талқинига кўра йилнинг энг яхши футболчиси деб топилди!  10 22:33The Best: Луис Энрике ФИФА талқинига кўра йил мураббийи деб топилди  2 22:14Сауль: "Реал"нинг мухлислари йўқ. Стадионга борсангиз, ҳеч нарсани ҳис қилмайсиз"  8 21:27Акмал Мозговой Жаҳон чемпионатидаги рақиблар, "Насаф"нинг Элит ОЧЛдаги иштироки ва "Банияс" ҳақида гапирди  0 20:55Мусиала 164 кундан сўнг "Бавария"нинг умумий гуруҳида машғулотларида қатнашди  3 20:25Расман: "Аякс" июль ойидан бери клубсиз бўлган "Арсенал" собиқ ҳимоячиси билан шартнома имзолади  1 19:58Мирзаҳаким Тўхтамирзаев "Интерфутбол" кўрсатувининг яралиш тарихи ҳақида сўзлаб берди  4

"Bunyodkor" klubidagi o'zgarishlar haqida rasmiy malumot Yangiliklar

"Bunyodkor" klubidagi o'zgarishlar haqida rasmiy malumot

"Bunyodkor" klubi rahbariyati, asosiy jamoa murabbiylar shtabidagi o'zgarishlar borasida xabar bergan edik. Quyida mazkur mavzu bo'yicha rasmiy malumot bilan tanishishingiz mumkin.


Eshitdik-da! "Bunyodkor"da klub rahbari, akademiya direktori va murabbiy o'zgardi

Yig'ilish avvalida, Prezidentimiz SHavkat Mirziyoev tomonlaridan so'nggi yillarda millionlar o'yini bo'lgan va mamlakatimizda alohida o'rin tutadigan futbolni rivojlantirish hamda taraqqiy ettirishga katta etibor qaratilayotgani, bunga O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 4 dekabrdagi “O'zbekistonda futbolni rivojlantirishni mutlaqo yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari to'g'risida”gi PF-5887-sonli farmoni yaqqol misol ekani takidlab o'tildi. 




“Bunyodkor” futbol klubi prezidenti Mehriddin Abdullaev boshchiligida klub rahbariyati, futbolchilar va Fan klub azolari ishtirokida o'tkazilgan yig'ilishda so'nggi vaqtda klubdagi nosog'lom muhit, klubning Superligadagi salbiy ishtiroki keskin tanqid qilindi.

SHuningdek, O'zbekistonda futbolni 2030 yilgacha rivojlantirishning yangi bosqichga olib chiqish koncepciyasi, O'zbekistonda futbolni 2030 yilgacha rivojlantirishning maqsadli ko'rsatkichlari qabul qilingani, uning ijrosiga masullarning shaxsiy javobgarligi belgilangani aytib o'tildi.

SHunga qaramay, bugungi kunda “Bunyodkor” futbol klubida berilgan vazifalarni bajarish bo'yicha amalga oshirilayotgan ishlar qoniqarsiz holatda, natijalar esa achinarli ahvolda ekanligi, holatni yaxshilash va sog'lomlashtirish uchun klubda va direkciya rahbariyatida o'zgarishlar amalga oshirilgani bildirildi.

Barcha sharoitlar yaratib berilganiga qaramay kutilgan natijani bermayotgani, bunga so'nggi vaqtlarda, asosiy jamoaning ko'rsatayotgan uyinlari va erishgan natijalaridan ham ko'rish mumkinligi, xususan, Superliga joriy mavsumining 18-turidan so'ng jamoa 20 ochko jamg'argan holda 9-o'rinda borayotgani tanqid ostiga olindi.  

Takidlash kerakki, 18 ta o'yinda 20 ta gol urilgan bo'lsa, 29 ta to'p o'tkazib yuborilgan yoki to'plar nisbati – 9. Superliganing 2021 yil mavsumida jamoa 18-turdan so'ng 29 ochko jamg'argan holda 5-o'rinni egallab turgan edi. To'plar nisbati esa + 12.

Mehriddin Abdullaev holat shu tarzda davom etadigan bo'lsa, “Bunyodkor” o'zi tarixidagi eng sharmandali holatga tushishi, achinarlisi esa Superligani joriy yil yakuni bilan tark etishi mumkinligidan xavotir bildirdi. 

Bunday salbiy natijalar uchun avvallari moliyalashtirishdagi muammolar bahona qilingani, hozirda moliyalashtirishda muammo yo'qligi aksincha klub va direkciya uchun zarur barcha mablag'lar, oylik-maoshlari va mukofot pullari o'z vaqtida moliyalashtirilayotgani aytildi. 

Yuqoridagilar klub direktori Mirzaev Ulug'bek hamda asosiy jamoa murabbiyi Viktor Karpenkoning o'z vazifalarini etarli darajada bajarmayotganligidan dalolat berayotgani malum qilindi hamda yuqoridagilardan kelib chiqib, klub direktori Ulug'bek Mirzaev lavozimidan ozod etilib, uning o'rniga “Bunyodkor” Akademiyasi direktori Aziz Haydarov tayinlandi. 

Asosiy jamoa murabbiyi Viktor Karpenko o'rniga “Bunyodkor” U-21 jamoasi bosh murabbiyi Ivan Boshkovich tayinlanadi. Boshkovich futbolchi va murabbiy sifatida  Evropa futboli bilan tanish. Uning tajribasi jamoadagi natijalarni o'zgartirishiga umid bildirildi.

Ivan Boshkovichga avvalo jamoadagi muhitni o'zgartirish, futbolchilar bilan alohida ishlash bo'yicha topshiriq va vazifalar berildi. SHuningdek, Bosh murabbiy faoliyatiga har qanday aralashuv jazolanishi takidlandi.

Akademiya rahbari sifatida shu kunga qadar faoliyat yuritib kelgan Aziz Haydarovning Klub Bosh direktori bo'lgani sabab, “Bunyodkor” akademiyasi direktorligiga, Akademiyada faoliyat yuritib kelayotgan Islom Ahmedov tayinlanadi. 

Islom Ahmedov futbolda katta tajribaga ega ekspert hisoblanib, Akademiya rahbarligiga aynan shunday mutaxassis kerakligi bugungi kun talabi ekanligi aytildi. 

Barcha tayinlanayotgan mutaxassislar katta tajribaga ega hamda “Bunyodkor” klubida o'z faoliyatlarini olib bormoqdalar. Ulardan klubning bugungi kundagi holatidan xulosa qilgan holda, qisqa muddatda klub faoliyatini sog'lomlashtirish, natijalarni yaxshilash, islohotlarni amalga oshirish orqali Osiyo va yurtimiz futbolidagi nufuzini oshirishlari talab etiladi. 

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика