So’nggi yangiliklar

08:16Футзал. Бугун бронза учун майдонга тушамиз  0 07:50U-17 Жаҳон чемпионати. Осиёнинг иккита жамоаси плей-оффда. Кечаги кун натижалари билан танишинг  0 07:18U-17 Жаҳон чемпионати. Бугун бизни гуруҳдаги ҳал қилувчи учрашув кутиб турибди  5 01:19МЛС клублари лигага Неймар келишини хоҳлашмаяпти, улар бразилияликни "бош оғриғи" сифатида кўришмоқда  3 00:46Родриго “Реал”даги ролидан тобора норози бўлмоқда ва январда клубни тарк этиши мумкин  0 00:15Туркияда 1000 дан ортиқ футболчи қимор можароси сабабли четлатилди. Рўйхатда "Галатасарой" ва "Бешиктош" ўйинчилари ҳам бор  5 23:35Суперлига. "Сурхон" – "Шўртан" 1:0  0 23:24Ўзбекистон терма жамоасининг Дубайдаги машғулоти  2 22:57 8 та ўйиндан бери ғалаба қозона олмаётган "Аталанта" Юрични ишдан бўшатди  3 22:04Ўзбекистон U-17 терма жамоасининг расмий машғулоти  5 21:15Февзи Давлетов: "Рустам Турдимуродов жамоада қоладими? Тўғриси, бу саволга жавоб бериш мен учун қийин"  8 21:00Асрор Алиқулов: "Оддий вазиятда хатога йўл қўйиб гол ўтказиб юбордик"  0 20:42Месси "Камп Ноу"га келиб, стадионга кириш учун шахсан рухсат сўради  16 20:02Суперлига. "Сурхон" ўз майдонида "Шўртан"дан устун келди  16 19:50"Галатасарой" президенти Месси билан боғлиқ миш-мишлар ҳақида: "Биз бундай музокаралар олиб бориш мумкин бўлган даражага етдик"  5

"Bunyodkor" yangi futbolchilarni tanishtirdi Yangiliklar

"Bunyodkor" yangi futbolchilarni tanishtirdi

Toshkentning "Bunyodkor" klubi 2022 yilgi mavsumdan oldin o'z tarkibiga qo'shib olgan yangi futbolchilarni tanishtirdi.

Tadbirda "Bunyodkor" bosh direktori Ulug'bek Mirzaev va "Bunyodkor" bosh murabbiyi SHuhrat Maqsudov ishtirok etishdi.

"Barchani yangi mavsum bilan tabriklayman. Ertaga 1-turda "So'g'diyona" klubiga qarshi o'yin bilan mavsumni boshlaymiz. Yangi mavsumda o'z oldiga yangi marralarni qo'yadi va yuqori o'rinlarni egallashga harakat qilamiz", - deydi Ulug'bek Mirzaev.




"Hammani 2022 yilgi O'zbekiston chempionati start olgani bilan tabriklayman. "Bunyodkor" jamoasi 5 yanvar kunidan deyarli yangi tarkib bilan mavsumga tayyorgarlikni boshladik. Klubimiz rahbari Mehriddin Abdullaev bilan suhbatlashgach, tarkbimizni o'z akademiyamiz tarbiyalanuvchilaridan iborat qilib tuzishga kelishib oldik. To'g'ri hozir bir qadam orqaga tashlayotgandirmiz, ammo vaqti kelib ikki qadam oldinga yuramiz. Turkiyada xorijiy yig'in o'tkazdik, yoshlarimizning ko'zida xohishni ko'rdim, akademiyamizdagi sharoitlar barcha havas qiladigan darajada. Faqat yoshlarda tajriba etishmayapti, bu tabiiy holat. Tajriba o'yinlar orqali keladi. "Bunyodkor"ning kelajagi ishonchli qo'llarda. Yoshlarga etibor qilayotganimizni akademiyamizda hozir tahsil olayotgan yosh bolalar ham ko'rishmoqda va ular ham kelajakda asosiy tarkibga kirishga urinishadi.

Biz yolg'iz emasmiz, futbolchilarimiz mana shu muxlislarimiz uchun chiroyli o'yinlar namoyish etishga harakat qilishadi. Muxlislardan bitta iltimos, har qanday natija qayd etilsa ham jamoani qo'llab quvvatlab turasizlar deb umid qilaman", - dedi SHuhrat Maqsudov.




Malumot uchun, "Bunyodkor" asosiy tarkibi uchun 27 nafar futbolchi ro'yxatdan o'tkazildi.

"Xudo xohlasa jamoamiz 99 foizga tayyor. Har bir o'yinda faqat g'alaba uchun chiqamiz. Bizga qarshi o'ynaydigan jamoalarga oson bo'ladi deyishmoqda, ishontirib aytaman unday bo'lmaydi. "Bunyodkor" doim sovrinli o'rinlar uchun kurashadi", - dedi jamoaning yangi sardori Davronjon Ergashev.



"Bunyodkor" doim g'alaba uchun maydonga tushadi. Barchaga yangi mavsumda omad yor bo'lsin", - dedi 2004 yilda tug'ilgan himoyachi Jahongir O'rozov.

SHundan so'ng, "Bunyodkor" safiga kelib qo'shilgan yangi futbolchilarga formalar taqdim etildi:


Suhrobjon Sultonov - 32
Sardor Xursandov - 2
Dilshod Jo'raev - 5
Usmonali Ismonaliev - 22
Husayn Ergashboev - 14
Dmitriy Pobulich - 11
Francis Narx - 8 (viza bilan bog'liq muammo tufayli hali O'zbekistonga etib kelmadi).


- "Bunyodkor" uy o'yinlarini boshqa stadionda o'tkazishi haqida xabarlar chiqqandi. Hatto texnik mag'lubiyat yozilishi mumkinligi haqida xabar berildi. SHu masalaga oydinlik kiritib bera olasizmi?

Ulug'bek Mirzaev: - To'g'ri aytdingiz, so'nggi kunlarda juda ham qiyin vaziyatga tushib qolgandik. Biz mavsumni o'z stadionimizda boshlashni xohladik, boshqa tomondan maydon holatini ham o'ylashimiz kerak. SHunday katta stadionga ega bo'lib mavsumni boshqa stadionda boshlash to'g'ri bo'lmasdi. Bugun klub prezidenti kelib tasdiqlab berdi: "Bunyodkor" - "So'g'diyona" uchrashuvi "Bunyodkor" asosiy stadionida bo'ladi. Balki keyingi uy o'yinlarimiz boshqa stadionda bo'lar, ammo 1-tur o'z uyimizda bo'ladi. U-21 jamoasi uchun esa akademiyamizda ko'chma tribuna bunyod qildik va o'sha erda o'ynashga kelishib oldik.

- Turkiyadagi yig'inda nimadan ko'nglingiz to'ldiyu, nimadan qoniqmadingiz?
SHuhrat Maqsudov:
- Bitta joyda yashadik va oilaga aylanib ketdik. Yaxshi raqiblar bilan o'rtoqlik uchrashuvlari o'tkazdik. Natija esa yig'inlar paytida u qadar muhim emas. Asosiysi futbolchilarning o'zaro til topishib ketishi edi. Turkiyadagi yig'indan ko'nglimiz to'ldi. Qoniqmagan joyimiz bo'lmadi.

- Javlon Ibrohimov masalasi qanday yakunlandi?
Ulug'bek Mirzaev:
- Javlon Ibrohimov masalasidagi sud 15 dekabr kuni onlayn tarzda bo'lib o'tdi. SHveycariya sudi barcha fikrlarni tingladi va 2022 yil 31 maygacha bu borada yakuniy qaror elon qilinishini aytishdi.




Narzulla Saydullaev 

Foto: Xurshida Abdikulova

Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика