So’nggi yangiliklar

06:15ЕЧЛ. "Реал Мадрид" ҳамда "Тоттенхэм" ўз майдонида ғалаба қозонди. "Ювентус" қўшиб берилган дақиқаларда мағлубиятдан қутулиб қолди, "Бенфика" эса "Қорабоғ"га ютқазди  15 00:50Ямал жароҳати туфайли "Нюкасл"га қарши ўйнамайди  1 00:10ЕЧЛ. "Реал Мадрид" илк турда "Марсел"ни қабул қилмоқда (онлайн ҳисоб)  105 00:00ЕЧЛ. "Арсенал" илк турда "Атлетик"ка қарши ишончли ҳисобда ғалаба қозонди  26 23:24Элит ОЧЛ. "Трактор" меҳмонда "Шабаб Ал Аҳли" билан дуранг ўйнади. Хамробеков 78-дақиқада майдонга тушди  0 22:33"Милан" ва "Интер" "Сан-Сиро"ни сотиб олиш бўйича шаҳар маъмурияти билан келишиб олишди  0 22:03"Бу мағлубиятдан фожеа ясаш керак эмас, Осиё гранди билан қўрқмай ўйнагани учун ҳам раҳмат" — "Ал Аҳли" - "Насаф" учрашуви мутахассис нигоҳида   22 21:11Ўзбекистон футзал бўйича Японияга мағлуб бўлган ўйиндан ФОТОГАЛЕРЕЯ  2 20:58 "Навбаҳор" футбол мактаби "Аякс" футбол академияси бошқарувига берилади   11 20:43Фарҳод Нишонов: "Про лигага ВАР албатта керак"  0 20:2237 ёшли Мата Австралия чемпионатида жамоасини ўзгартирди  1 20:02Мирко Еличич: "Олимпик-MobiUz" – сифат ва тезлик бобида ажралиб турадиган, ҳужумкор ўйнайдиган жамоа"  0 19:44Аббосбек Ўлмасбеков: "Осиё Кубоги саралашида ҳар учала ўйинда ютишни ният қилганмиз"  1 19:13Ромеро: "Месси ЖЧ-2026га келиб яхши формада бўлади"  11 18:45Ўзбекистон футзал терма жамоаси ўртоқлик ўйинида Японияга имкониятни бой берди  14

“Bunyodkor-W” - “Lokomotiv-W” uchrashuvi qoldirildi Yangiliklar

“Bunyodkor-W” - “Lokomotiv-W” uchrashuvi qoldirildi

Ayollar Oliy ligasining 2-turidan o'rin olgan hamda 9 iyul sanasida bo'lib o'tishi rejalashtirilgan “Bunyodkor-W” hamda “Lokomotiv-W” klublari o'rtasidagi uchrashuv “Lokomotiv-W” klubi bilan bog'liq vaziyat sabab nomalum muddatga qoldirildi.

“Lokomotiv-W” jamoasi istiqomat qilayotgan “Lokomotiv” mehmonxonasida koronavirus infekciyasiga gumon qilingan fuqaro (klubga aloqador emas) aniqlangan bo'lib, mehmonxonada istiqomat qiluvchilarning barchasi belgilangan tartibda koronavirus uchun test topshirgan. Mazkur test javoblari aniq bo'lmagunicha “Lokomotiv-W” ishtirokidagi futbol uchrashuvi ehtiyot shart o'tkazilmaydi.

Ayni vaqtda xavotirga o'rin yo'q. O'zPFL futbolchilar salomatligini hisobga olib, shuningdek, karantin qoidalariga amal qilib, uchrashuvni boshqa sanada o'tkazishga qaror qildi. Ayollar chempionatida qoldirilgan uchrashuvlarni o'tkazib olish uchun bo'sh o'rinlar mavjud. “Lokomotiv-W” klubining “Bunyodkor-W” klubiga qarshi uchrashuvi qachon o'tkazilishi O'zPFL tomonidan keyinroq malum qilinadi.

O'zPFL mavjud vaziyatdan kelib chiqib, futbol jamoalari va uning azolaridan hozirgi epidemiologik holatda o'ta ehtiyotkor bo'lishni va barcha ehtiyot choralarini ko'rishni so'raydi. Qo'shimcha qilamizki, mamlakatimizda futbol uchrashuvlari qayta tiklanganidan buyon O'zPFL Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligi bilan muntazam aloqada bo'lib turibdi.

Reyting: -2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика