So’nggi yangiliklar

16:11Уэсли Снейдер: "Салоҳни тарихдаги энг буюк футболчилардан бири деб ҳисоблаш мумкин"  1 15:49Жозе Моуринью: "Илгари кўпроқ пул топгани энг яхши мураббий деб ҳисобланарди, энди эса – энг яхши образга эга бўлгани. Бугун энг муҳими – юқори даражали пиарга эга бўлиш"  2 15:31Иванович ва Швайнштайгер тўққиз йиллик турмушдан сўнг ажрашишди  1 15:13Артета АПЛдаги рақобат ҳақида: "Лигада биздан бошқа яна 6-8 та клуб соврин учун бемалол кураша олади"  0 14:54Ўзбекистон U-23 - Саудия Арабистони U-23. Энг яхши уч футболчи ким бўлди?  1 14:26Исак унга бўлган қизиқишлар фонида "Ньюкасл"даги йиллик маошини сезиларли даражада ошириб олмоқчи, аммо...  2 14:00Снейдер Моуринью ҳақида: "2010 йилда Жозе бизни ҳар кимни мағлуб этишимиз мумкинлигига ишонтирган"  2 13:24ФОТОГАЛЕРЕЯ. Ўзбекистон U-23 – Саудия Арабистони U-23 3:1  0 13:23"Like Cup" якунланди: "Ал Бадр" - чемпион!   5 13:08Ўтган мавсум 1 та гол урган АПЛ футболчиси Шомуродов ўрнига "Рома" ҳужумчисига айланди  10 12:46Снейдер "Олтин тўп" ҳар доим ҳам муносибларга насиб этмайди деб ҳисоблайди  26 12:19"Бенфика" ўзи учун рекорд сумма - 27 млн. еврога футболчи сотиб олди  3 12:00"Тоттенхэм" "Реал" вингерини сотиб олмоқчи  0 11:37Мажед Абдуллаҳ: "Биз учун яхши тажриба бўлди"  2 11:12Мбаппе янги мавсумда янги рақамда ҳаракат қилади  6

"Bunyodkor" vakillari Vadim Abramov boshchiligida O'zbekiston Davlat jahon tillari universitetiga tashrif buyurishdi Yangiliklar

"Bunyodkor" vakillari Vadim Abramov boshchiligida O'zbekiston Davlat jahon tillari universitetiga tashrif buyurishdi

"Bunyodkor" futbol klubi muxlislarni stadionga jalb qilish bo'yicha olib borayotgan targ'ibot-tashviqot ishlarini davom ettiradi.

Kecha Toshkent shahridagi Singapur menejmentni rivojlantirish institutiga tashrif buyurib, talabalar bilan uchrashuv o'tkazgan jamoamizning navbatdagi manzili O'zbekiston Davlat jahon tillari universiteti bo'ldi. Xuddi Singapur menejmentni rivojlantirish instituti singari bu dargoh ham "Bunyodkor"ga juda yaqin, deyarli qo'shni oliygohlardan biri desak mubolag'a bo'lmaydi.

Avvalgisidan farqli ravishda universitetga tashrifimiz talabalar bilan uchrashuv, o'zaro suhbat va savol-javoblar bilan yakuniga etdi. Ammo talabalarning millionlar o'yiniga qiziqishi, o'zbek futboliga bo'lgan etibori, jonkuyarligi tadbirning chiroyli o'tishini taminladi.


Talabalar nafaqat "Bunyodkor", balki o'zbek futbolining og'riqli nuqtalariga oid savollar bilan murojaat qilishdi. Tabiiyki, barcha savollarga batafsil va qoniqarli javob qaytarildi. Tadbir yakunida universitet rahbariyatiga estalik sovg'alari taqdim qilindi. Talabalarga esa, 31 mart kuni bo'lib o'tadigan Superliga doirasidan o'rin olgan "Bunyodkor" - "Paxtakor" o'yiniga chiptalar berildi. Qolaversa, universitet futbol jamoasi bilan o'rtoqlik o'yini o'tkazish borasida ham kelishuvga erishildi.

Reyting: +13   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика