So’nggi yangiliklar

02:10ЕЧЛ. "Атлетико" яна бешта гол урди, "Бавария" ва "Интер"да йирик ғалаба (барча натижалар)  2 01:21Хаби Алонсо: "Қайрат" Чемпионлар Лигасида ўйнашга муносиб жамоа"  1 00:34ЎФА терма жамоалар бўлими собиқ раҳбари: "Қозоғистон билан ўртоқлик учрашуви бўйича музокаралар олиб борилган эди, аммо..."  2 23:58Иван Бошкович: "Битта чиройли зарба ўйин тақдирини ҳал қилди"  2 23:37ЕЧЛ. "Қайрат" ўз майдонида "Реал"га йирик ҳисобда ютқазди, Мбаппедан хет-трик!  93 23:27Виталий Левченко: "Сафарда муҳим ғалабани қўлга киритдик"  5 23:13Отабек Нарзуллаев: "Ҳимоямизни анча яхшилаб олдик"  1 23:08ЕЧЛ. "Интер", "Ливерпуль", "Челси" ва бошқа жамоаларнинг асосий таркиблари маълум!  2 22:55Футзал. 2-тур 3-кунида "Насаф", СҚБ ва "Oil-Star"да ғалабалар  0 22:43Александр Хомяков: "Бизга тетиклик етишмади"  8 22:39Суперлига. "Сўғдиёна" – "Нефтчи" 0:1   3 22:23Луис Энрике "Барселона"ни мақтади  1 21:41Клопп эмас: "Ал Иттиҳод" бош мураббийлиги учун асосий номзодлар маълум қилинди  0 21:14"Бунёдкор" мураббийлари тақдирланди  0 21:00Суперлига. "Нефтчи" меҳмонда "Сўғдиёна"дан устун келди  40

“Bunyodkor” va “Lokomotiv” yoshlari durang o'ynashdi Yangiliklar

“Bunyodkor” va “Lokomotiv” yoshlari durang o'ynashdi

Teglar :  BunyodkorLokomotiv
Bugun “Bunyodkor” akademiyasiga qarashli maydonda bo'lib o'tgan bellashuvda 1:1 hisobi qayd etildi.

Uchrashuvning 19-daqiqasiga kelib mezbonlar hisobda oldinga chiqib olgan bo'lishsa, ikkinchi bo'limning ikkinchi daqiqasida Evgeniy Tanaev o'yindagi so'nggi golni kiritdi.

Futbolchilar qishki yig'in davomida jismoniy kuchli yuklamalarni olayotganliklari bois, Ruslan Ahmedxonov har ikki bo'limda boshqa-boshqa tarkibni maydonga tushirdi. Birinchi bo'limda “Bunyodkor” futbolchilari golga qadar kichik ustunlikka ega bo'lishdi. Asosiy tarkib azosi hisoblangan SHaker Zuagi o'yinni boshlang'ich tarkibda o'tkazdi. Gol o'tkazib yuborilganidan keyin esa hujumlar asosan yosh “temiryo'lchilar” tomonidan tashkil etildi.

Ikkinchi taymda “Lokomotiv” futbol maktabidan etishib chiqqan o'smirlar maydonga chiqarildi. Ular bo'limni ko'tarinki ruhda boshlab, ikki daqiqa ichida hisobni tenglashtirishdi. Yangi yil hisobidan poytaxtning boshqa bir klubi – “Paxtakor” yoshlariga qarshi o'yinda ham g'olib jamoa aniqlanmagandi – 0:0. 2016 yilning ikkinchi o'rtoqlik o'yinida ham kuchlar teng keldi.

Quyida bellashuvdan tushirilgan fotosuratlarni havola qilamiz. Ertaga – 31 yanvar kuni “Lokomotiv”ning asosiy tarkibi xuddi shu stadionda o'zaro ikkiga bo'lingan holda o'yin o'tkazadi. Bellashuv 13:00 da boshlanishi rejalashtirilgan.

BUNYODKOR – LOKOMOTIV 1:1 (1:0)

Gollar
: Sunnat Abdullajonov, 19 (1:0). Evgeniy Tanaev, 47 (1:1).

“Lokomotiv” (1-bo'lim): Rustam Nortojiev - Lazer Adamov, SHerzod Qodirov, Xumoyun Azamov, Nodir SHahobiddinov - Abdulaziz Ibrohimjonov, Abdurahmon Joldasev, Hayot Sotiboldiev, SHerzod Qayumov - Jahongir Soqiev, Aziz Fozilov.

“Lokomotiv” (2-bo'lim): Rustam Nortojiev - Otabek Muhamedov, Farrux Ibrohimov, Dilshod Ergashev, Ulug'bek Abdullaev - Jahongir Safarov, Bobur Ergashev, Evgeniy Tanaev, Rustam Xamroev, SHoxruh Mo'minqulov - Timur Usmonov.



1

 2

 3

 4

 5

 6

 8

 9

 10

 11

 12

 13

 15

 16

 14


Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика