So’nggi yangiliklar

01:55Ла Лига. Ямалсиз "Барселона" "Валенсия"га жавобсиз 6 та гол урди  17 01:53А Серия. Модричнинг голи "Милан"га "Болонья" билан ўйинда ғалабани тақдим этди  3 00:03Гвардиола Ҳусановнинг ўйини ҳақида фикр билдирди  23 23:45АПЛ. "Манчестер Сити" – "Манчестер Юнайтед" 3:0  1 23:33Маттиас Яйссле: "Насаф"нинг кучли томонларини яхши биламиз, аммо ғалаба учун ўз устунлигимизга эътибор қаратамиз"  4 22:42Лига 1. ПСЖ "Ланс"ни қийинчиликсиз таслим этди  1 22:25АПЛ. Ҳусанов тўлиқ ўйнаган Манчестер дербисида "Сити" "Юнайтед"ни йирик ҳисобда енгди  90 22:13ОПЛ. "Нефтчи" ва "Сабаҳ" ўзаро дуранг ўйнади, Раҳмоналиев иккинчи тайм бошида майдонга тушди  0 21:21Рўзиқул Бердиев: "Олдин ҳам "Ал Аҳли" сингари катта салоҳиятга эга жамоаларга қарши ўйнаганмиз"  14 21:10Илёс Зейтуллаев: "Янги стадионда тўп тепиш ўзгача ҳиссиётларни берди"  1 20:46Ҳаким Фузайлов: "Яна эски касалимиз қўзғади"  6 20:02АПЛ. "Ливерпуль" 90+5 дақиқада пенальтидан урилган гол эвазига "Бёрнли"ни мағлуб этди  16 20:00Про Лига. "Арал" "Олимпик"га имконият қолдирмади  1 19:55Абдухолиқовнинг пеналтидан киритган голи "Бунёдкор"га ғалаба тақдим этди  8 19:28А Серия. "Рома" Римда "Торино"га мағлуб бўлди  9

"Bunyodkor" va Javlon Ibrohimov ishi nima uchun CAS'gacha bordi? Yangiliklar

"Bunyodkor" va Javlon Ibrohimov ishi nima uchun CAS'gacha bordi?

Joriy yilda ilk bor o'zbekistonlik futbolchining ishi xalqaro sport arbitraj sudi yani CAS tashkilotida ko'rib chiqilmoqda.

Gap Javlon Ibrohimov va "Bunyodkor" haqida ketyapti. 2019 yil fevral oyida jamoani tark ketgan yarim himoyachi klubda 200 mln so'm puli qolganini aytilmoqda. Keyinchalik, O'FA Futbolchilarning Maqomi va O'tishi bo'yicha qo'mitasi hamda O'FA Apellyaciya qo'mitasi Ibrohimovning foydasiga qaror chiqargan. Biroq "Bunyodkor" tomon bu qarordan qoniqmadi va ishni Xalqaro sport arbitraj sudiga murojaat qildi. Mana shu masala hozirga qadar davom etib kelmoqda. Xo'sh, ish qaysi bosqichda? O'zbekiston futbolchilar uyushmasi rahbari Kamoliddin Murzoev kecha jonli efirda bu borada to'xtalib o'tdi. 


O'zbek futbolchisining ishi xalqaro arbitraj sudida ko'riladi. Muammo nimada?


"Faqat bir narsaga oydinlik kiritib o'tsam,"Bunyodkor" bu erda futbolchilar uyushmasini emas, O'FA qo'mitasi qarori ustidan Xalqaro sport arbitraj sudiga murojaat qilgan. Biz o'zimizda o'tkazilgan ikkita qo'mita, bir marotaba appelyaciya ishida yutib chiqqanmiz. O'zimiz keltirgan vajlarni isbotlab berganmiz. Futbolchimizning qarzdorligidan klub voz kechmagan. Bu erda gap vaqt doirasida bo'lgan. 15 dekabr kuni sud buni ko'rib chiqadi va oxirgi qarorni ular qabul qiladi. Endi O'FA qo'mitasi qarorini nima uchun shunday qaror qabul qilganini isbotlab berish kerak. "Bunyodkor" keltirayotgan vajlar shunchaki isbotsiz vaj bo'lib qolyapti. Ularda CAS tashkilotiga ishni berish huquqi bor edi. Alam qilayotgan jihati, balki sud qarorni klub yoki boshqa tomonga chiqarishi mumkin. Lekin "Bunyodkor" davlat tomonidan moliyalashtirishini hisobga olsak, hamma gap CAS'ga to'lab berilayotgan pullarda. Bu kichkina pullar emas. To'g'ri bu klubning ishi. Agar "Bunyodkor" g'olib chiqadigan bo'lsa, bir qismini O'FA to'lashiga to'g'ri keladi. Hali qolgan harajatlar ham bor. O'zbekiston futbolchilar uyushmasi esa taraf sifatida o'zimizning vajlarni keltirib o'tadi. Borinki, qaror Ibrohimov tomonga hal qilinsa, futbolchiga to'lab beriladigan pul ham "Bunyodkor"ning bo'yniga tushadi va juda katta mablag' yuzaga keladi. 

Bunday vaziyatlarda biz klub va futbolchini kelishuvga chaqiramiz. Agarda to'liq to'lay olmasa, imkoni bo'lmasa, ishonch xati olib malum vaqtda to'lab berishiga ko'ndiramiz. "Bunyodkor" bilan kechayotgan voqeda, dastlab Javlon Ibrohimov to'lab beriladigan summaning yarimiga ham rozi edi. Qo'mitaga olib bormaslikni talkif qilganmiz. Lekin shunday darajaga chiqib bordi. Biz uchun ham tajriba bo'ldi",- deydi Kamoliddin Murzoev.


Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика