So’nggi yangiliklar

19:29"Вильярреал" — "Барселона". Таркиблар маълум  2 19:01ОФК Миллатлар лигаси ташкил этилмоқда  5 18:32Мауро Икардига Ла Лиганинг икки клуби даъвогарлик қилмоқда  2 17:58"Реал" "Бавария" юлдузини ўз сафига қўшиб олмоқчи. Мадридликларнинг бу борада икки рақиби бор  0 17:22"Жирона" — "Атлетико". Таркиблар маълум  0 17:10"Ал Батаэҳ" — "Ал Наср". Таркиблар маълум  3 16:28"Реал Сосьедад" ўзига расман янги мураббий топди  4 15:58"Реал" Винисиус атрофидаги муҳитдан хавотирда  3 15:22"Астон Вилла" Мартинеснинг ҳолати фонида тер Штегенга қизиқиш билдирмоқда. Аргентиналик дарвозабоннинг белида муаммо бор  1 14:28Семеньо фаолиятини давом эттириш учун устувор вариантни танлади  1 14:02Довбик фаолиятини АПЛда давом эттириши мумкин  2 13:15"Реал" Абдуқодир Ҳусановни ўз сафига қўшиб олмоқчи  34 12:31Мбаппе Роналдуга мурожаат қилди: "У менинг дўстим ва кумирим"  7 12:00TVCOM'да бугунги тақвим: "Атлетико", "Барса" МЮ ва бошқалар  0 11:54"Ливерпуль” "Барселона"нинг собиқ ҳимоячисига қизиқмоқда  0

"Bunyodkor" U-21 Xorvatiyada. Kunning birinchi yarmidagi voqealar va o'rtoqlik uchrashuvidagi raqiblar haqida (KUNDALIK) Yangiliklar

"Bunyodkor" U-21 Xorvatiyada. Kunning birinchi yarmidagi voqealar va o'rtoqlik uchrashuvidagi raqiblar haqida (KUNDALIK)

"Bunyodkor" o'rinbosarlar jamoasining Xorvatiyadagi yig'inidan daraklar.


O'zbekiston? "Yalla" guruhining "Uchquduq" qo'shig'ini yaxshi ko'ramiz, futbolchilardan SHomurodovni taniyman. "Bunyodkor" o'rinbosarlari Xorvatiyada (KUNDALIK)


Zagrebda tong otdi. Soat chamasi 5:30larda uyg'onib ketdim. Turishim zahoti oynadan ajib bir go'zallik yani atrof yam-yashil tabiatga ko'zim tushdi. Tiniq havo bilan birga esayotgan mayin shabada qalblarga ajib bir huzurlik bermoqda. Nonushtaga qadar 3 soat vaqtim bor. Bundan unumli foydalangan holda "Terme sveti martin" atrofidagi o'rmonni sayohat qilishga qaror qildim.  Juda katta joyni egallagan oromgoh dam oluvchilar bilan to'la. Atrofdagi tabiatni kuzata turib yaratganning oldida naqadar ojiz ekanligimizni angladim. SHu onda ko'pchilik tomosha qilgan multfilimdan iqtibos keltirsam: Atrofni go'zalligini qara Tutti!



Bu borada sayohatni yaxshi ko'radigan jamoa shifokori Ikrom Toirov menga hamroh vazifasini o'tadi. Suratlar esa ushbu insonga tegishli ekanligini aytib o'tmoqchiman. 



Yo'limizda uchragan bu xonadon etiborimizni tortmay qolmadi. Qiziqib kirib ko'rdik. Lekin biz kutgandek nimadir yangilik topilmadi. 



Nonushtadan so'ng yana o'sha o'rmon oralab trenajor zalga borildi. Abduhamid Qodirov mashg'ulotlar avvalida futbolchilar bilan suhbatlashar ekan bu yig'in ular uchun o'zini o'zini ko'rsatishiga imkoniyat ekanligini, xorij klublari nazariga tushishi mumkinligini, har bir o'yinga jiddiy yondoshish kerakligini takidladi. Tonggi mashg'ulotlarda asosan engil mashqlar berildi. Darvozabonlar bilan Murod Zuhurov ish olib bordi. 




Bu orada jamoaning bu yig'in doirasidagi raqiblari deyarli malum bo'lib ulgurdi. Ular orasida Zagrebning "Dinamo" jamoasi o'rinbosarlari ham bor. Aynan mana shu o'yin kichik "qaldirg'ochlar" uchun muhim ahamiyat kasb etishini aytish joiz. Ertaga jamoa Xorvatiya uchinchi ligasi vakili "Medjimure" jamoasiga qarshi o'rtoqlik o'yinida maydonga chiqadi. "Medjimure" klubiga 2003 yilda asos solingan. Uy uchrashuvlarini 6 000 tomoshabinga mo'ljallangan "SRK Mladost" stadionida o'tkazadi.



Jamoaning tarkibini 1998-2004 yilda tug'ilgan futbolchilar tashkil qiladi. Mahalliy mutaxassis Nikola Gonisares bosh murabbiy hisoblanadi. 



Ertaga uchrashuvdan so'ng murabbiy va futbolchilarning dastlabki fikrlarini ham etiboringizga havola qilamiz. 

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика