So’nggi yangiliklar

22:51Баҳром Ҳайдаров: "Мағлубиятга лойиқ эмасдик"  0 22:35Отабек Нарзуллаев мағлубият сабабини айтди  1 22:16Виталий Левченко: "Ғалаба қозонган бўлсак-да, кўплаб хатоларга йўл қўйдик"  2 22:01Конференциялар лигаси саралаши. "Истанбул Башакшеҳир" - "Крайова" баҳси асосий таркиблари  8 21:55Суперлига. "Бухоро"нинг 5 ўйинлик ғалабасиз серияси "Қўқон-1912" билан баҳсда якунланди  13 21:40Қатардаги U17 Жаҳон чемпионатида 3 нафар ўзбекистонлик ҳакам ишлайди  3 21:13"Барселона" асосий ҳимоячиси билан шартномани узайтирди  0 20:54Суперлига. "Нефтчи" "Машъал"ни тотал устунлик билан ютди ва етакчиликни қўлга олди  38 20:20Жезуш: "Стадиондаги мухлисларнинг 80 фоизи Роналду учун келади"  22 19:49Манба: "Челси" Жексонни ижарага беради  0 19:20Жо Коул АПЛ мавсум фаворитини айтди  2 18:46"Наполи" Довбикни сотиб олмоқчи  2 18:21Лукаку: "Жароҳатлар – футболнинг бир қисми"  0 17:312 ўриндиққа 3 одам  6 17:19"Аяччо" банкротлик жараёнини бошлади  4

"Bunyodkor": Tanishing, raqibimiz - “Laxviya” (Doha, Qatar) Yangiliklar

"Bunyodkor": Tanishing, raqibimiz - “Laxviya” (Doha, Qatar)

“Bunyodkor”ning OCHL-2015 guruh bosqichidagi uchinchi raqibi Qatarning amaldagi chempioni – “Laxviya” klubi.
CHempionlar ligasining uchinchi turini “qaldirg'ochlar” Toshkentda “Laxviya” klubiga qarshi o'tkazadilar. Etiboringizga raqibimiz haqida asosiy malumotlarni keltirib o'tamiz.

Klub tashkil topgan yili: 2009
Klubning to'liq nomi: “Laxviya” sport klubi
Stadioni: Abdulloh bin Halifa
Sig'imi: 12.000 tomoshabin
Rasmiy sayti: www.lekhwiyaclub.qa

YUTUQLARI:
Qatar chempioni (3)
– 2010-11, 2011-12, 2013-14
SHahzoda valiaxd kubogi sohibi (1) – 2013
Qatargaz turniri g'olibi (1) – 2009-10

BOSH MURABBIY – Mikael Laudrup (Daniya)
Tug'ilgan sanasi: 1964 yil, 15 iyun
Futbolchilik faoliyati: “Kopengagen” (Daniya) 1981-1982, “Brondbyu” (Daniya) 1982-1983, “Laciya” (Italiya) 1983-1985, “Yuventus” (Italiya) 1985-1989, “Barselona” (Ispaniya) 1989-1994, “Real Madrid” (Ispaniya) 1994-1996, “Vissel Kobe” (Yaponiya) 1997, “Ayaks” (Niderlandiya) 1997-1998

Daniya milliy terma jamoasi safida 104ta uchrashuvda maydonga tushib, 37ta gol urishga muvaffaq bo'lgan.

Murabbiylik faoliyati: Daniya milliy terma jamoasi (assistent) 2000-2002, “Brondbyu” (Daniya) 2002-2006, “Xetafe” (Ispaniya) 2007-2008, “Spartak Moskva” (Rossiya) 2008-2009, “Malorka” (Ispaniya) 2010-2011, “Suonsi Siti” (Angliya) 2012-2014, “Laxviya” (Qatar) 2014 yilning 20 fevraldan boshlab.

LEGIONERLARI:
CHiko Flores (Ispaniya)
Tug'ilgan sanasi: 06.03.1987
Ampluasi: Himoyachi

Yusuf Msakni (Tunis)
Tug'ilgan sanasi: 28.10.1990
Ampluasi: Hujumchi

Vladimir Vayss (Slovakiya)
Tug'ilgan sanasi: 30.11.1989
Ampluasi: Yarim himoyachi

Nam Tae Xi (Janubiy Koreya)
Tug'ilgan sanasi: 06.07.1991
Ampluasi: Himoyachi

“Laxviya” jamoasi Osiyo CHempionlar ligasida to'rtinchi bor ishtirok etmoqda. Dohaliklar bungacha 2012, 2013 va 2014 yilgi turnirda ishtirok etishgan. Dastlabki mavsumda “Al-Ahli” (Saudiya Arabistoni), “Al-Nasr” (BAA) va “Sepaxon” (Eron) jamoalari joy olgan guruhdan chiqa olishmagan. Keyingi mavsumda esa “Al-SHabab” (BAA), “Al-Ittifoq” (Saudiya Arabistoni) va “Paxtakor” jamoalari bilan kuch sinashib, “pley-off” yo'llanmasiga ega chiqqan. Nimchorak finalda Saudiya Arabistonining “Al-Hilol” klubi ikki o'yin natijasiga ko'ra dog'da qoldirilgan. Biroq chorak finalda Xitoyning “Guanchjou” klubiga imkoniyat boy berilgan. O'tgan yilgi OCHLda “Lahviya”ning omadi chopmadi. Ular “Al-Ayn” (BAA), “Traktor Sozi” (Eron) va “Al-Ittihod” (Saudiya Arabistoni) jamoalari bilan bir guruhda ishtirok etishib, so'nggi pog'onani band etishdi.

Klubning besh nafar azosi yaqindagina Avstraliyada bo'lib o'tgan Osiyo kubogi-2015da qatnishishdi. Bular: himoyachilar Muhammad Musa va Holid Muftah, yarim himoyachi Karim Boudiaf, hujumchilar Ismoil Muhammad va Muhammad Tresor.

Qatar chempionati yakunlanishiga yana to'rtta tur bor. Hozirga kelib raqibimiz “Laxviya” klubi 22 uchrashuvda 52 ochko jamg'argan holda, ikkinchi o'rindagi “Al-Sadd”ni 7 ochkoga ortda qoldirib musobaqa jadvalida yakka peshqadamlik qilmoqda.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика